10-sinf Fizika fani (Namunali ochiq dars) Fan o’qituvchisi: Meliyev Abduahad


Download 20.38 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi20.38 Kb.
#1323128
Bog'liq
10-snf Fizika ochiq dars


10-sinf Fizika fani (Namunali ochiq dars) Fan o’qituvchisi: Meliyev Abduahad
16.02.2021 yil
Darsning mavzusi: Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryadning maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinsipi.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga zaryadning saqlanish qonuni, nuqtaviy zaryadning maydoni va elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinsipi haqida ma’lumotlar berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatni o’yg’otish, tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’sirish.

II. Dars turi: Ma’ruza ( Bluts usullaridan foydalanish)
III. Dars jihozi: darslik, slaydlar, elektrometr.
IV. Darsning xronologik tuzilishi:

  1. Tashkiliy qism--- 3 minut

  2. O’tilgan mavzuni so’rash--- 10 minut

  3. Yangi mavzuni tushuntirish--- 15 minut

  4. Darsni mustahkamlash--- 10 minut

  5. Uyga vazifa berish--- 5 minut

  6. O’quvchilarni baholash—2 minut

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: o’quvchilarni darsga jalb qilish, salomlashish, davomatni aniqlash, dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

  2. O’tilgan mavzuni so’rash: ( Bluts savollaridan foydalaniladi)

1. Zaryad qanday hosil qilinadi, zaryadlarning turlari haqida ma’lumot bering
2. Manfiy va musbat ishorali zaryadlar qanday hosil qilinadi.
3. Elektr maydon va elektr maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi.
4. Kulon qonuniga ta’rif bering, k –ning qiymatini yozing.
3. Yangi mavzuning borishi:
1. elektroskop va elektrometr qanday asbob.
2. o’tkazgichlar deb nimaga aytiladi.
3. nuqtaviy (sinov) zaryadi deb nimaga aytiladi
4. elektr zaryadlarning algebraic yig’indisi deb nimaga aytiladi.
5. elektr maydon prinsipi deb nimaga aytiladi.
4. Yangi mavzu bayoni:
Har qanday yopiq sistema ichidagi barcha jismlar zaryadlarining algebraic yig’indisi o’zgarmaydi ya’ni:
q1+q2+……..+qn bu xulosa elektr zaryadining saqlanish qonuni deb ataladi. Zaryadning saqlanish qonuni 1750-yilda ameralik olim va arbob Bendjamin Franklin tomonidan kiritilgan. Faradey va Maksvell nazariyasiga ko’ra zaryadlangan jismlar atrofida elektr maydon hosil bo’ladi. Elektr maydon kuchlanganlgi E=F/q0 formula bilan aniqlanadi. Elektr maydon kuch chiziqlari musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryadga tugaydi. F=k * q0*q/r2 Kulon qonunini topish formulasi E= F/q0= k*q/r2 bu yerda r- nuqtaviy zaryaddan maydon kuchlanganligi aniqlanadigan nuqtagacha bo’lgan masofa
k=1/4ԉeo= 9*109 N*m2 /C2
Elektr maydonni asosan zaryadlar tizimi hosil qiladi. Masalan q1 va q2 zaryadni har biriga F1 va F2 kuchlar ta’sir qiladi, bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi F=F1+F2 . U holda nuqtadagi maydon kuchlanganligi E= E1+E2
Zaryadlar sistemasining biror nuqtada osil qilgan elektr maydoning kuchlanganligi, sistemaga kiruvchi har bir zaryadning usha nuqtada alohida-alohida hosil qilgan maydon kuchlanganliklarining vector yig’indisiga teng.
E= E1+E2+E3+ …+EN bu elektr maydon superpozitsiya prinsipi deyiladi.
Superpozitsiya so’zining ma’nosi “ qo’shilish yoki ustma-ust tushish” ma’nosini bildiradi.
Har bir zaryadning qaralayotgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi E1= k*q1/r12 va E2=k*q2/r22 ifodalarga ko’ra aniqlandi. Zaryadlarning shu nuqtadagi natijaviiy maydon kuchlanganligi superpozitsiya prinsipiga asosan quyidagi ifoda orqali hisoblanadi.
E2= E12+E22+2*E1E2 cosα bu yerda E1 va E2 mos ravishda nuqtaviy zaryadlarning qaralayotgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi, α- maydon kuchlanganlik vektorlari orasidagi burchak.

  1. Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Nuqtaviy zaryadning kuzatilayotgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi qanday hisoblanadi.

  2. Superpozitsiya so’zining ma’nosi nima?

  3. Masalalar yechish:

1-masala: Bir-biridan 10cm masofada joylashgan sharchalar bir-xil zaryadlangan 9*105N kuch bilan itarishadi. Ularga qanday zaryad berilgan.
2-masala: Ikki sharchaga bir-xil 2*10-8C zaryad berilgan. Zaryadlar 5*10-8N kuch bilan itarishadi. Sharchalar orasidagi masofani toping.
3-masala: A nuqtadagi 2*10-8C zaryad nuqtaviy zaryad B nuqtada turgan zaryad bilan 8*10-4N kuch bilan itarishadi. A nuqtadagi zaryadning B nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligini toping.

  1. Uyga vazifa berish:

  1. Mavzuni o’qib kelish

  2. Masala yechish : 1-masala: Zaryadi -5*10-8C bo’lgan nuqtaviy zaryadining 3cm masofada hosil bo’lgan elektr maydon kuchlanganligini toping.

2-masala: Biri ikkinchisidan 20cm masofada joylashgan ikkala sharchaga bir xil 10-8C dan zaryad berilgan . Zaryadlar qanday kuch bilan itarishadi.

  1. O’quvchilarni baholash;

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: S.Sultonov.
Download 20.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling