19. Quyidagilardan xatolikka yo’l qo’yilgan
javoblarni aniqlang.
I. Ma’muriy huquq ijroiya hukumati tomonidan
davlatning xo‘jalik, iqtisodiy-jinoiy, madaniy va
ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha
funksiya va vazifalarini bajarishda kundalik amaliy
faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv
munosabatlaridir.
II. Ma’muriy huquq tizimi
– ma’muriy huquq normalari va institutlarini
birlashtiradi. Ma’muriy huquq quyidagi
munosabatlarni tartibga soladi:
— tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan
davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar);
— bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat idoralari (ikki
vazirlik, ikki hokimlik);
III. Ma’muriy huquq -turmushdagi xatti-harakat,
tabiatni muhofaza qilish, suvdan foydalanish
me’yorlari, yong‘indan saqlash qoidalari,
transportdagi xavfsizlik me’yorlari va boshqa ko‘p
narsalar kiradi. Bu qoidalarning hammasiga albatta
rioya etish zarur;
IV. Prezident, davlat boshqaruvi organlarining
xizmatchilari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari,
18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq
subyektlari hisoblanadi;
A) I va IV B) II va IV C) I va II D) I va III
20. Davlat boshqaruvining markaziy idoralari
qatoriga kirmaydigan qatorni aniqlang.
A) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
B) O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi vazirliklari
C)O’zbekiston Respublikasi Vakillik idoralari
D) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Do'stlaringiz bilan baham: |