10-sinf Jahon tarixidan qo’llanma 1-mavzu: 1918-1939-yillarda xalqaro munosabatlar
Download 14.63 Kb.
|
10-JAhon tarixi qo'llanma
10-sinf Jahon tarixidan qo’llanma 1-mavzu: 1918-1939-yillarda xalqaro munosabatlar 1)Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27-davlat ishtirokida tinchlik konferensisyasi bo’lib o’tdi. 2)Konferensiyada hal qiluvchi rolni katta uchlik Buyuk Britaniya va Fransiya bosh vazirlari David Lloyd Jorj,Jorj Klemanso va Aqsh prezidenti Vudro Vilson o’ynadi. 3) 1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi va unga ko’ra Germaniya 1-Jahon urushiga javobgar deb topildi,g’olib davlatlar foydasiga 132 mlrd marka reperatsiya to’laydigan bo’ldi. 4)Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o’rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar ligasining asosiy vazifasi qilib belgilanadi. 5)Millatlar ligasi nomidan 1919-yil may oyida Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni boshqarishga mandat oldi. 6)Uzoq sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha 9 davlat ishtirokida Vashington Konferensiyasi bo’lib o’tdi.Bunda asosiy rolni Aqsh Buyuk britaniya va Yaponiya o’ynadi. 7)1921-yil dekabrda Vashington konferensiyasida 4 davlat—Aqsh Buyuk Britaniya Fransiya va Yaponiya o’rtasida shartnoma imzolandi. 8) 1923-yili Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, Turkiya mustaqilligi tan olindi. 9)1919-1923-yillari imzolangan shartnomalar Versal-Vashington tizmi nomini oldi. 10)1930-yillarning oxiriga kelib Vesal-Vashington tizmiga Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo’ydi. 11)1931-1932-yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib oldi va Manchjou-go qo’g’irchoq davlatini tuzdi.1933-yil Yaponiya Millatlar ligasidan chiqdi.Yaponiya 1937-yil iyulda Markaziy Xitoyni va boshqa hududlarni bosib oldi. Download 14.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling