10-sinf o’zbekiston tarixi 1-3-mavzular Test


Download 55.48 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi55.48 Kb.
#1018555
Bog'liq
10-sinf o’zbekiston tarixi


10-sinf o’zbekiston tarixi 1-3-mavzular Test
1. Turkiston Muxtoriyatining markazi qaysi shahar ekanligini aniqlang?
A) Toshkent B) Qo’qon
C) Samarqand D) Namangan
2. Quyidagilarni mutaxasisligi bilan moslashtiring?
1. M.Tinishboyev 2. Solomon Gersfeld, Mustafo Cho’qay, Abdurahmon O’razayev, Ubaydulla Xo’jayev 3. Hidoyatbek Yurug’li Agayev 4. Obidjon Mahmudov
a) Tog’-kon sanoati mutaxasisi b) agranom c) huquqshunos
d) temiryo’l muhandisi
A) 1-b,2-a,3-c,4-d
B) 1-d,2-b,3-c,4-a
C) 1-a,2-c,3-b,4-d
D) 1-d,2-c,3-b,4-a
3. Turkiston Muxtoriyatining yer suv boyliklari vaziri etib kim tayinlanganligini aniqlang?
A) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
B) Solomon Gersfeld
C) Islom Sulton Shoahmedov
D) Abdurahmon O’razayev
4.Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti … o‘rin so‘l eserlarga, … o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi hamda u faqat yevropaliklardan iborat qilib tuzildi?
A) 7, 8 B) 8, 7
C) 7, 7 D) 8, 8
5. Turkistonning Skobelov va Samarqand viloyatlarida sovetlar hokimiyati qachon o’rnatilgan?
A) 1917-yil oktyabr
B) 1917-yil noyabr
C) 1917-yil dekabr
D) 1918-yil yanvar
6. Oktyabr to‘ntarishi haqidagi xabar qachon Toshkentga yetib keldi?
A) 1917-yil 24-oktyabrda
B) 1917-yil 27-oktyabrda
C) 1917-yil 28-oktyabrda
D) 1917-yil 25-oktyabrda
7. “Sho’royi ulamo” jamiyatining eng yirik shubasi qaysi shaharda joylashganligini aniqlang?
A) Qo’qon B) Namangan
C) Samarqand D) Toshkent
8. Quyidagi qaysi guruh sovetlar ichida dehqonlar manfaati himoya qilgan?
A) Kadetlar B) Bolsheviklar
C) Eserlar D) Mensheviklar
9. Turkiston o’lka musulmonlari kengashining gazetasini aniqlang?
A) “Sho’royi Islom”
B) “Sho’royi Ulamo”
C) “Samarqand”
D) “Turkiston”
10. “Rusiyada bosh ko’targan yangi bir balo, Bolshevik balosi” degan so’zlar muallifini aniqlang?
A) A.Fitrat B) M.Behbudiy
C) M.Qori D) Q.Niyoziy
11. O’zbekiston tarixidagi sovet davrini aniqlang?
A) 1918-1991-y
B) 1922-1991-y
C) 1917-1991-y
D) 1924-1991-y
12. Rossiyada Muvaqqat hukumatga Gregoriy Lvov kelgan davrni aniqlang?
A) 1917-yilning iyul-oktyabr
B) 1917-yilning mart-iyul
C) 1917-yilning iyun-avgust
D) 1918-yilning mart-iyul
13. XX asr boshlarida O’zbkistonda vujudga kelayotgan yangi demokratik kuchlarning o’zakini aniqlang?
A) Jadidalar
B) Fevral inqilobchilari
C) Ishchilar sinfi
D) aholining yuqori qatlamlari
14. Quyidagi qaysi qurutoyida Turkistonga muxtoriyat berish vazifasi qo’yilgan?
A) Turkiston o’lka musulmonlari kengashida
B) Butunturkiston o’lka musulmonlarining I qurultoyida
C) Turkkomissiyaning IV sezdida
D) Butunturkiston o’lka musulmonlarining II qurultoyida
15. Sho’royi Islomiya tarkibida nima sababdan bo’linish yuz beradi?
A) Uning tarkibida qadimchilarning va jadidchilar bilan kelishmovchiliklar mavjudligi
B) Uning tarkibida ruslarga yon bosuvchilarning mavjudligi
C) Uning tarkibida mahalliy aholini manfaatlarini ko’zlamaydiganlarning ham mavjudligi
D) Uning tarkibidagi marifatparvarlarning yo’qligi
Sho’royi Islomiya tarkibidan “Sho’royi ulamo” qachon ajralib chiqadi?
16. “Sho’royi ulamo” jamiyatining qaysi shahrdagi shubasiga Sherali Lapin boshchilik qiladi?
A) Qo’qon B) Namangan
C) Samarqand D) Toshkent
17. Petrogradda oktyabr to’ntarilishi yuz bergan davrda Turkiston o’lkasi bosh komissari kim edi?
A) Kuropatkin B) Korovichenko
C) Kolesov D) Perfilyev
18. Rossiyada “Kadetlar” partiyasi qachon tashkil etilganligini aniqlang?
A) 1903-yil B) 1904-yil
C) 1905-yil D) 1906-yil
19. Turkistonni Bolsheviklar tomonidan zo’ravonlik bilan egallanishini Sho’royi Ulamoning qayerdagi shubasi qo’llab-quvvatlaydi?
A) Samarqand B) Namangan C) Toshkent D) Skobelov
20. Turkiston Muxtoriyatining bosh vaziri etib kim tayinlanganligini aniqlang?
A) M.Tinishboyev
B) Islom Sulton Shoahmedov
C) Mustafo Cho’qay
D) Ubaydulla Xo’jayev
21. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun mavjud bo‘lgan
B) Eshelon – (fr. – zina, zinapoya) maxsus yuk, texnika, artilleriya, tank va qo‘shinlar ortilgan poyezd yoki avtokolonna
C) “Xo‘qand hozir o‘liklar shahri” degan dahshatli ibora “El bayrog’i” gazetasida chiqqan
D) Dashnoqlar – (armancha) – arman millatchilarining “Dashnoqsutyun” (ittifoq) partiyasi a’zolari.
22. Sovet rejimiga qarshi qurolli qarshilik harakati eng avvalo 1918-yilning erta bahorida qayerda ko’tarilgan?
A) Turkistonda B) Farg’ona vodiysida
C) Xorazmda D) Buxoroda
23. “Dashnoq-sutyun partiyasi” qaysi xalqning partiyasi hisoblanadi?
A) Armanlar B) Gruzinlar
C) Ozarbayjon D) Boshqirdlar
24. Turkiston Muxtoriyati hukumati aholini ocharchilik changalidan qutqarish uchun qayerdan mamlakatga g’alla olib kelish ishlarida amaliy qadamlar tashladi?
A) Qozog’istondan Orenburg orqali
B) Sibirdan Kavkaz orqali
C) Kavkazdan Orenburg orqali
D) Erondan Turkmaniston orqali
25. Turkiston o‘lka XKS qachon Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harbiy harakatlarni boshladi?
A) 1918-yil 27-yanvar
B) 1918-yil 30-yanvar
C) 1918-yil 29-yanvar
D) 1918-yil 26-fevral
26. Muxtoriyat e’lon qilingan 27-noyabr kunini “Milliy Laylatul qadrimiz” deb nomlagan quyidagi shoirni aniqlang?
A) Cho’lpon B) Behbudiy
C) M.Qori D) Fitrat
27. Turkiston Muxtoriyatining oziq-ovqat vaziri etib kim tayinlanganligini aniqlang?
A) Solomon Gersfeld
B) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
C) Obidjon Mahmudov
D) Abdurahmon O’razayev
28. Necha kunlik janglardan so‘ng Toshkentning yangi shahar qismida zo‘ravonlik bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
29. Qachon Toshkent ishchi deputatlari soveti tuzilgan?
A) 1917-yil 14-mart kuni
B) 1917-yil 3-mart kuni
C) 1917-yil 12-mart kuni
D) 1917-yil 2-mart kuni
30. Rossiyada “Bolsheviklar” guruhi qachon tashkil etilganligini aniqlang?
A) 1903-yil B) 1904-yil
C) 1905-yil D) 1906-yil

10-sinf o’zbekiston tarixi 4-7-mavzular Test


1. Quyidagi qo’rboshilarning qaysi biri Qo’qondagi Bachqir qishlogidan ekanligini toping?
A) Madaminbek
B) Shermuhammadbek
C) Katta va Kichik Ergash
D) Ochilbek
2. XX asr boshlarida Turkistonda kimlar fuqarolik huquqlaridan mahrum etildi?
A) Xususiy mulk egalari
B) Zodagonlar
C) Jadidlar
D) Taraqqiyparvar milliy ziyolilar
3. Yer-suv islohotini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish 1921-yil bahorida boshlanib, u dastlab qaysi viloyattlarda amalga oshirildi?
1. Yettisuv 2. Sirdaryo 3. Farg‘ona 4. Samarqand 5. Buxoro 6. Toshkent
A) 1,2,3 B) 2,3,4,5
C) 1,2,5,6 D) 1,2,3,4
4. Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakatining ikkinchi davri qancha vaqt davom etadi?
A) 5 yil B) 7 yil
C) 8 yil D) 10 yil
5. 1921-yil iyun - sentyabr oylarida qaysi viloyatda 200 dan ortiq qo‘rboshi guruhlari harakat qilgan?
A) Toshkentda B) Buxoroda
C) Samarqandda D) Farg’onada
6. Nodira qiz quyidagi qaysi hududda qo’rboshilik harakatiga rahbarlik qilgan?
A) Buxoro B) Samarqand
C) Far’gona D) Toshkent
7. Turkistondagi harakat qachonga kelib o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi?
A) 1920-yilning yozi va kuzi
B) 1922-yilning yozi va kuzida
C) 1921-yilning bahor va yozida
D) 1922-yilning qishidan
8. Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumatining hukumat boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni etib ham tayinlangan shaxsni aniqlang?
A) Shermuhammadbek
B) Madaminbek
C) Katta Ergash
D) Kichik Ergash
9. Buxoro amiri Sayid Olimxon qachon Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.?
A) 1917-yil 7-aprelda
B) 1917-yil 7-fevralda
C) 1916-yil 7-fevralda
D) 1917-yil 17-mayda
10. Qachon Turkistonda bolsheviklar hokimiyat tepasiga keldi ?
A)1917-yil oktabr B)1918-yil oktabr
C)1918-yil noyabr D)1917-yil noyabr
11. BXSR Nozirlar Sho‘rosining raisi qilib kim saylandi ?
A) Abdulqodir Muhitdinov B)M.Behbudiy
C)Munavvarqori D) Fayzulla Xo‘jayev
12. Yosh xivaliklar partiyasi qachon tashkil topgan edi ?
A)1915-yil B)1914-yil
C)1916-yil D) 1917-yil
13. . Qachondan Xorazmdagi demokratik o'zgarishlarga chek qo'yildi ?
A)1920-yil aprelda B)1921-yil mayda
C)1923-yil oktabrda D)1920-yil sentabrda
14. Fayzulla Xo‘jayev 2) Qori Yo‘ldosh Po‘latov 3) Muxtorjon Saidjonov 4) Usmon Xo‘ja 5) Najib Husainov 6) Yu.Ibrohimov 7) Mukammal Burhonov 8) Shihobuddinov 9) Mirzo Muhiddin Mansurov
a)ichki ishlar b)harbiy ishlar c)rais va tashqi ishlar d)maorif e)moliya f)savdo va sanoa g)davlat nazorati h)favqulodda komissiya raisi i)adliya
A) 1-c,2-d,3-g,4-e,5-a,6-h,7-i,8-b,9-f
B) 1-c,2-d,3-a,4-e,5-g,6-h,7-i,8-b,9-f
C)1-f,2-d,3-a,4-e,5-g,6-h,7-i,8-b,9-c
D) 1-c,2-d,3-a,4-e,5-h,6-g,7-i,8-b,9-f
15. Fayzulla Xo‘jayev raisligida yosh buxoroliklarning nechta kishidan iborat inqilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzildi ?
A)7 B)9 C) 8 D)11
16. Quyidagi qaysi qo’rboshi Marg’ilonda istiqlolchilik harakati boshchilik qildi?
A) Shermuhammadbek B) Madaminbek
C) Shaxriyor D) Kichik Ergash
17. “Bosmachilikka qarshi kurash tamomila yangi, ayricha xususiyati bo‘lgan, o‘ziga xos dushman bilan kurash demakdir”, deb yozgan shaxsni aniqlang?
A) Tobolin B) Frunze
C) T. Risqulov D) Kolesov
18. XX asr birinchi choragida Farg’ona vodiysida eng yirik strategik shaharni aniqalng?
A) Namangan B) Qo’qon
C) Skobelov D) Andijon
19. Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, kim qachondan boshlab “Tur¬kiston milliy birligi” tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan?
A) Ochilbek /1921-yildan
B) Katta Ergash/ 1923-yildan
C) Bahrombek / 1921-yildan
D) Kichik Ergash / 1922-yil
20. Turkistondagi Bolsheviklarga qarshi ozodlik harakati dastlab qachon va qayerdan boshlanganligini toping?
A) 1918-yil fevralda Samarqandda
B) 1918-yil fevralda Qo’qonda
C) 1919-yil boshida Toshkentda
D) 1918-yilning yanvarida Buxoroda
21. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Yer-suv islohotining birinchi bosqichida yer tuzish jamg‘armasiga 1722626 desyatina yer qo‘shildi
B) Sovet hokimiyati tomonidan resurslardan mahalliy aholiga faqat 600000 desyatina yer ekin ekish va yaylovlar uchun ajratildi
C) Pud – 17,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi
D) Desyatina – (ruscha desyat – o‘n) metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi
22. Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakatining birinchi davri qachonga kelib yakunlandi?
A) 1923-yil boshi B) 1924-yilning boshlari
C) 1925-yilning oxiri D) 1924-yilning oxiri
23. 1. Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin tomonidan O’rta Osiyoga favqulotda komissar qilib tayinlangan shaxsni aniqlang?
A) Kuropatkin B) Kobozev
C) Kolesov D) Perfilyev
24. Quyidagi qo’rboshilarning yashagan yillari bilan moslashtiring?
1. 1885 – 1918-yillar 2. 1882–1921-yillar 3. 1892–1920-yy
a) Madaminbek b) Kichik Ergash c) Katta Ergash
A) 1-b, 2-c, 3-a. B) 1-a, 2-b, 3-c.
C) 1-a, 2-c, 3-b. D) 1-c, 2-b, 3-a.
25. Bolshevik maddohlardan birining e’tirolashicha qo‘rboshilar o‘rtasida qaysi biri “eng xavflisi” edi?
A) Shermuhammadbek B) Madaminbek
C) Katta Ergash D) Kichik Ergash
26. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi endilikda qanday nom bilan ataladigan bo’ldi ?
A) Rossiya hukumatining boshqaruv organi
B) Rossiya hukumatining rezidenti
C) Ijroiya qo’mita
D) Milliy kengash
27. Qachon yosh buxoroliklar eski Buxoro shahriga hujum boshladilar ?
A) 1918-yil 27-fevral B)1917-yil 28-dekabr
C) 1918-yil 2-mart D) 1917-yil 2-dekabr
28. Sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, qachondan Buxoro amirligini tugatishga kirishdi ?
A)1920-yil 2-sentabr
B)1920-yil 19-sentabr
C) 1920-yil 29-avgust
D) 1920-yil 12-avgust
29. Qachon XXSR va BXSR tugatildi ?
A)1925-yil B)1924-yil C)1923-yil D)1922-yil
30. 1919-yil 9-aprelda Xiva yaqinidagi qaysi qishloqda Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari o‘rtasida shartnoma imzolandi ?
A)Taxta B)Tajan
C)Shoh Obod D)Ko'kcha
10-sinf o’zbekiston tarixi 8-10-mavzular Test
1. Markaz Xorazmda “bosmachilik” harakatini tezlik bilan bartaraf qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Bu holat nechanchi yildan boshlab yanada kuchaydi ?
A) 1923-yildan B) 1924-yildan
C) 1925-yildan D) 1922-yildan
2. “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qachon qabul qilingan ?
A) 1925-yil 18-noyabr
B) 1925-yil 17-fevral
C) 1925-yil 13-fevral
D)1925-yil 12-mart
3. O‘zbekiston SSR nechanchi yilda SSSR tarkibiga qabul qilindi ?
A)1925-yilda B)1926-yilda
C)1924-yilda D)1930-yilda
4. Turkistondagi istiqlolchilik harakati qachon mag‘lubiyatga uchradi ?
A) 1936 yil B) 1938 yil C) 1935 yil D) 1932 yil
5. Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas degan fikrni kim bildirgan edi ?
A) Sultonbek Xo‘janov B) Sanjar Asfandiyorov
C) N.Paskutskiy D) Fayzulla Xo‘jayev
6. Qachon Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo‘shma qaror qabul qildilar ?
A) 1924-yil 18-noyabr B) 1924-yil 26-iyul
C) 1924-yil 23-aprel D)1923-yil 12-mart
7. O‘zbekiston SSRda qachon ilk bor ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘tkazilgan edi ?
A) 1925-yil 29-yanvar B)1925-yil 19-aprel
C) 1925-yil 13-fevral D)1925-yil 20-sentyabr
8. 1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi nechanchi sessiyasida rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi ?
A) II B) III C) VI D) V
9. Milliy ozodlik kurashining ikkinchi davri qaysi yillarni o‘z ichiga oladi ?
A) 1924-1934 y. B) 1925-1936 y.
C) 1926-1935 y. D) 1925-1935 y
10. 1923-yil 12-yanvarda bo‘lgan uchinchi chaqiriq XXSR MIK II sessiyasida qaysi hududda 4 yildan buyon davom etib kelayotgan “bosmachilik” harakatiga qarshi mavjud hukumatning o‘zi kurash olib borishga ojiz ekanligi ochiq aytildi ?
A) Buxoroda B) Farg’ona
C) Xorazmda D) Turkistonda

11. Qaysi shoir Anvar Posho xotirasiga bag‘ishlab “Baljuvon” marsiyasini yozdi ?


A) Abdulla Qodiriy B) Abdurauf Fitrat
C) Cho‘lpon D) Abdulla Avloniy
12. 1924 yil 20-sentyabr kuni BXSR hukumati qaysi raisi Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyida “O‘rta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi to‘g‘risida” ma’ruza qildi ?
A)Usmon Xo’ja
B) Fayzulla Xo‘jayev
C)Mahmudxo’ja Behbudiy
D)Abdurauf Fitrat
13. O‘zbekiston komsomoliga qayerda qachon bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida asos solindi ?
A)Buxoro shahri, 1936-yil
B)Samarqand shahri, 1925-yil
C)Toshkent shahri, 1925-yil
D)Samarqand shahri, 1926-yil
14. 1936-yil 5-dekabrda Qoraqalpog‘iston ASSR hududi qaysi davlat tarkibiga kiritildi ?
A) O’zbekiston SSR B) Qozog’iston ASSR
C) Turkmaniston SSR D) RSFSR
15. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‘oyasining tashabbuskorlari o‘z fikrlarini nimalar orqali asosladilar ?
A) tub xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi
B) milliy mojarolar kuchayib borayotgani
C)Moliyaviy zarar ko’rilayotganligi
D)A va B javoblar tog’ri
16. Anvar Posho 1921-yil oktyabrda qayerdan Buxoro shahriga kelgach, muqaddas urushga qo‘shilganligini e‘lon qildi ?
A) Turkiyadan B) Erondan
C) Pokistondan D) Kavkazdan
17. O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6 – 12 fevralda eski qayerda O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdi ?
A)Samarqand B)Toshkent
C)Buxoro D)Xorazm
18. O‘zbekistondagi dehqonlarni g‘oyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri “Qo‘shchi” ittifoqi bo‘lgan. U nechanchi yillarda faoliyat
ko‘rsatgan ?
A)1922-1930 y. B)1920-1933 y.
C)1923-1930 y. D)1933-1940 y.
19. Butun o‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi qachon
ochildi ?
A) 1925-yil 18-noyabr B) 1924-yil 26-iyul
C) 1925-yil 13-fevral D)1923-yil 12-mart
20. 1924-yil bo’lgan voqealarni moslashtiring ?
1) 14-oktyabr, 2) 29-oktyabr, 3) 20-sentyabr, 4) 16-sentyabr
a) Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyi b) Turkiston ASSRbMIKning favqulodda sessiyasi c) RSFSR (Butunrossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi d) Butunxorazm xalq vakillarining V qurultoyi
A)1-c, 2-d, 3-a,4-b B) 1-d, 2-c, 3-a,4-b
C) 1-b, 2-d, 3-a,4-c D) 1-c, 2-d, 3-b,4-a
21. Mulla Abdulqahhor qachon va qayerda bo‘lgan jangda halok bo‘ldi ?
A) 1923-yil, Nurota B) 1924-yil, Qizilqum
C) 1923-yil, Qizilqum D) 1924-yil, Nurota
22. Xorazm rahbarlari nechanchi yilda RKP(b) MKga “Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘risida maktub” yubordilar ?
A) 1923-yil 18-mart B) 1924-yil 8-may
C) 1924-yil 23-aprel D)1923-yil 12-mart
23. Qachon RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi ?
A) 1924-yil 26-iyul B) 1924-yil 12-aprel
C) 1924-yil 15-iyul D) 1924-yil 5-mart
24. O’zbekiston SSR da qachon kasaba uyushmalari (profsayuzlar)ga asos solindi ?
A) 1921-yil 29-yanvar B)1925-yil 19-aprel
C) 1926-yil 13-fevral D)1925-yil 21-mart
25. Qachon Xorazm Kompartiyasining yangi rahbarlari respublikaning chegaralanishiga
kiritilishiga o‘z roziligini bildirdi ?
A) 1923-yil 18-mart B) 1924-yil 26-iyul
C) 1924-yil 23-aprel D)1923-yil 12-mart
26. Tojikiston ASSR nechanchi yilgacha O’zbekiston SSR tarkibida qoldi ?
A) 1930-yilgacha B) 1928-yilgacha
C) 1929-yilgacha D) 1935-yilgacha
27. Milliy ozodlik kurashining ikkinchi davrida asosan qaysi hududlarda kurash davom etdi ?
A) Sharqiy Buxoro, Xorazm vohasi va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida
B) G‘arbiy Buxoro,Zarafshon va Toshkent
C) Sharqiy Buxoro,Toshkent
D) Farg‘ona, Xorazm va Qo‘ng‘irot
28. 1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrgacha qaysi shahar O‘zbekiston SSR poytaxti
sanalgan ?
A)Samarqand B)Toshkent
C)Buxoro D)Xorazm
29. Qoraqalpog‘iston 1932 – 1936-yillarda qaysi davlat tarkibida bo’ldi ?
A) RSFSR B) Qozog’iston ASSR
C) Turkmaniston SSR D) O’zbekiston SSR
30. O‘rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida nechta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi ?
A) 5 B)6 C)7 C)4

10-sinf o’zbekiston tarixi 11-14-mavzular Test


1. Yer-suv islohoti 2-bosqichi o‘z oldiga qanday masalani qo‘yadi?
A)Boy-quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazish
B)Katta yer egaligini tugatib, yerlarni yersiz va kam yerli dehqonlar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlash
C)Katta yer egaligini butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish
D)Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining ayrim sarqitlarini tugatish
2. O‘zbekistonda birinchi besh yillik nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
A)1927-yil oktabr – 1932-yil noyabr
B)1925-yil fevral – 1930-yil mart
C)1929-yil dekabr – 1933-yil sentabr
D)1928-yil oktabr – 1932-yil dekabr
3. Kolxozlar va sovxozlar tashkil qilingandan keyin ayollarni qaysi kasbga o‘rgatish avj oldi?
A)injenerlik B)agronomlik
C)traktorchilik D)tikuvchilik
4. 1927-yili respublikadagi okrug ijroiya qo‘mitasi a’zolarining necha foizi ayollar edi?
A)17% B)30%
C)40% D)20%
5. Bolsheviklar tomonidan O‘zbekistonda dastlabki yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar xato berilgan javobni toping?
A) Savet maktablari va texnikumlar ochilishiga alohida e’tibor qaratiladi
B) Eski maktab va vaqf mulklari tugatildi
C) Tashkil etilgan universitet va institutlarda o‘zbeklar talabalari ko‘pchilikni tashkil qilgan
D) Jadid maktablari yopiladi
6. O‘zbek teatr san’atining gullab- yashnashida hissa qo‘shgan ijodkorlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) T.Jalilov, Y.Rajabiy, M.Ashrafiy, M.Burxonov
B) N.G‘aniyev, R.Pirmuhammedov, K.Yormatov
C) R.Hamroyev, O.Xo‘jayev, SH.Burhonov, A.Hidoyatov
D).Q.Yoquboy, K.Otaniyozov, K.Zokirov
7. Quyidagilarni to‘g‘ri joylashtiring 1927-yilda O‘zSSR xalq xo‘jaligida. . . .
1)qishloq xo‘jaligi salmog‘i, 2)sanoatning salmog‘i, 3)qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashning sanoat ishlab chiqarishidagi salmog‘i
a)37,4 %, b)62,6 % c)90 %
A)1-a, 2-c, 3-b B)1-b, 2-a, 3-c C)1-c, 2-b, 3-a D)1-a, 2-b, 3-c
8. VKP(b) ning XIV syezdi qachon bo‘ldi?
A)1925-yil dekabr B)1926-yil dekabr
C)1928-yil dekabr D)197-yil dekabr
9. Quloqlashtirish siyosati qachon asosan amalga oshirib bo‘lingan?
A) 1930-yil B) 1932-yil C) 1933-yil D)1935-yil
10. Birinchi besh yillikda elektr stansiyalari quvvati qanchaga yetadi?
A)347 mln kilovatt B)397 mln kilovatt
C)482 mln kilovatt D)500 mln kilovat
11. Quyidagi voqealarni bo‘lib o‘tgan sanasi bilan to‘g‘ri joylashtiring
1) Arab imlosi isloh qilinib, ancha soddalashtirildi 2) O‘zSSR Oliy Soveti III sessiyasi bo‘lib o‘tadi 3) O‘zbek adiblari, imlochilari va yetakchi ziyoliylari konferensiyasida arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tish haqida qaror qabul qilinadi 4) Arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqidagi qaror O‘zSSR Maorif xalq komissarligi hay’ati tomonidan tasdiqlandi
a) 1929-yil may b) 1929-yil 10-avgust c) 1921-1922-yillar d) 1940-yil 8-may
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
12. 1940-yil O‘zbekistonda SSRda nechta oliy o‘quv yurtlari ishlab turdi?
A) 20 ta B) 30 ta C) 50 ta D) 100 ta
13. O‘zSSRda davlat konservatoriyasi qachon ochilgan?
A) 1933-yil B) 1937-yil C) 1936-yil D) 1934-yil
14. Kooperatsiya so‘zi ma’nosi?
A) Hamkorlik B) Uyushma
C) Ko‘p tarmoqlilik D) Daromad
15. Ikkinchi besh yillik davrida ta‘lim sohasida qilingan ishlar xato berilgan javobni toping.
A) Ajratilgan mablag‘lar tufayli 539 ta yangi maktab solinadi
B) Umumiy ta’lim maktablarida o‘quvchilar soni o‘sib 931 800 nafarga yetdi
C) Yangi maktablar 35 000 o‘quvchi sig‘adigan qilib quriladi
D) O‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablar soni 5 marta oshdi
16. XX asr 30-yillarida respublika maktablarida o‘qitish nechta tilda amalga oshirilgan?
A) 10 ta B) 18 ta C) 21 ta D) 9 ta
17. Proletar – so‘zi qaysi tildan olingan?
A) Yunoncha B) Lotincha
C) Ruscha D) Fransuzcha
18. O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi ziyolilari konferensiyasi qaysi shaharda bo‘lib o‘tadi?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Farg‘ona
19. O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti qachon tuziladi?
A) 1932-yil 14-oktabr B) 1940-yil 9-yanvar
C) 1940-yil 8-may D) 1938-yil 18-mart
20. 1927-yili Andijondagi Eski shahar ayollar klubida necha nafar a’zo bo‘lgan?
A)50 nafar B)95 nafar
C)134 nafar D)157 nafar
21. O‘zSSRda mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxs?
A)Akmal Ikromov
B)Bobon Mavlonbekov
C)Fayzulla Xo‘jayev
D)Yo‘ldosh Oxunboboyev
22. O‘zbekiston SSR MIK ning “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida” va “yer-suv islohoti to‘g‘risida” gi dekretlari qachon chiqadi?
A) 1925-yil noyabr B) 1930-yil 17-fevral
C) 1930-yil 26-yanvar D) 1925-yil 2-dekabr
23. Quyidagilardan noto‘gri javobni toping?
A)O‘zSSRda sanoat korxonalari texnik darajasi past edi
B)Sanoat korxonalariga malakali xodim va tajribali ishchilar RSFSRdan olib kelingan
C)O‘zSSRda industrlashtirish dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi
D)Industrlashtirish siyosati shahar hisobidan amalga oshirildi
24. Qaysi besh yillik davrida respublikaning sotsialistik madaniyatini rivojlantirishning asosiy yo‘llari belgilab chiqiladi?
A) birinchi B) ikkinchi
C) uchinchi D) to‘rtinchi
25. 1927-yil 16-24-noyabr kunlari bo‘lgan O‘zb. Kompartiyasi syezdida nima masala ko‘riladi?
A)”Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi” nomini o‘zgartirish
B)”Yerli millat ishchilarini ishlab chiqarishga jalb qilish to‘g‘risida” gi masala
C)”Partiya, savet xo‘jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ tashkilotlarga mahalliy aholini jalb qilish” haqidagi masala
D)O‘zbek aholisi ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat, jamoat, kooperativ muassasalari va tashkilotlarida ish yuritishni o‘zbek tilida olib borish haqida
26. Birinchi besh yillikda qaysi zavod barpo etiladi?
A)Chirchiq elektro-kimyo zavodi
B) Qarshi neftni qayta ishlash zavodi
C) Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi
D)Angren ko‘mir zavodi
27. O‘zSSR Sovetlarining V qurultoyi qaysi shaharda bo‘lib o‘tadi?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Farg‘ona
28. Quyidagilardan XX asr 30-40-yillarida yetishib chiqqan mahalliy kinematografiya arboblarini aniqlang
A) T.Jalilov, Y.Rajabiy, M.Ashrafiy, M.Burxonov
B) N.G‘aniyev, R.Pirmuhammedov, K.Yormatov
C) R.Hamroyev, O.Xo‘jayev, SH.Burhonov, A.Hidoyatov
D).Q.Yoquboy, K.Otaniyozov, K.Zokirov
29. ”Hujum” harakatini o‘tkazish uchun O‘rta Osiyo respublikalari, xususan, O‘zbekistonda maxsus komissiya qachon tuziladi?
A) 1925-yil mart B) 1926-yil sentabr
C) 1927-yil fevral D) 1926-yil dekabr
30. SSSRda sotsialistik industrlashtirishga o‘tish ommaviy tarzda qachon e’lon qilinadi?
A)1925-yil B)1927-yil
C)1928-yil D)1926-yil
10-sinf o’zbekiston tarixi 15-18-mavzular Test
1. SSSR qo‘shinalari 1939-yil 19-sentabrda qaysi shaharni egalladi?
A) Varshava B) Brest
C) Vilnyus D) Viborg
2. Qachondan O‘zSSRda qatag‘onlik avjiga chiqadi?
A) 1931-yil kuz B) 1936-yil qish
C) 1937-yil yoz D) 1938-yil qish
3. Qachon SSSR qo‘shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi?
A) 1939 yil 17-sentabrda
B) 1939 yil 22-sentabrda
C) 1939 yil 19-sentabrda
D) 1939 yil 28-sentabrda
4. Urush davrida qancha mesxeti turklar ko‘chirildi?
A) 151 604 C) 175 000
B) 110 000 D) 77 000
5. Ikkinchi jahon urushi qatnashgan Sulton Jo‘ra haqidagi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) 32 nafar dushman askarini o‘ldirganlar.
B) 1945-yil 26-martda Polshadagi Gdansk shahrini shturm qilishda halok bo‘ldi.
C) 1965-yil 9 mayda Sovet ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
D) 1943-yil noyabrda Gomel atrofida vafot etgan.
6. Qosimovchilik ishi qo‘zg‘algan Sa’dulla Qosimov qaysi vazifada ishlagan?
A) O‘zSSR Oliy sudi prokurori
B) O‘zSSR Oliy sudi raisi
C) O‘zSSR Maorif xalq komissari
D) O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezdiumi raisi
7. Firqa – so‘zi lug‘aviy ma’nosi xato berilgan javobni toping?
A) Guruh B) To‘da
C) Ittifoq D) Partiya
8.SSSR qachon Millatlar Ligasidan chiqarildi?
A) 1939-yil 14-dekabrda
C) 1939-yil 30-noyabrda
B) 1939-yil 12-dekabrda
D) 1939-yil 13-dekabrda
9. Qachondan harbiy korxonalar xodimlari urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo‘shildi va shu korxonalarga biriktirildi. Mehnat intizomini buzganlar qattiq jazolanadigan bo‘ldi?
A) 1941-yil 14-dekabr
B) 1941-yil oktyabr
C) 1941-yil 18-dekabr
D) 1941-yil 15-noyabr
10. 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qayerda qayta tuzildi.
A) Farg‘ona C) Namangan
B) Samarqand D) Jizzax
11. Turkiston legioniga qachon asos solingan.
A) 1941-yil noyabrda C) 1942-yil mayda
B) 1942-yil aprelda D) 1942-yil martda
12. Xato javobni toping!
1. Urush davrida 12 yoshdan kichiklarga majburiy ish joriy etildi.
2. Urush davrida majburiy ish kuni 1,5 marta oshirildi.
3. Urush davrida O‘zbekistonga 20 ming bola evakuatsiya qilindi
4. Shaharlarda oziq-ovqatga kartochka tizimi tashkil etilib, ishchi va xizmatchilarga kuniga 400-500 grammdan, oila a’zolariga 300-400 grammdan non berildi
5. Urush yillarida O‘zbekiston butun SSSRda ishlab chiqariladigan qandning yarmini berar edi
A) 2, 3, 5 C) 3, 4, 5
B) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5
13. Qachon I.V. Stalin raisligida Davlat Mudofaa Qo‘mitasi tuzildi?
A) 1941-yil 22-iyunda
C) 1941-yil 23-iyunda
B) 1941-yil 30-iyunda
D) 1941-yil 28-iyulda
14. Mirkomil Mirsharopov qayerning harbiy ishlar noziri bo‘lgan?
A) XXSR B) BXSR
C) TASSR D) SSSR MIK
15. Qachonga kelib keltirilgan korxonaning 50 tasi ishga tushdi?
A) 1941-yil boshlarida
C) 1942-yil boshlarida
B) 1942-yil oxirlarida
D) 1941-yil oxirida
16. Nechanchi yili davlatga 1,6 mln tonna miqdorda paxta topshirildi.
A) 1941-yili B) 1942-yili
C) 1943-yili D) 1944-yili
17. Urush yillari bilan bog’liq to‘g‘ri javobni toping.
a) O‘zbekistonda 7 ta gidroelektr stansiyalar qurildi.
b) Oqqovoq, Qibray va Farhod GESlari qurildi
c) O‘zbekistonda 1942-yili yangi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2 baravar ko‘paydi
d) Salorda ko’mir koni barpo etildi
A) a, b, c B) b, c C) a, b, d D) a, b,c,d
18. SSSR qayerni egallab Moldova SSRni tuzdi?
A) G‘arbiy Ukraina
C) Bessarabiyaning janubini
B) Shimoliy Bolgariya
D) Bessarabiya
19. Qachon Moskvada Munavvarqori boshchiligidagi guruh ustidan sud jarayoni o‘tkaziladi?
A) 1932-yil 28-oktabr
B) 1931-yil 25-aprel
C) 1930-yil 4-oktabr
D) 1929-yil 5-noyabr
20. . Sovet-fin urushida qatnashgan diviziya komandiri.
A) F.Uteshav C) A.Tolstov
B) V.Russkix D) A.Tupikov
21. Urush yillarida O‘zbekiston Ittifoqga............tonnadan ziyod paxta va ........pud don yetkazib berdi.
A) 4 mln va 80 mln C) 4 mln va 82 mln
B) 5 mln va 82 mln D) 7 mln va 80 mln
22. Kvantun armiyasini tor-mor etishda qatnashganlar orasida yefreytor..............kabi o‘zbek o‘g‘lonlari bor edi.
A) U. Donyorov
C) Q. Turdiyev
B) U. Asanov
D) X. Aminov
23. Urush yillari qand lavlagi zavodlari qurilgan javob xato berilgan javobni toping.
A) Zirabuloq
B) Farg’ona
C) Yangiyo‘l
D) Krasnogvardeysk
24. Qayerdan keltirilgan zavod asosida Toshkent aviatsiya zavodi barpo etildi?
A) Dnepr shahridan
C) Sant-Peterburg shahridan
B) Ximki shahridan
D) Kiyev shahridan
25. Qachon O‘zSSR Maorif xalq konissarligida bir guruh rahbar xodimlar hibisga olinadi?
A) 1928-yil aprel
B) 1929-yil mart
C) 1930-yil avgust
D) 1931-yil aprel
26. O‘n sakkizlar ishi(Дело восемнадцати) kitobi qachon chop etiladi?(rasm)
A) 1991 B) 1992
C) 2002 D) 2012
27. Qachon SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni 26 nafar oddiy askar va ofitserlarga "Sovet Ittifoqi Qahramoni" unvoni berildi.
A) 1941-yil 12-noyabrda
C) 1942-yil 13-noyabrda
B) 1942-yil 27-martda
D) 1942-yil 26-martda
28. Quyidagi javoblardan nechtasi xato?
1. Shoahmad Shomahmudov toshkentlik oddiy temirchi edi
2. Hamid Samadov kattaqo‘rg‘onlik urush nogironi edi
3. Fotima Qosimova buxorolik kolxozchi ayol edi
4. Totalitar tuzum rahbarlarining farmoyishi bilan Kavkaz xalqlari (chechenlar, ingushlar, qorachoylar, mesxeti turklari, bolqorlar va b.), qrim tatarlari va Volgabo‘yi nemislari 1943–1944-yillarda zudlik bilan mamlakatning shimoliy hududlariga ko‘chirilib yuborildi.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 0
29. SSSR va Germaniya o‘rtasida "Do‘stlik va chegaralar to‘g‘risida" shartnomaga asosan qaysi hududlarni SSSR rasmiy o‘ziga qo‘shib oldi?
A) G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Bolgariya
C) Litva, Latviya va Estoniya
B) Estoniya, Polsha
D) G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorusiya
30. O‘zSSR Kommunistik partiyasi IV syezdi qayerda bo‘lib o‘tadi?
A) Toshkent B) Samarqand
D) Andijon D) Qo‘qon
10-sinf o’zbekiston tarixi 19-23-mavzular Test
1. Urush yillarida yozilgan “Mahmud Torobiy” asari muallifini aniqlang?
A) Hamid Olimjon C) Maqsud Shayxzoda
B) Izzat Sulton D) Oybek
2. 1940-yillarda......da neftni qayta ishlash zavodi foydalanishga topshirildi.
A) Polvontosh
C) Sho‘rtan
B) Farg‘ona
D) Janubiy Olamushuk
3. Akademiya olimlaridan tilshunos ... nohaq ravishda qoralandi.
A) Vohid Zohidov C) Olim Aminov
B) Abdulloh Karimov D) Olim Usmonov
4. Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘li qachon qurilgan.
A) 1948-yil B) 1946-yil
C) 1947-yil D) 1949-yil
5. Sharof Rashidov qachon O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga saylandi?
A) 1958-yil 25-aprelda B) 1958-yil 17-martda
C) 1959-yil 15-martda D) 1959-yil 2-yanvarda
6. Quyidagi qaysi javoblar to’g’ri?
1. Ilgari mavjud bo‘lgan Til, adabiyot va tarix instituti esa O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix va arxeologiya institutlariga ajratilib, yangi tashkil etilgan O‘zSSR FA tarkibiga kiritildi.
2. SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi N.Xrushchevning 1943-yil sentyabrdagi qarori asosida O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi (O‘zSSR FA) tashkil topdi
3. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Toshkentda joylashgan
A) 1,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,2,3
7. Qachon mamlakatda oziq-ovqat va sanoat tovarlariga kartochka tizimi bekor qilindi.
A) 1947-yil fevral C) 1947-yil noyabrda
B) 1947-yil yanvatda D) 1947-yil dekabrda
8. Quyidagi qaysi shaxs davrida O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlandi, islom diniga erkinliklar berildi?
A) Amin Niyozov C) Usmon Yusupov
B) Nuriddin Muhiddinov D) Sobir Kamolov
9. Qayerda kimyo kombinati mavjud bo‘lgan?
A) Chustda C) Navoiyda
B) Chirchiqda D) Namanganda
10. Rahmonqul Qurbonov qaysi yillarda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida faoliyat yuritgan?
A) 1959 – 1961-yillar
B) 1971 – 1984-yillar
C) 1961 – 1971- yillar
D) 1970 – 1978-yillar
11. Amin Niyozov O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari lavozimida qaysi yillarda faoliyat ko‘rsatdi.
A) 1950-1955-yillarida
C) 1955-1957-yillarda
B) 1953-1955-yillarda
D) 1957-1959-yilarda
12. Qaysi zavodda traktorlar, paxta terishga moslashtirilgan mashina va traktor pritseplari ishlab chiqarish boshlandi?
A) "Tashavtomash"zavodi
C) "Toshkent traktor zavodi
B) "O‘zbekmash" zavodi
D) "Tashselmash" zavodi
13. Urush yillarida O‘zbekiston san'ati ustalari nechta konsert brigadalariga bo‘linganlar?
A) 35 C) 40
B) 30 D) 26
14. Yodgor Nasriddinova qayerda tug‘ilgan?
A) Samarqand B) Qo’qon
C) Toshkent D) Shaxrisabz
15.Qanday korxonalarning qurilishi O‘zbekistonga salbiy ta'sir ko‘rsatadi?
A) Qurol-yarog‘ va texnika zavodlari
B) Kimyo korxonalari
C) Elektron energiyasi korxonalari
D) Paxta tozalash korxonalari
16. . ... biokimyo zavodi aholi qalin yashaydigan joylashgan edi.
A) Yangiko‘l
C) Yangiyo‘l
B) Chirchiq
D) Navoiy
17. Inomjon Usmonxo‘jayev qaysi yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi?
A) 1959 – 1970-yillar
B) 1978 – 1983-yillar
C) 1970 – 1978-yillar
D) 1959 – 1961-yillar
18. O‘zbekiston SSR FA qachon tashkil etildi.
A) 1943-yil 14-noyabrda
C) 1943-yil 4-noyabrda
B) 1943-yil 2-sentabrda
D) 1943-yil 4-mayda
19. Guliston shahri qachon barpo etildi?
A) 1960-yilda C) 1956-yilda
B) 1962-yilda D) 1961-yilda
20. Akademiya olimlaridan iqtisodchi … nohaq ravishda qoralandi.
A) Vohid Zohidov
C) Abdusamad Boboxo‘jayev
B) Olim Aminov
D) Olim Usmonov
21. Toshkent metropolitenining birinchi navbati nechta bekatdan iborat?
A) 6 B) 7 C) 9 D) 11
22. Qaysi temir yo‘lning qurilishi Qaroqalpog‘istonni Qozog‘iston bilan to‘g‘ri bog‘ladi?
A) Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot
C) Qo‘ng‘irot-Beynov
B) Chorjo‘y-Beynov
D) Chorjo‘y-Urganch
23. 1955-1957-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari vazifasini kim bajargan?
A) Amin Niyozov
C) Usmon Yusupov
B) Nuriddin Muhiddinov
D) Sobir Kamolov
24. 1956-yili O‘zbekiston qanday ishlar amalga oshirildi? To‘g‘ri javobni toping.
1. Paxta xarid narxlarini oshirish.
2. MTSlarga to‘lanadigan natura haqi stavkalarini 40 % kamaytirish.
3. Ustama mukofotlar to‘lashni yangi tartibi.
4. Mineral o‘g‘itlar narxini ko’paytirish
5. Suv uchun to‘lanadigan haqni belgilangan tartibdakamaytirish
A) 1,2,5 C) 1,2,3
B) 2,3,5 D) 3,4,5
25. Urush yillarida yozilgan "Alisher Navoiy " asari muallifini aniqlang.
A) Hamid Olimjon C) Abdulla Qahhor
B) Izzat Sulton va Uyg‘un D) Oybek
26. Toshkent metropolitenining birinchi navbati qachon ishga tushirildi.
A) 1977-yil sentabrda B) 1977-yil noyabrda
C) 1977-yil dekabrda D) 1977-yil oktyabrda
27. Toshkentda qachon ilk marta trolleybuslar qatnay boshladi?
A) 1946-yilda C) 1947-yilda
B) 1948-yilda D) 1949-yilda
28. Qachon O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkuraviy masalalarga bag‘ishlangan X plenumi (yalpi majlis) bo‘lib o‘tdi
A) 1952-yil martda C) 1951-yil yanvarda
B) 1950-yil avgustda D) 1952-yil fevralda
29. O‘zbekistonda paxta terish mashinalarining dastlabki partiyasi qaysi zavodda chiqa boshladi?
A) "Tashavtomash"zavodi
C) "Toshkent traktor zavodi
B) "O‘zbekmash" zavodi
D) "Tashselmash" zavodi
30. Konsert brigadalari front jangchilarga..................ta va gospitallarda................ta konsert ko‘rsatdilar.
A) 35 ming va 26 ming
C) 35 ming va 31 ming
B) 30 ming va 26 ming
D) 26 ming va 30 ming
10-sinf o’zbekiston tarixi 24-28-mavzular Test
1. Dunyoda eng yirik Muruntov oltin koni qachon ishga tushirilgan?
A) 1956-yil B) 1959-yil C) 1961-yil D) 1963-yil
2. Orolbo‘yi (Quyi Amudaryo) mintaqasi ma’muriy jihatdan … hududlaridan iborat?
A) O‘zbekiston va Qozog‘iston
B) O‘zbekiston va Turkmaniston
C) O‘zbekiston va Qirg’iziston
D) O‘zbekiston va Tojikiston
3. 1985-yil 11-martda kim KPSS MK Bosh sekretari bo’ladi?
A) Andrey Gromiko B) Yuriy Andropov
C) Mixail Gorbachyov D) Konstantin Chernenko
4. “O‘zbekiston yana bir Farg‘onaga chidab tura olmaydi” deya ta’kidlagan shaxsni aniqlang?
A) Sharof Rashidov B) Usmon Yusupov
C) Mixail Garbachyov D) Islom Karimov
5. O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga 1989-1990-yillarda kim raislik qildi?
A) Shukurulla Mirsaidov B) Abdurahim Po'latov
C) Rafiq Nishonov D) Mirahmad Mirqosimov
6. Quyidagi gaz konlaridan qay biri Buxoro-Xiva geologik mintaqalarida joylashmagan?
A)Shimoliy Muborak B) Janubiy Muborak
C)Marjonbuloq D) Kultak
7. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
1. Orolbo‘yida qorin tifi kasalligi 7 marta, ayniqsa, saraton (rak) kasalligi ko‘payib ketdi
2. Ko‘p hollarda butifos har gektar paxta maydoniga belgilangan me’yordan 2-3 baravar ko‘p ishlatilgan
3. Orolbo‘yida yuqumli sariq kasalligi 30 marta ortdi
A) 1 B) 2 C) 3 D) Xato javob yo’q
8.Sanksiya so’zi qaysi tildan olingan?
A) Yunoncha B) Lotincha C) Inglizcha D) Fransuzcha
9. Qayta qurishning birinchi bosqichi qaysi yillarda amalga oshirilgan?
A) 1983-1988-yillar B) 1987-1989-yillar
C) 1986-1988-yillar D) 1985-1986-yillar
10. Birlik xalq harakati qachon jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi?
A) 1988-yil dekabrda B) 1989-yil oktyabrda
C) 1988-yil noyabrda D) 1989-yil noyabrda
11. Qachon O'zbekistonning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi?
A) 1990-yil iyun B) 1990-yil mart
C) 1990-yil oktyabr D) 1990-yil avgust
12. O'zbekiston Respyblikasining vitse-prezidenti lavozimi qachon tugatildi?
A) 1992-yil 29-yanvar B) 1992-yil 4-yanvar
C) 1991-yil 29-dekabr D) 1991-yil 14-dekabr
13. Quyidagilardan qaysi biri “Paxta ishi” bo’yicha O’zSSRga yuborilgan asosiy tergov guruhlari rahbarlari edi ?
A) Y.Andropov va K.Chernenko
B) M.Grodekov va A.Manuilov
C) N.Ivanov va T.Gdlyan
D) A.Gromiko va K.Yuriyev
14. Sharof Rashidov O’zSSRni necha yil boshqargan?
A) 22 yil B) 25 yil
C) 18 yil D) 24 yil
15. Butunittifoq gaz qazib chiqarishda O‘zbekistonning ulushi 1975-yilda necha foiz bo’lgan?
A) 1 B) 20 C) 15 D) 25
16. Quyidagi qaysi atama “ma’lum qilaman” degan ma’noni anglatadi?
A) Referendum B) Vitse-prezident
C) Deklaratsiya D) Dekret
17. Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatda, ayniqsa, dengizga yaqin bo‘lgan shahar xato berilgan javobni toping.
A) Chimboy C)Xo’jayli
B) Mo‘ynoq D)Qo‘ng‘irot
18. Orol dengizi haqida berilgan javoblardan qay birlari to’g’ri?
1. Hozirgi vaqtda Orol dengizi 3 bo‘lakka bo‘lingan
2. Orol dengizining shimoliy qismi kichik va sayozdir
3. Orol dengizining sharqiy qismi nisbatan kattaroq maydonga ega bo‘lgan va sayozdir
4. Orol dengizining janubiy qismi eng chuqur hisoblangan.
5. XX asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,5
C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5
19. O’zSSR Kompartiyasi MK ning XVI plenumi qachon bo’lib o’tadi?
A) 1982-yil 21-iyul B) 1984-yil 23-iyun
C) 1987-yil 1-noyabr D) 1988-yil 2-iyul
20.Qachon Birlik va Erk demokratik partiyalari O'zbekiston hududida o'z siyosiy faoliyatini to'xtatgan?
A) 1993-yil B) 1992-yil
C) 1994-yil D) 1991-yil
21. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Internatsionalizm – Xalqlar va ijtimoiy guruhlarning millatlar ozodligi, mustaqilligi, huquqiy tengligiga asoslangan birdamlik va o‘zaro hamkorlik ta moyili.
B) Partokratik – partiya hukmronligiga asoslangan.
C) Qayta qurishning birinchi bosqichi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Xususan, 1987-yil yanvar va 1988-yil iyulda bu vazifalar yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi
D) Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish belgilandi.
22. Qachon Farg‘ona vodiysining O‘sh va O‘zgan shaharlarida (qo‘shni Qirg‘iziston hududida) qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi.
A) 1990-yil mayda B) 1990-yil iyunda
C) 1990-yil iyulda D) 1990-yil avgustda
23. SSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo’yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, uning dastlabkisi qachondan O’zbekistonga yuborilgan?
A) 1983-yil B) 1984-yil
C) 1985-yil D) 1986-yil
24. Qaysi yillar SSSR siyosiy hayotida ko’plab o’zgarishlar davri hisoblanadi?
A) 1982 – 1985 –yillar
B) 1989 – 1990 –yillar
C) 1983 – 1986 – yillar
D) 1985 – 1987 – yillar
25. O’zbekistonda nechanchi yilda 0,4 mlrd m3 tabiiy gaz ishlab chiqarilgan?
A) 1956-yil B) 1960-yil
C) 1965-yil D) 1975-yil
26. Islom Karimov Prezidentlik vazifasi bilan ayni bir vaqtta Vazirlar Mahkamasining raisi lavozimida ...gacha ishladi.
A) 2004-yil dekabr B) 2005-yil fevral
C) 2004-yil yanvar D) 2005-yil yanvar
27. Quvasoyda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi. U qaysi hududlarga tarqalib, xavfli tus oldi?
A) Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga
B) Farg‘ona vodiysi va Sirdaryo viloyatiga
C) Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatiga
D) Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatiga
28. Qachondan SSSRda qayta qurish siyosati boshlanadi?
A) 1983-yil B) 1984-yil
C) 1985-yil D) 1986-yil
29. Kimyo zavodlari asosan aholisi ko‘p bo‘lgan qaysi shaharlarida qurilgan edi?
A) Navoiy, Jizzax, Farg‘ona
B) Navoiy, Chirchiq, Yangiyo’l
C) Navoiy, Chirchiq, Buxoro
D) Navoiy, Chirchiq, Farg‘ona
30. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Bepoyon Qizilqum sahrosi markaziy tumanlarining sanoat jihatidan o‘zlashtirilishi oltin va uran qazib olish sanoatining paydo bo‘lishini taqozo etdi
B) Navoiy kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistonning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Sovetobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlari, Muruntov, Krasnogorsk, Zafarobod, Shalqar shaharchalariga asos solgan
C) O‘zSSR oltin yetkazib berish bo‘yicha mamlakat oltinining uchdan birini bergan
D) O‘zbekistonda asrlar mobaynida shakllangan va mintaqaning tub yerli xalqlari vakillaridan iborat bo‘lgan aholining ko‘p millatli tarkibi sovet hokimiyati yillarida, xususan, XX asr 60 – 80-yillarida yevropalik turli xalqlar va boshqalar hisobiga yanada kengayib bordi.

Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling