10-sinf O’zbekiston tarixi. 116 ta


Download 166.38 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi166.38 Kb.
#1611613
Bog'liq
O`zbekiston tarixi YaDA test namunalari


10-sinf O’zbekiston tarixi. 116 ta.

1. Mamlakatimiz tarixida qaysi yillar oralig’idagi davr Sovet davrini tashkil qiladi?


A) 1917-1991-yillar B) 1917-1989-yillar C) 1873-1945-yillar D) 1920-1985-yillar
2. Butun millatning jangovar chaqirig’iga aylangan “Haq olinur, berilmas” shiori muallifi kim?
A) M. Abdurashidxonov B) Behbudiy C) S. Ayniy D) A. Fitrat
3. “Sho’roi islomiya” tashkilotiga qachon asos solingan?
A) 1918-yil 14-may B) 1917-yil iyun C) 1917-yil 14-mart D) 1917-yil 16-23-aprel
4. Oktabr to’ntarishidan so’ng tuzilgan RSFSR XKS ga kim rahbarlik qilgan?
A) Stalin B) Kalinin C) Lenin (Ulyanov) D) Dzerjinskiy
5. “. . . qo’rboshilar orasida eng kuchlisi bo’lsa, . . . shubhasiz eng xavflisi edi”. Ushbu holatda Bolshevik rahbarlari kimlarni nazarda tutgan edilar?
A) Shermuhammadbek va Madaminbek B) Madaminbek va Shermuhammadbek
C) Katta Ergash va Madaminbek D) Bahrombek va Ochilbek
6. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” so’zlari kimga tegishli?
A) A. Avloniy B) M. Behbudiy C) A. Fitrat D) Cho’lpon
7. Turkiston o’lkasidagi ilk demokratik va xalqchil hukumatning poytaxti qaysi shahar hisoblangan?
A) Toshkent B) Buxoro C) Qo’qon D) Andijon
8. Turkiston Muxtoriyati necha kun yashadi?
A) 72 B) 200 C) 70 D) 100
9. Quyidagilardan dastlab tashqi ishlar vaziri, keyinchalik bosh vazir vazifasini bajargan shaxsni aniqlang?
A) Mustafo Cho’qay B) Ubaydulla Xo’jayev C) Kichik Ergash D) Obidjon Mahmudov
10. Muxtoriyat e’lon qilingan 27-noyabr tunini “Milliy laylatulqadrimiz” deb atagan shoirni aniqlang?
A) Cho’lpon B) Fitrat C) M. Behbudiy D) A. Avloniy
11. Sovet davlatida “Harbiy kommunizm” siyosati qaysi yillarda olib borilgan?
A) 1921-1922-yillar B) 1918-1920-yillar C) 1917-1919-yillar D) 1922-1924-yillar
12. Yosh xivaliklar partiyasi tashkil topgan vaqtni aniqlang?
A) 1910-yil B) 1917-yil C) 1915-yil D) 1914-yil
13. BXSR ning dastlabki hukumati tarkibida rais va tashqi ishlar noziri vazifasini kim bajarga edi?
A) Abdulqodir Muhiddinov B) Abdurauf Fitrat C) Fayzulla Xo’jayev D) Najib Husainov
14. Ahmad Zaki Validiy o’zining “Xotiralar” kitobida istiqlolchilik harakatining qaysi namoyandasini “Rossiya hukmronligi oldida bo’yin egishni xohlamagan davlat qahramoni” sifatida ta’riflagan?
A) Ochilbek qo’rboshi B) Madaminbek C) Junaidxon D) Anvar Posho
15. Quyidagi shaxslardan qaysi biri 1920 yil sentabrda Sharqiy Buxoroga kelib katta kuch to’playdi va qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qiladi?
A) Anvar Posho B) Salim Posho C) Ibrohimbek D) Amir Olimxon
16. Sovet hokimiyati rahbariyati qachondan boshlab “mustaqil respublikalar” tashkil qilish masalasini jiddiy hal qilishga kirishdi?
A) 1927-yil B) 1925-yil C) 1924-yil D) 1920-yil
17. Qozog’iston ASSR tarkibida bo’lgan Qoraqalpoq muxtor viloyati qachondan boshlab Qoraqalpog’iston ASSR sifatida O’zbekiston SSR tarkibiga kiritilgan?
A) 1936-yil B) 1930-yil C) 1934-yil D) 1929-yil
18. “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to’g’risida Deklaratsiya” qachon qabul qilindi?
A) 1925-yil 29-yanvar B) 1925-yil 13-fevral C) 1925-yil 17-fevral D) 1925-yil 12-mart
19. Kim O’z SSR poytaxtini Toshkentga ko’chirib keldi?
A) F. Xo’jayev B) M. Kalinin C) Y. Oxunboboyev D) A. Ikromov
20. O’z SSR qachon SSSR tarkibiga kiritildi?
A) 1925-yil 13-may B) 1925-yil 13-fevral C) 1925-yil 21-mart D) 1925-yil 29-yanvar
21. O’z SSR ning birinchi Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?
A) 1925-yil 13-may B) 1925-yil 24-mart C) 1927-yil 30-mart D) 1930-yil 20-sentabr
22. Sanoatni industrlashtirish qachon boshlandi?
A) 1925-yil B) 1929-yil C) 1928-yil D) 1924-yil
23. Kolxozlar va sovxozlar tuzilganidan so’ng ayollarni qaysi kasbga o’rgatish avj oldi?
A) fermerlik B) traktorchilik C) paxtachilik D) o’qituvchilik
24. Nechanchi yillarda arab imlosi isloh qilinib, ancha soddalashtirildi?
A) 1921-1922-yillarda B) 1922-1923-yillarda C) 1920-1923-yillarda D) 1929-1930-yillarda
25. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” so’zlari kimga tegishli?
A) A. Avloniy B) M. Behbudiy C) A. Fitrat D) Cho’lpon
26. O’rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi bu – . . .
A) Samarqand davlat instituti B) Turkiston davlat universiteti
C) O’rta Osiyo Milliy universiteti D) Toshkent pedagogika institute
27. Sovet hokimiyatining dastlabki o’n yilliklarida O’zbekistonda imlo necha marta o’zgartirildi?
A) 3 marta B) 2 marta C) 1 marta D) 4 marta
28. Nechanchi yilda arab imlosi asosidagi o’zbek yozuvi tugatilib, lotin grafikasiga o’tildi?
A) 1929-yilda B) 1940-yilda C) 1921-1922-yillarda D) 1925-yilda
29. Toshkent davlat konservatoriyasi ochilgan yilni toping?
A) 1934-yil B) 1936-yil C) 1940-yil D) 1939-yil
30. Nechanchi yilga kelib, sovetlarning birdan-bir yagona orzusi bo’lgan kirill – rus alifbosiga o’tildi?
A) 1929-yilda B) 1940-yilda C) 1921-1922-yillarda D) 1925-yilda
31. Toshmuhammad Qori – Niyozov kim bo’lgan?
A) adabiyotshunos B) matematik olim C) tarixchi olim D) kompozitor
32. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi qachon ochildi?
A) 2000 yil 12-may B) 1999-yil 14-aprel C) 2001-yil 12-aprel D) 2002-yil 31-avgust
33. Qachondan boshlab 31-avgust Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda?
A) 1999-yil B) 2001-yil C) 2002-yil D) 2000-yil
34. Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi taraqqiyparvarlar qachon qamoqqa olindi?
A) 1931-yil 25-aprelda B) 1929-yil 5-noyabrda C) 1929-yil 12-martda D) 1930-yil 10-mayda
35. Quyidagi shoirlardan qaysi biri qamoqxonada vafot etdi?
A) Cho’lpon B) Fitrat C) Abdulla Qodiriy D) Usmon Nosir
36. “Molotov - Ribbentrop” pakti qachon imzolangan?
A) 1939-yil 1-sentabrda B) 1939-yil 23-avgustda
C) 1939-yil 23-sentabrda D) 1939-yil 1-martda
37. Fashistlar Germaniyasi qachon SSSR hududiga bostirib kirdi?
A) 1941-yil 30-iyun B) 1941-yil 23-24-iyun C) 1941-yil 22-iyun D) 1941-yil oktabr
38. 1941-yil 30-iyunda tashkil topgan Davlat Mudofaa Qo’mitasiga kim rahbarlik qilgan?
A) I.V. Stalin B) V.I. Lenin C) Usmon Yusupov D) M.I. Kalinin
39. O’zbekistonda kim o’zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilishga bosh-qosh bo’ldi?
A) Akmal Ikromov B) Fayzulla Xo’jayev C) Sharof Rashidov D) Usmon Yusupov
40. Quyidagilardan qay biri oddiy miltiq hisoblanadi?
A) minomyot B) snaryad C) vintovka D) kavaleriya
41. Quyidagilardan kim birinchi o’zbek qahramoni safatida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan?
A) Sobir Rahimov B) Zebo Ganiyeva C) Qo’chqor Turdiyev D) Mamasoli Jabborov
42. O’zbekistonga urush yillarida qancha odam evakuatsiya qilindi?
A) 1 mln B) 2 mln C) 800 ming D) 200 ming
43. 28 nafar fashistni yer tishlatgan, mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan shaxsni aniqlang?
A) Zebo G’aniyeva B) Qo’chqor Turdiyev C) Xalloq Aminov D) Omon Umarov
44. O’zbekistonlik jangchilar nechtasi “Moskva mudofaasi uchun” maxsus medali bilan taqdirlandi?
A) 1271 kishi B) 1758 kishi C) 1854 kishi D) 1753 kishi
45. II jahon urushi yillarida barpo etilgan suv omborlarini aniqlang?
A) Kattaqo’rg’on va Qoratepa B) Kosonsoy va Rudasoy
C) So’x-Shohimardon va Uchquduq D) Zirabuloq va Qizketgan
46. 1943-yil noyabrda o’zbek shoiri Sulton Jo’ra quyidagi qaysi davlatni ozod qilish uchun bo’lgan janglarda halok bo’ldi? A) Yaponiyani B) Belorussiyani C) Kavkazni D) Ukrainani
47. II jahon urushi qaysi davlatning so’zsiz taslim bo’lishi bilan nihoyasiga yetdi?
A) Yaponiya B) Germaniya C) Italiya D) SSSR
48. Turkiston legioniga qachon asos solindi?
A) 1943-yil bahorida B) 1942-yil yozida C) 1942-yil martda D) 1944-yil yanvarda
49. Fotima Qosimova . . .
A) Mudofaa fondiga o’z hisobidan 50 ming so’m topshirgan o’zbek raqqosasi
B) 10 ta bolani o’z quchog’iga olib, mehr ko’rsatgan kolxozchi ayol
C) 13 ta bolani o’z quchog’iga olib, mehr ko’rsatgan kattaqo’rg’onlik ayol
D) Tashselmash zavodida o’z normasini 400-500 foizga oshirib bajargan ishchi ayol
50. Quyidagi qaysi shahar urush yillarida fan, adabiyot va san’at namoyandalari uchun najot beshigi bo’lib xizmat qildi?
A) Shahrisabz B) Toshkent C) Samarqand D) Moskva
51. Oddiy askarga beriladigan boshlang’ich harbiy unvonni toping?
A) serjant B) yefreytor C) general D) otliq askar
52. II jahon urushida tub burilishni boshlab bergan jangni aniqlang?
A) Kavkaz B) Leningrad C) Moskva D) Stalingrad
53. Eng so’nggi tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, urush yillarida qancha o’zbekistonliklar fashizmga qarshi janglarda qatnashdilar?
A) 1.5 mln B) 1 mln C) 0.5 mln D) 2 mln
54. Urush yillarida SSSR qancha fuqarosini yo’qotdi?
A) 50 mln B) 25 mln C) 27 mln D) 32 mln
55. 1939-yilda respublika aholisi qanchani tashkil etgan?
A) 6.5 mln B) 4 mln C) 5.7 mln D) 6.2 mln
56. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston SSR Markaz uchun asosan qaysi xomashyo bazasi bo’lib xizmat qilgan?
A) neft-gaz B) g’alla C) sholi D) paxta
57. Qachondan Mirzacho’l shaharchasi Guliston shahriga aylantirildi?
A) 1957-yil B) 1963-yil C) 1967-yil D) 1961-yil
58. XX asrning 40-yillari oxiri – 50-yillari boshlaridagi qatag’onlar asosan . . . qarshi qaratilgan edi.
A) partiya xodimlariga va kadrlarga B) kolxoz va sovxoz dehqonlariga
C) madaniyat va fan arboblariga D) harbiylarga
59. Qachon mamlakatda oziq-ovqat va sanoat tovarlariga kartochka tizimi bekor qilindi?
A) 1947-yil dekabr B) 1946-yil fevral C) 1946-yil yanvar D) 1947-yil yanvar
60. TTZ qachon va qaysi zavod bazasida barpo etilgan?
A) 1971-yil, Tashselmash zavodi B) 1949-yil, Toshkent aviatsiya zavodi
C) 1960-yil, Tashxlopkomash zavodi D) 1969-yil, Tashavtomash zavodi
61. O’zbekiston havo yo’llarida yuksak tezliklar va parvozlar davrini ochib bergan TU-104 rusumli yo’lovchi tashuvchi samolyotlar qachondan paydo bo’lgan?
A) XX asrning 70-yillari B) II jahon urushi yillari
C) XX asr 60-yillari oxiri D) XX asr 50-yillari
62. Yo’ldosh Oxunboboyev vafotidan so’ng 1947-1950-yillarda O’z SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimida ishlagan shaxsni toping?
A) A. Niyozov B) N. Muhiddinov C) S. Kamolov D) U. Yusupov
63. Toshkentda ilk bor trolleybus qatnay boshlagan yilda qaysi voqea yuz berdi?
A) Chorjo’y – Qo’ng’irot temiryo’li qurildi B) Qo’ng’irot – Beynov temiryo’li qurildi
C) TU-104 rusumli samolyotlar paydo bo’ldi
D) avtomagistral yo’li bilan Qozog’iston – Qoraqalpog’iston to’g’ridan-to’g’ri bog’landi
64. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston sanoatini tiklash uchun Markaz qanday tamoyil asosida harakat qildi?
A) Markaz manffatidan kelib chiqqan holda reja tuzildi
B) O’zbekistonning geografik holati va tabiiy imkoniytalaridan kelib chiqib reja tuzildi
C) O’zbekistonda qo’shni mamlakatlar va ko’pmillatli aholi manfaatidan kelib chiqib reja qilindi
D) O’zbekiston rahbarlari fikrlari inobatga olingan holda reja tuzildi
65. O’zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishiga Markazning qanday sabab bo’lgan edi?
A) O’zbekistonning elektr energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilishi
B) ko’plab GES va GRES larning qurilishi
C) O’zbekistonga xomashyo yetkazib beruvchi chekka hudud deb qaralganligi
D) O’zbekistonga ishchi kuchi ko’p va arzon bo’lgan mamlakat sifatida qaralganligi
66. O’zbekiston metallurgiya zavodida prokat sexi qachondan ishga tushirildi?
A) 1943-yil B) 1952-yil C) 1949-yil D) 1946-yil
67. Urushdan keyingi yillarda ochilgan Polvontosh va Janubiy Olamushuk konlaridan qanday mahsulot olingan?
A) oltin B) temir C) gaz D) neft
68. Mirzacho’lni o’zlashtirish qachondan boshlandi?
A) 1948-yil B) 1956-yil C) 1953-yil D) 1958-yil
69. Guliston shahrining dastlabki nomini toping?
A) Mirzacho’l B) Zafarobod C) Oqoltin D) Sovetobod
70. Monokultura so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan javobni toping?
A) zavod va fabrikalarning faqat bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishi
B) bitta madaniyatdan boshqasini tan olmaslik
C) almashlab ekishga amal qilmasdan, bir xil ekinni muttasil ekish
D) yerga ishlov berishning yagona usulidan foydalanish
71. Stalin vafotidan keyin qatag’on qilingan o’zbekistonliklarning qanchasi oqlandi?
A) 35 ming B) 40 ming C) 55 ming D) 30 ming
72. Kimning rahbarligi davrida O’zbekistonda ziyolilarni qatag’on qilish siyosati avj oldirildi?
A) S. Kamolov B) N. Muhiddinov C) U. Yusupov D) A. Niyozov
73. O’zbekistonning qaysi rahbari paxta xarid narxini oshirishni Markaz oldiga qo’yib, buni uddalagan?
A) S. Kamolov B) N. Muhiddinov C) U. Yusupov D) A. Niyozov
74. O’zbekistonning qaysi rahbari mamlakat kadrlarini mahalliylashtirgani va islom diniga erkinlik berganligi uchun Markaz tomonidan vazifasidan ozod qilingan edi?
A) S. Kamolov B) I. Usmonxo’jayev C) Y. Nasriddinova D) N. Matchonov
75. Ittifoq korxonalari mamlakatning yerosti boyliklaridan olingan foydaning necha foizini mahalliy byudjetga o’tkazgan?
A) 1 % B) 5 % C) 4 % D) 8 %
76. Dunyo miqyosidagi eng yosh cho’lni aniqlang?
A) Qizilqum B) Orolqum C) Misr D) Qarshicho’l
77. Oltin va uran ma’danlari qazib olish sanoatining paydo bo’lishi qaysi hududdagi tumanlarning o’zlashtirilishi bilan bog’liq?
A) Mirzacho’l B) Buxoro C) Qizilqum D) Farg’ona
78. XX asrning 2-yarmida O’z SSR oltin yetkazib berish bo’yicha Ittifoq oltinining . . . bergan.
A) yarmiga yaqinini B) yarmidan ko’pini C) 1/4 qismini D) deyarli hammasini
79. Qaysi konning topilishi mamlakatimizda tabiiy gaz qazib chiqarishning tez sur’atlarda rivojlanishiga asos bo’lgan?
A) Navoiyda Muruntov koni B) Qashqadaryoda Muborak koni
C) Buxoroda Gazli koni D) Farg’onada Shahrixon koni
80. XX asrning 70-80-yillarida oltin zaxiralari bo’yicha yurtimiz dunyoda nechanchi o’rinda turgan?
A) 5 B) 4 C) 7 D) 3
81. O’z SSR rahbariyati butifosdan foydalanishni taqiqlagan yilni aniqlang?
A) 1978-yil B) 1981-yil C) 1985-yil D) 1971-yil
82. Respublikamizdagi qaysi hudud aholisi baliqchilik bilan nom chiqargan?
A) Sirdaryo B) Chimboy C) Mo’ynoq D) Xiva
83. Hozirda Orol dengizi necha qismga bo’lingan? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3

84. Defoliatsiya bu – . . .


A) g’o’zaning chanog’ini ochish B) g’o’zaning bargini to’kish
C) g’o’zani sug’orish D) g’o’zaning o’sishi uchun o’g’itlash
85. Orol dengizida suv sathi jadal sur’atda pasayib ketishining sababini aniqlang?
A) sayyoradagi iqlimning keskin isib ketishi oqibatida yerlarning quruqlanishi
B) sug’oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida Amudaryo va Sirdaryodagi suv miqdorining keskin kamayishi C) yog’ingarchilikning kamligi
D) Amudaryo va Sirdaryo havzasidagi suvlarning Kaspiy dengizi oqimiga burilib ketishi
86. G’o’zani defoliatsiya qilish uchun qo’llaniladigan kimyoviy modda – butifosda O’zbekistonda qancha vaqt foydalanilgan?
A) yarim asr B) 20 yil C) 30 yil D) 15 yil
87. 1959-yil 15-martda . . .
A) O’z KP MK ning 1-sekretari lavozimiga Sh. Rashidov tayinlandi
B) SSSR ning yangi Konstitusiyasini qabul qilishga kirishildi
C) O’z KP MK ning mafkuraviy masalalarga bag’ishlangan X plenumi o’tkazildi
D) “Paxta yetishtirishni ko’paytirmoq uchun O’zbekiston SSR va Qozog’iston SSR dagi Mirzacho’lning qo’riq yerlarini sug’orish to’g’risida” qaror chiqdi
88. “Sh. Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi prezidenti qarori chiqqan sanani toping?
A) 1997-yil 15-mart B) 2017-yil 30-iyun C) 2018-yil 17-mart D) 2017-yil 27-mart
89. Quyidagi shaxslar orasidan nafaqat O’zbekistonda yoki SSSR da, balki butun Sharqda parlament raisi bo’lgan ilk ayolni aniqlnag?
A) Sayyora Rashidova B) Benazir Bhutto C) Indira Gandi D) Yodgor Nasriddinova
90. Sh. Rashidov yashagan yillarni belgilang?
A) 1918-1989-yillar B) 1917-1985-yillar C) 1917-1983-yillar D) 1927-1973-yillar
91. O’tgan asrda mamlakatimiz hududida ko’pgina foydali qazilmalar topilgan bo’lib, ularning qaysilari Markaz manfaatlariga xizmat qilgan?
A) oltin, neft va kumush B) mis, boksit, ko’mir va qalay
C) oltin, uran va tabiiy gaz D) neft, ammiak va qatron
92. Sovet hokimiyati davrida O’zbekistonda gaz ishlab chiqarishni oshirishdan maqsad nima bo’lgan?
A) mahalliy aholining gazga bo’lgan ehtiyojini tamoman qondirish
B) gaz topilgan hududda ishchilar sinfini yanad shakllantirish
C) Yevropaning boshqa mamlakatlariga katta daromad evaziga eksport qilish
D) gazni RSFSR ning sanoat markazlariga ko’proq tashib ketish
93. XX asrning 70-80-yillarida har yili O’zbekistondagi yerosti konlaridan taxminan qancha miqdorda foydali qazilmalar olingan?
A) 4.3 mlrd dollar B) 8 mlrd dollar C) 5.5 mlrd dollar D) 7.5 mlrd dollar
94. O’z SSR ning qaysi viloyati Sovet Ittifoqining Yevropa qismiga va sotsialistik mamlakatlarga gaz yetkazib bergan?
A) Buxoro B) Navoiy C) Farg’ona D) Qashqadaryo
95. Orol dengiziga quyiladigan suv miqdorining yildan yilga kamayishi qachon boshlangan?
A) XX arning 40-50-yillarida B) XX asrning 60-yillarida
C) XX asrning 70-80-yillarida D) XX asrning 90-yillarida
96. Qishloq xo’jalaigida g’o’zani defoliatsiya qilish jarayoni asosan nimalar yordamida bajarilgan?
A) samolyotlar B) qo’sh ho’kizlar C) traktorlar D) qo’l mehnati bilan
97. Orolbo’yi mintaqasi ma’muriy jihatdan qaysi mamlakatlar hududi hisoblanadi?
A) O’zbekiston va Turkmaniston B) Qirg’iziston va Qozog’iston
C) O’zbekiston va Qozog’iston D) O’zbekiston va Qi’g’iziston
98. Toshkent metropolitenining 1-navbati kimning tashabbusi bilan amalga oshirilgan?
A) Sh. Rashidov B) I. Usmonxo’jayev C) N. Muhiddinov D) N. Matchonov
99. Navoiy shahriga qachon asos solingan?
A) 1956-yil B) 1958-yil C) 1962-yil D) 1968-yil

100. Sh. Rashidivning chorak asrlik rahbarligidan so’ng O’z KP 1-sekretari etib kim tayinlangan edi?


A) R. Nishonov B) I. Usmonxo’jayev C) N. Xudoyberdiyev D) I. Karimov
101. O’tgan asrning 80-yillarida xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida qaysi respublika tanlandi?
A) Tojikiston SSR B) Qozog’iston SSR C) O’zbekiston SSR D) Ozarbayjon SSR
102. Quyidagi qaysi voqea Farg’ona vodiysida millatlararo to’qnashuvni keltirib chiqardi?
A) 1989-yil may-iyunda Quvasoyda mesxeti turklari va mahalliy yoshlar o’rtasidagi bezoriliklar
B) 1990-yil iyunda O’sh shahridagi qirg’izlar va o’zbeklar o’rtasidagi etnik mojarolar
C) 1988-yilda Tog’li Qorabog’da armanlar va ozarbayjonlar o’rtasidagi harbiy harakatlar
D) 1988-yilda O’zganda qirg’izlar va o’zbeklar o’rtasidagi etnik mojarolar
103. Farg’ona fojiasi haqida “O’zbekiston yana bir Farg’onaga chidab tura olmaydi” so’zlari kim tomonidan aytilgan edi?
A) I. Karimov B) R. Nishonov C) M. Gorbachyov D) M. Mirqosimov
104. “O’z SSR davlat tili haqida” gi qonun qabul qilingan sanani toping?
A) 1989-yil 13-iyun B) 1989-yil 21-oktyabr C) 1990-yil 29-avgust D) 1990-yil 20-iyun
105. “O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida” gi Qonun necha moddadan iborat?
A) 17 B) 15 C) 24 D) 12
106. Mamlakatimizda birinchi jamoat tashkiloti – “Birlik” xalq harakatiga kim tomonidan asos solingan?
A) Salay Madaminov B) Mirahmad Mirqosimov
C) Abdurahim Po’latov D) Inomjon Mirxodiyev
107. Modern shoir Muhammad Solih (Salay Madaminov) rahbarligida qanday siyosiy partiya tuzildi?
A) “Birlik” B) “Vatan taraqqiyoti” C) “Erk” D) “Jumhuriyat”
108. Ittifoqdosh respublikalar o’rtasida birinchi bo’lib qaysi birida Prezidentlik boshqaruvi joriy qilingan?
A) O’zbekiston B) Latviya C) Turkmaniston D) Armaniston
109. “Birlik” va “Erk” tashkilotlari o’z siyosiy faoliyatini yakunlagan sanani toping?
A) 1991-yil B) 1992-yil C) 1996-yil D0 1994-yil
110. O’lkamizda Rossiya va SSSR mustamlakachiligi necha yil davom etdi?
A) 130 yil B) 100 yil C) 125 yil D) 150 yil
111. 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada davlat to’ntarishi o’tkazilishi natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Favqulodda Holat Davlat Komiteti (GKChP) ga kim boshchiligidagi oliy eshelon rahbarlari asos solishgan?
A) N. Primakov B) B. Yelsin C) G. Yanayev D) T. Starodubsev
112. Yurtimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yo’li bilan to’g’ridan-to’g’ri, umumiy va muqobil asosda prezident saylovi o’tkazilgan sanani toping?
A) 1990-yil 17-mart B) 1991-yil 20-iyun C) 1991-yil 29-dekabr D) 1992-yil 26-sentyabr
113. O’z SSR Konstitusiyasi qabul qilingan sanani toping?
A) 1992-yil B) 1974-yil C) 1978-yil D) 1990-yil
114. SSSR davlat xalqaro huquq subyekti sifatida barham topgan sanani aniqlang?
A) 1991-yil 25-dekabr B) 1991-yil 29-avgust C) 1991-yil 23-aprel D) 1991-yil 19-avgust
115. Qayta qurish siyosati qachon e’lon qilindi?
A) 1986-yil mart B) 1985-yil aprel C) 1985-yil iyun D) 1984-yil dekabr
116. I. Karimov qachon O’z KP MK ning 1-sekretari etib saylandi?
A) 1990-yil 24-mart B) 1989-yil 12-iyun C) 1989-yil 23-iyun D) 1990-yil 20-may

11-sinf O’zbekiston tarixi. Jami 114 ta test.


1. O’z SSR Mustaqillik Deklaratsiyasi qachon qabul qilindi?


A) 1990-yil 18-iyun B) 1990-yil 20-iyun C) 1990-yil 24-mart D) 1991-yil 21-sentyabr
2. 1991-yil 5-sentyabrga qadar Mustaqillik maydoni qanday nom bilan atalardi?
A) Stalin maydoni B) Qizil maydon C) Lenin maydoni D) KPSS maydoni
3. “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qachon qabul qilindi?
A) 1991-yil 26-avgust B) 1990-yil 20-iyun C) 1991-yil 31-avgust D) 1991-yil 28-avgust
4. Quyidagi qaysi hujjatda 1-sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb, 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb belgilanishi qayd etildi?
A) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida B) “Mustaqillik Deklaratsiyasi” da
C) “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida” gi Qonunda
D) “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqulligini e’lon qilish to’g’risida” gi Oliy Kengash qarorida
5. “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” gi Qonun nechta moddadan iborat?
A) 12 B) 17 C) 15 D) 20
6. “Vakil qilingan”, “yuborilgan” ma’nolarini anglatadigan davlat mansabi nomini toping?
A) Prezident B) Vazir C) Deputat D) Hokim
7. Davlat madhiyasi musiqasi muallifi M. Burhonov nechanchi yillarda yashagan?
A) 1912-2000-yillar B) 1915 -2002-yillar C) 1916-2002-yillar D) 1919-2001-yillar
8. Davlat madhiyasi matni muallifi A. Oripov nechanchi yillarda yashagan?
A) 1942-2018-yillar B) 1941-2016-yillar C) 1940-2017-yillar D) 1941-2018-yillar
9. Hozirda dunyoning nechta davlatida Prezidentlik lavozimi joriy etilgan?
A) 192 ta B) 173 ta C) 143 ta D) 150 ti
10. Mamlakatimizda ikki palatali parlament qachondan faoliyat boshladi?
A) 2000-yildan B) 2005-yildan C) 2004-yildan D) 2009-yildan
11. Quyidagi qaysi shaxs Vitse - prezident lavozimida ishlagan?
A) O’. Sultonov B) A. Mutalov C) Sh. Mirsaidov D) E. Vohidov
12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to’g’risida” gi farmoni qachon qabul qilingan?
A) 1992-yil 4-yanvarda B) 1991-yil 5-sentyabrda
C) 1992-yil 10-dekabrda D) 1991-yil 6-sentyabrda
13. O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi qachon ta’sis etildi?
A) 1990-yil 20-may B) 1990-yil 1-noyabr C) 1990-yil 24-mart D) 1991-yil 18-noyabr
14. “Erk” demokratik partiyasi qachon saylovlarda qatnashdi?
A) 1991-yil 18-noyabr B) 1990-yil 24-mart C) 1991-yil 29-dekabr D) 1989-yil 20-iyun
15. Nechanchi yilgi qarorga ko’ra, Prezidentning vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi ko’rib chiqiladi?
A) 1995-yil 26-mart B) 2000-yil 9-yanvar C) 1994-yil 22-yanvar D) 1997-yil 23-dekabr
16. I. Karimov Prezidentlikka ilk bor qaysi partiyadan o’z nomzodini qo’ygan edi?
A) Xalq Demokratik partiyasi B) Milliy tiklanish partiyasi
C) Vatan taraqqiyoti partiyasi D) Adolat sotsial demokratik partiyasi
17. O’zbekistonda muqobillik asosida ilk bor Prezidentlik saylovi qachon o’tkazilgan?
A) 2000-yil 9-yanvar B) 1990-yil 24-mart C) 1991-yil 29-dekabr D) 1990-yil 20-iyun
18. Bugungi kunda BMT ga nechta davlat a’zo?
A) 200 dan ortiq B) 190 dan ortiq C) 180 ga yaqin D) 170 dan ortiq
19. O’zbekiston Parlamentining dastlabki bosqichida deputatlar soni qancha edi?
A) 150 ta B) 250 ta C) 135 ta D) 500 ta
20. O’zbekiston Respublikasida Sud ishlari qaysi tilda olib boriladi?
A) o’zbek, tojik, rus B) o’zbek, qoraqalpoq, qozoq C) o’zbek, qoraqalpoq
D) o’zbek, qoraqalpoq yoki muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda
21. Mamlakatimizda qachondan o’lim jazosi bekor qilindi?
A) 2010-yil 12-dekabr B) 2007-yil 5-avgust C) 2008-yil 1-yanvar D) 2002-yil 2-mart
22. Qachon 14-yanvar – O’zbekiston Respublikasining “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi?
A) 1992-yilda B) 1995-yilda C) 1994-yilda D) 1993-yilda
23. 2018-yil holatida O’zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi qanchaga yetkazilgan?
A) 3 soatga B) 5 soatga C) 3 kunga D) 1 kunga
24. O’zbekistonda Bosh vazir lavozimi qachon joriy etilgan?
A) 1990-yil 15-noyabrda B) 1990-yil 24-martda
C) 1992-yil 10-dekabrda D) 1992-yil 4-yanvarda
26. O’zbekiston Respublikasining 1-Bosh vaziri qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) O’. Sultonov B) A. Mutalov C) Sh. Mirsamadov D) Sh. Mirsaidov
27. Abdulla Aripov Bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan sanani toping?
A) 2014-yil 4-oktyabr B) 2015-yil 8-sentyabr C) 2015-yil 28-dekabr D) 2016-yil 14-dekabr
28. Qachondan boshlab fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o’tkazildi?
A) 2017-yil B) 2006-yil C) 2008-yil D) 2010-yil
29. O’zbekistonda saylovlarda ishtirok etish yoshi necha yoshdan boshlanadi?
A) 16 B) 18 C) 21 D) 25
30. 2017-yil O’zbekiston Prezidenti tomonidan qanday nomlandi?
A) Yoshlarni qo’llab quvvatlash B) Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
C) Kichik biznes va tadbirkorlik D) Keksalarni e’zozlash yili
31. Qaysi sanada Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi?
A) 2016-yil 7-fevral B) 2016-yil 8-fevral C) 2017-yil 6-dekabr D) 2017-yil 7-fevral
32. Mahalliy hokimiyatning vakillik organlariga necha yoshga kirgan fuqarolar saylanadi?
A) 25 B) 30 C) 35 D) 21
33. O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi qachondan mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan?
A) 1998-yil B) 2006-yil C) 2001-yil D) 1999-yil
34. Markaziy saylov komissiyasi qachondan doimiy faoliyat yurituvchi organ sifatida faoliyat boshlagan?
A) 2017-yildan B) 2004-yildan C) 2001-yildan D) 2014-yildan
35. Oliy Majlis deputatligiga saylanishi mumkin bo’lgan nomzodlar necha yoshdan oshgan bo’lishi lozim?
A) 35 yosh B) 25 yosh C) 20 yosh D) 21 yosh
36. Mustaqillik yillarida tashkil etilgan ilk siyosiy partiyani toping?
A) Adolat sotsial demokratik partiyasi B) Milliy tiklanish demokratik partiyasi
C) Vatan taraqqiyoti partiyasi D) Xalq demokratik partiyasi
37. O’zbekistonda Shevrolet Spark rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarish qachondan yo’lga qo’yildi?
A) 2011-yildan B) 2010-yildan C) 2009-yildan D) 2012-yildan
38. 1998-yildan boshlab paxtachilikda qaysi davlat texnoligiyalari asosida tomchilatib sug’orish usuli yo’lga qo’yildi? A) Isroil B) Xitoy C) Germaniya D) Turkiya
39. O’zbekistonda qaysi viloyat paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi? A) Jizzax B) Buxoro C) Andijon D) Qashqadaryo
40. O’zbekiston dengizga to’g’ridan-to’g’ri chiqish imkoni cheklangan nechta davlatdan biri hisoblanadi?
A) 26 davlatdan biri B) 45 davlatdan biri C) 34 davlatdan biri D) 50 davlatdan biri
41. Nechanchi yildan boshlab 1-sinf o’quvchilariga bepul o’quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi?
A) 1996-yildan B) 1995-yildan C) 1998-yildan D) 1997-yildan
42. Toshkent xalqaro aeroportiga kimning nomi berilgan?
A) Amir Temur B) Islom Karimov C) Mirzo Ulug’bek D) al-Xorazmiy
43. Asakada “O’zDAEWOO avto” qo’shma korxonasi qachon ochildi?
A) 1993-yil fevralda B) 1996-yil mayda C) 1997-yil fevralda D) 1996-yil iyulda
44. O’zbekistonda “Sam Avto” qo’shma korxonasi qachon tashkil etilgan?
A) 2000-yilda B) 2001-yilda C) 1997-yilda D) 1999-yilda
45. Qaysi davlat bilan hamkorlikda O’zbekistonda “Pejo” va “Sitroen” brendlari ostida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi?
A) Belgiya B) Yaponiya C) Koreya D) Fransiya
46. O’zbekistonda “MAN Avto Uzbekistan” qo’shma korxonasi qachon tashkil etildi?
A) 2006-yilda B) 2009-yilda C) 2007-yilda D) 2003-yilda
47. Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi nima deb yuritiladi?
A) konvertatsiya B) logistika C) kommunikatsiya D) infratuzilma
48. Milliy valyutaning amaldagi kurs bo’yicha xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi nima deb yuritiladi?
A) konvertatsiya B) inflatsiya C) devolvatsiya D) infratuzilma
49. Nechanchi yil “Sihat-salomatlik yili” deb e’lon qilindi?
A) 2001-yil C) 2000-yil D) 2015-yil D) 2005-yil
50. Nechanchi yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi?
A) 2012-yil B) 2015-yil C) 2001-yil D) 2008-yil
51. Nechanchi yil “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilindi?
A) 2009-yil B) 2004-yil C) 2007-yil D) 2006-yil
52. 2016-yil qanday nomlandi?
A) “Keksalarni e’zozlash yili” B) “Sog’lom ona va sog’lom bola yili”
C) “Qariyalarni qadrlash yili” D) “Sihat - salomatlik yili”
53. O’zbekistonda nechta milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda?
A) 131 ta B) 136 ta C) 144 ta D) 138 ta
54. O’zbekistonda ta’lim nechta tilda olib boriladi?
A) 12 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 5 ta
55. O’zbekiston aholisining necha foizini o’zbeklar tashkil etadi? A) 88 B) 80 C) 86 D) 92
56. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi qachon tashkil etilgan?
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1989-yil D) 1994-yil
57. Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatga mansub yetim bolalarni asrab olgan mashhur Shomahmudovlar oilasi haykali bugungi kunda qayerda o’rnatilgan?
A) “Do’stlik” bog’ida B) “Olmazor” metro bekati yonida C) “Xalqlar do’stligi” maydonida
D) Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi yonida
58. Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan sanani toping?
A) 2017-yil B) 1997-yil C) 2007-yil D) 2001-yil
59. Toshkent Islom universiteti tashkil qilingan sanani toping?
A) 1998-yil B) 1999-yil C) 2002-yil D) 2016-yil
60. O’zbekistonda nechta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda?
A) 14 ta B) 22 ta C) 16 ta D) 13 ta
61. Quyidagi qaysi tashkilot Toshkentni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilgan edi?
A) AYSESKO B) YUNESKO C) Xalqaro Islom tashkiloti D) BMT
62. O’zbekistonda 1-oktyabr qachondan boshlab “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” sifatida nishonlanmoqda?
A) 1996-yildan B) 1997-yildan C) 2001-yildan D) 1992-yildan
63. Toshkent davlat yuridik institutiga qachon universitet maqomi berildi?
A) 2013-yilda B) 1996-yilda C) 2001-yilda D) 2003-yilda
64. Toshkent davlat stomatoligiya instituti ochilgan yilni toping?
A) 2013-yil B) 2017-yil C) 2000-yil D) 2014-yil
65. Davlat test markazi tashkil etilgan sanani toping?
A) 1992-yil B) 1994-yil C) 1996-yil D) 1993-yil
66. O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to’lovi asosida o’qish qachon joriy etildi? A) 1997-yil B) 1995-yil C) 1996-yil D) 1994-yil
67. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti qaysi davlat bilan hamkorlikda tashkil etilgan?
A) AQSh B) Buyuk Britaniya C) Italiya D) Singapur
68. 2016-yil qanday nomlandi?
A) “Keksalarni e’zozlash yili” B) “Sog’lom on ava sog’lom bola yili”
C) “Qariyalarni qadrlash yili” D) “Sihat - salomatlik yili”
69. Nechanchi yil “Sihat-salomatlik yili” deb e’lon qilindi?
A) 2001-yil C) 2000-yil D) 2015-yil D) 2005-yil
70. Mamlakatimizda qachondan uch bosqichli sport musobaqalari o’tkazib kelinmoqda?
A) 2002-yildan B) 1999-yildan C) 2000-yildan D) 1998-yildan
71. O’zbek kurashi bo’yicha ilk xalqaro musobaqalar qaysi shaharlarda o’tkazilgan?
A) Toshkent, Termiz B) Qarshi, Buxoro C) Termiz, Shahrisabz D) Samarqand, Buxoro
72. Toshkentda Olimpiya shoh-shuhrati muzeyi ochilgan sanani aniqlang?
A) 1992-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 2001-yil
73. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari o’rtasida o’tkaziladigan sport musobaqalari qanday nomlanadi?
A) “Barkamol avlod” B) “Umid nihollari” C) “Universiada” D) “Yosh kuch”
74. 2000-yil qanday nomlangan?
A) “Sog’lom avlod yili” B) “Onalar va bolalar yili”
C) “Yoshlar yili” D) “Barkamol avlod yili”
75. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining yosh chegarasini aniqlang?
A) 14-22 B) 16-25 C) 16-30 D) 14-25
76. Dunyo aholisining qanchasini yoshlar tashkil etadi?
A) 1 mlrd B) 1.5 mlrd C) 1.7 mlrd D) 2 mlrd
77. “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” qachon tashkil etilgan?
A) 2016-yil 30-iyun B) 2018-yil 19-may C) 2017-yil 30-iyun D) 2017-yil 29-may
78. Quyidagi davlat mukofotlaridan qaysi biri 2017-yilda ta’sis etilgan?
A) “Temurbek farzandi” B) “Jasorat”
C) “Mard o’g’lon” D) “eng yaxshi ma’naviyat targ’ibotchisi”
79. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilgan sanani toping?
A) 1999-yil B) 2000-yil C) 1998-yil D) 2002-yil
80. O’zbekistonda aholining necha foizini 30 yoshgacha bo’lgan shaxlar tashkil qiladi?
A) 50 B) 70 C) 40 D) 60
81. O’zbekistonda “Yoshlar kuni” ni aniqlang?
A) 18-may B) 16-noyabr C) 25-may D) 30-iyun
82. I. Karimov haykali o’rnatilgan shaharlarni aniqlang?
A) Toshkent, Qarshi, Samarqand B) Samarqand, Toshkent, Urganch
C) Qarshi, Toshkent, Jizzzax D) Samarqand, Toshkent, Farg’ona
83. Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga yodgorlik majmuasi qaysi shaharda barpo etilgan?
A) Toshkent B) Guliston C) Samarqand D) Jizzax
84. O’zbekistonda rasman mavjud bo’lgan xotira kunlarini aniqlang?
A) 9-may, 31-avgust, 2-sentyabr B) 9-may, 3-sentyabr, 29-dekabr
C) 9-may, 24-mart, 2-iyul D) 9-may, 2-sentyabr, 31-oktyabr
85. Marg’ilon shahrining 2000 yillik yubileyi qachon nishonlandi?
A) 2006-yilda B) 2007-yilda C) 2002-yilda D) 2004-yilda
86. O’zbek palovi YUNESKO ning nomoddiy madaniy meros ro’yxatiga kiritilgan sanani toping?
A) 2016-yil B) 2009-yil C) 2008-yil D) 2017-yil
87. Xalqaro maqom san’ati festivali qaysi shaharda o’tkaziladi?
A) Samarqand B) Xiva C) Buxoro D) Shahrisabz
88. Ilk xalqaro maqom san’ati qachon o’tkazildi?
A) 2016-yil B) 2018-yil C) 2017-yil D) 2015-yil
89. O’zbekiston hozirgacha nechta davlat bilan diplomatik aloqa o’rnatgan?
A) 150 ta B) 120 ta C) 143 ta D) 133 ta
90. 2017-yil holatiga ko’ra, Toshkentda nechta xorijiy mamlakatning elchixonasi mavjud?
A) 34 ta B) 51 ta C) 45 ta D) 33 ta
91. O’zbekistonni ochiq dengizga olib chiqadigan eng qisqa temiryo’l necha kilometrni tashkil qiladi?
A) 5 ming km ga yaqin B) 3 ming km ga yaqin
C) 2 ming km dan ortiq D) 6 ming km ga yaqin
92. O’zbekistonning qaysi davlat bilan chegarasi uzunligi 2440 km ni tashkil etadi?
A) Tojikiston B) Qirg’iziston C) Qozog’iston D) Turkmaniston
93. Sh. Mirziyoyev tashabbusiga ko’ra, qaysi davlat bilan 7 yilga yopib qo’yilgan chegara postlar yana ochildi?
A) Tojikiston B) Qirg’iziston C) Qozog’iston D) Turkmaniston
94. 2017-yilning aprelida necha yillik tanaffusdan so’ng Dushanbe va Toshkent o’rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi?
A) 25 yillik B) 20 yillik C) 22 yillik D) 18 yillik
95. I. Karimov prezidentligi yillarida O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida necha marta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi?
A) 13 marta B) 11 marta C) 9 marta D) 5 marta
96. Davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflarsh va xaritalashtirish asosida belgilashning rasmiy atamasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) demarkatsiya B) delimitatsiya C) deslokatsiya D) desentralizatsiya
97. O’zbekiston va Rossiya o’rtasida Strategik sheriklik to’g’risidagi shartnoma imzolangan sanani toping?
A) 2005-yilda B) 2004-yilda C) 2003-yilda D) 2006-yilda
98. Xitoy O’zbekiston mustaqilligini tan olgan sanani aniqlang?
A) 1991-yil 27-dekabr B) 1992-yil 27-yanvar C) 1991-yil 29-oktyabr D) 1991-yil 20-dekabr
99. Xitoy bilan O’zbekiston o’rtasida qachon Strategik sheriklik o’rnatish to’g’risidagi Qo’shma Deklaratsiya imzolandi? A) 2005-yilda B) 2010-yilda C) 2011-yilda D) 2012-yilda
100. Toshkentda birinchi bo’lib qaysi davlat elchixonasi ochilgan?
A) Rossiya B) AQSh C) Ruminiya D) Xitoy
101. Islom Karimov qaysi davlat tomonidan “Xalqaro miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlangan?
A) AQSh B) Xitoy C) Rossiya D) Koreya
102. AQSh ning O’zbekistondagi elchixonasi qachon ochilgan?
A) 1992-yil martda B) 1996-yil iyunda C) 1994-yil mayda D) 1992-yil fevralda
103. Nyu-York shahridagi BMT binosida Registon maydonining maketi nechanchi yilda o’rnatilgan?
A) 2012-yilda B) 2018-yilda C) 2017-yilda D) 2015-yilda
104. Yaponiyaning Tokio shahrida qaysi o’zbek mutafakkiri haykali o’rnatilgan?
A) Ahmad Farg’oniy B) Ibn Sino C) Alisher Navoiy D) Muso Xorazmiy
105. 2016-yilga qadar Islom Karimov Hindistonga necha marotaba tashrif buyurgan?
A) 5 B) 7 C) 2 D) 4
106. O’zbekistonning Yaponiya bilan diplomatik aloqalari qachon o’rnatilgan?
A) 1992-yil martda B) 1991-yil avgustda C) 1992-yil yanvarda D) 1991-yil dekabrda
107. I. Karimov Hindistonga ilk bor qachon rasmiy tashrif bilan borgan edi?
A) 1992-yil martda B) 1991-yil avgustda C) 1992-yil yanvarda D) 1991-yil dekabrda
108. Yaponiya universitetlaridan birida buyuk o’zbek mutafakkiri haykali o’rnatilgan yini belgilang?
A) 2004-yil B) 2011-yil C) 2008-yil D) 2001-yil
109. 2017-yilgi ma’lumotga ko’ra, O’zbekistonda qaysi davlat investitsiyasi ishtirokida 400 dan ortiq korxona faoliyat olib bormoqda?
A) Xitoy B) Yaponiya C) HIndiston D) Koreya
110. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob qaysi xorijiy malakatda chop etilgan?
A) Xitoyda B) Turkmanistonda C) Koreyada D) Qozog’istonda
111. Quyidagi universitetlarning qaysi birida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali o’rnatilgan?
A) Soka universiteti B) Dehli universiteti C) Pusan universiteti D) Tokio universiteti
112. Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasida ilk bor ma’ruza qilgan sanani aniqlang?
A) 1992-yil 2-martda B) 1993-yil 28-sentyabrda
C) 1995-yil 23-sentyabrda D) 1993-yil 5-martda
113. Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochilgan sanani toping?
A) 1994-yil martda B) 1003-yil sentyabrda C) 1993-yil oktyabrda D) 1992-yil dekabrda
114. O’zbekiston BMT ga a’zo bo’lgan sanani belgilang?
A) 1992-yil 2-martda B) 1993-yil 3-fevralda C) 1992-yil 24-martda D) 1993-yil 9-fevralda
Download 166.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling