10-sinflar uchun


Download 26.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.5 Kb.
#221905
Bog'liq
10-sinf


10-sinflar uchun (Ona tili va adabiyot)

1.Til bor-millat bor. Til yo’q-millat yo’q. Istiqlol unut bo’lgan davlatchiligimizni tikladi, yo’q bo’lishga mahkum qilingan tilimizni, millatimizni asradi va aziz qildi. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A. A.Oripov B. E.Vohidov C. I.Karimov D.E.Begmatov

2.Badiiy-poetik uslubga mansub so’zni toping.

A.Odam B.Inson C.Bashar D.Javoblarda bunday so’z berilmagan

3.Hunarni asrabon netkumdur…, Olibon tuproqqamu ketkumdur….Nuqtalar o’rniga mos paronim so’zlarni qo’ying.

A.Oxur,oxir B.Axir,oxur C.Oxir,axir D.Oxur,axir

4.Bugungi kunda qayta faollashgan so’z berilgan qatorni toping.

A.Vazir B.Rayon C.Podshoh D.Oblast

5.Rabot so’zining ma’nosi keltirilgan javobni belgilang.

A.Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy

B.Xon tomonidan amaldorlar va sarkardalarga in’om qilingan yer-suv

C.Mog’ul va turkiy xalqlardagi qadimiy kengash va majlislar nomi

D.Savdo yo’llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy

6.Tushum kelishigi belgili qo’llanganda qanday ma’no ifodalanadi?

A.Obektning bir qismiga e’tibor qaratilganligi B.Obektni ta’kidlash ma’nosi

C.Obektga tegishlilik D.Barcha javoblar to’g’ri

7.Subektiv baho shakllari berilga javobni toping.

A.-xon,-jon,-choq,-gina,-cha B.-ni,-ning,-ga,-da,-dan

C.-m,-im,-miz,-imiz D.-gan,-digan,-yotgan,-r,-ar

8.Xo’sh,bu vazifani qanday bajardik? Ushbu gap qaysi uslub va qaysi zamonda?

A.So’zlashuv uslubi,o’tgan zamon B.Ilmiy uslub, o’tgan zamon

C.Badiiy uslub, kelasi zamon D.So’zlashuv uslubi,kelasi zamon

9.Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash uchun –san va –siz shaxs-son qo’shimchalariga yana qaysi qo’shimchalar qo’shiladi?

A.-lar B.-roq C.-ku D.-dir

10.Odina qiyshanglab kular, Qo’chqorning yuziga beozor shapatilardi. Ushbu gapdagi emotsional-ekspressiv bo’yoqdor so’zni toping.

A.qiyshanglab B.yuziga C.beozor D.shapatilardi

11.Dostonlar mavzu jihatidan necha turga bo’linadi?

A.2 B.3 C.4 D.5

12.O’rxun-enasoy bitiklari qaysi asr voqealarini aks ettiradi?

A.V-XI asr B.VI-VIII asr C.V-X asr D.VI-X asr

13. Uzun sochingdan uzmasmen ko’ngulni

Ayog’ing qanda bo’lsa boshim anda.

Ushbu misralarda qo’llangan san’atlarni toping.

A.talmeh,tazod B.ishtiqoq,tazod C.tazod, tar’se D.Ishtiqoq,tanosub

14.A.Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Pifagor qaysi nom bilan keltirilgan?

A.Fishog’urs B.Jomosb C.Buqrot D.Jolinus

15.Z.M.Boburning aruz va qofiya ilmiga bag’ishlangan risolasi qaysi?

A.”Muxtasar” B.”Boburnoma” C.”Mufassal” D.”Sab’at abhur”

Surxondaryo viloyati Uzun tumani 6-o’rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi



Alijonova Xusnida
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling