10 ta savolga "ha" yoki "yo’q" deb necha xil usulda javob bersa bo’ladi ?


Download 13.99 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi13.99 Kb.
#1482052
Bog'liq
Kombinatorika Ko\'paytirish


1-masala
A shahardan B shaharga 7 ta yo’l orqali boorish mumkin. A dan B ga borib yana A ga qaytishni necha xil usulda amalga oshirish mumkin ?
2-masala
A shahardan B shaharga 7 ta yo’l orqali boorish mumkin. A dan B ga borib yana A ga boshqa yo’l orqali qaytishni necha xil usulda amalga oshirsa bo’ladi ?
3-masala
Azizning 4 xil rangli ko’ylagi, 3 xil rangli shimi va 2 xil rangli oyoq kiyimni bor. Aziz ko’ylak shim va oyoq kiyimni necha xil usulda kiyish mumkin ?
4-masala
Restoran menyusida 20 turdagi ovqat va 5 turdagi ichimlik mavjud. Mijoz 1 ta ovqat va 1 ta ichimlikni necha xil usulda buyurtma berish mumkin ?
5-masala
Sinfda 15 ta o’g’il bola va 12ta qiz bola o’qiydi. 1 ta o’g’il bola va 1ta qiz Bolani necha xil usulda tanlab olish mumkin?
6-masala
10 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb necha xil usulda javob bersa bo’ladi ?
7-masala
1,2,3,4 raqamlaridan foydalanib ularni takrorlamasdan nechta 3 xonali son tuzish mumkin ?
8-masala
Barcha raqamlari toq bo’lgan turli raqamli 3 xonali sonlar nechta ?
9-masala
Barcha raqamlari 3 ga karrali to’rt xonlai sonlar nechta (raqamlar takrorlanishi mumkin)?
10-masala
1,3,5,6,7 raqamlaridan foydalanib nechta 4 xonali son tuzish mumkin (raqamlari takrorlanishi mumkin) ?
11-masala
0,2,3,5 raqamlari orqali nechta turli raqamli 3 xonali son tuzish mumkin ?
12-masala
Kitob javonida 8ta matematika, 5ta tarix va 6ta fizika fanlariga doir kitoblar bor. Javondan 2 turdagi kitobni necha xil usulda tanlash mumkin ?
13-masala
4,5,6,7,8 raqamlaridan foydalanib ularni takrorlamasdan nechta to’rt xonali son tuzish mumkin ?
14-masala.
0,1,6,9 raqamlari orqali nechta turli raqamli 3 xonali sonlar tuzish mumkin ?
15-masala.
Nechta 3 xonali sonda faqatgina bitta 6 raqami bor ?
16-masala.
Nechta 3 xonali sonda 5 raqami aynan 2 marta uchraydi ?
17-masala.
5 ga karrali va turli raqamli 3 xonali sonlar nechta ?
18-masala. Barcha raqamlari juft bo’lgan 3 xonali sonlar nechta ?
19-masala.Yozuvida hech bo’lmasa 1ta juft raqami bo’lgan 4 xonali sonlar nechta ?
20-masala. Yozuvida aynan 1ta juft raqam bo’lgan 2 xonali sonlar nechta ?
Download 13.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling