C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o’lchamli massiv ko’rinishda amalga oshirishga misol:
Navbat uchun 10 ta joy ajratilgan bo’lsin, navbatni butun sonlardan iborat massiv shaklida ifodalaymiz. Bunda navbat dastlab bo’shligi sababli, navbat oxiri ko’rsatkichi R=0 bo’ladi. Navbatga yangi element qo’shish va navbatdan elementni chiqarib olish algoritmi, navbat bo’shligini va to’laligini tekshirish algoritmlari quyidagi dasturda keltirilgan.
Masala. Butun sonlardan iborat navbatning juft elementlarini o’chirish dasturini keltiramiz.
Algoritm
1. Agar navbat to’lmagan bo’lsa unga element kiritamiz, kiritib bo’lgach keyingi 2-qadamga o’tish, aks holda navbat to’lganligini xabar berib, keyingi 2-qadamga o’tish.
Agar navbat bo’sh bo’lmasa 3-qadamga o’tamiz, aks holda 4-qadamga o’tamiz.
2. Navbatning chiqishiga kelib turgan elementni olib, juftlikka tekshiramiz.
Agar element toq bo’lsa, uni navbatga kiritamiz. 2-qadamga o’tish.
3. Navbat bo’sh bo’lsa, bu haqda xabar berib keyingi 5-qadamga o’tamiz.
4. Navbat tarkibini ekranga chiqaramiz.