10-topshirq bo'yicha savollarga javoblar


Download 32.5 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi32.5 Kb.
#115990
Bog'liq
10. Farmtex (2)


10-topshirq bo'yicha savollarga javoblar.

1. Taxtakachlash bosimini belgilash. Buning uchun quyi puansonni qolipga asos qilgan xolda

0,3-0,5 g massa solinadi. Keyin yuqori puanson kiygizilib, taxtakachlash asbobining plunjeriga

joylashtiriladi. So‘ng ushlagich yordamida asta-sekin ma’lum bosim xosil qilinadi. Masalan, natriy

bromidning og‘irligi 0,5 g, diametri 9 mm bo‘lgan tabletkasini tayyorlash uchun 160 mPa (1600

kg/sm2

) bosim etarli bo‘ladi. U quyidagicha xisoblanadi:



bu erda: Rman - manometr ko‘rsatkichi, atm.;

26,4 - gidrotaxtakachlash plunjerining yuzasi, sm

2

;

S tabl. - tabletka yuzasi, sm



2

.

Tenglamaga qiymatlarini qo‘ysak:



Demak, og‘irligi 0,5 g, diametri 9 mm bo‘lgan natriy bromid tabletkasi OST 64-7-170-75

talabiga javob berishi uchun 40 atmosfera bosim ko‘rsatkichida taxtakachlash lozim, bu esa 160

mPa (1600 g/sm 52 0) ga to‘g‘ri keladi.

Qolip teshikchasidagi tabletkani itarib chiqarish uchun sarflanadigan kuchni aniqlash. Bu

maqsadda quyidagi tenglamadan foydalaniladi:

bu erda: Syon. - tabletkaning yon satxi, ya’ni rh;

Syon. = 2 hr

r - tabletka radiusi, sm;

h - tabletka balandligi, sm;

2. Tabletka tayyorlanadigan mashinaning taxtakachlash jarayonida bevosita ishtirok etadigan

qismlari oliy navli po‘latdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. CHunki bu jarayon murakkab sharoitda

o‘tadi: kuchli ishqalanish natijasida qoliplar isib ketib kengaishi, emirilishi, zanglashi, sinishi

mumkin. Kerakli xususiyatga ega bo‘lgan material olish uchun po‘latning tarkibiga xar xil

elementlar kiritiladi. Qaysi element kiritilagligiga qarab po‘lat yoriliqlanadi: u 8, 9 XS, 12 XN 2,

XVG, VK 16, X6VF, TBK va x.k. Bunda elementlar oldidagi son uglerodning o‘rtacha miqdorini

belgilaydi, agar ikki xonali son bo‘lsa uglerodning yuzdan bir ulishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunday

po‘lat navi konstruksion po‘lat deb yuritiladi. Bir xonali son bo‘lsa, uglerodning undan bir ulishini

ko‘rsatib, bu navni instrumental po‘lat deyiladi. Element orqasiga qo‘yilgan son uning foiz

miqdorini bildiradi. Agar uglerod miqdori bir foizgacha bo‘lsa, yorliqda ko‘rsatilmaydi. Agar

emlementning o‘zi ko‘rsatilib, son ko‘rsatilmasa shu elementlardan bir foizdan saqlashini bildiradi.

Misol: 9XS navli po‘lat tarkibida 0,9% uglerod, 1% xrom, 1% kremniy saqlab, instrumental

po‘lat deyiladi. XVG - bu ligirlangan po‘lat bo‘lib, tarkibida xrom, volfram va marganetsdan 1%

saqlaydi. 12XN 2 - bu konstruksion po‘lat bo‘lib 0,12% uglerod, 2% nikel va 1% xrom saqladi.

VK - qattiq qotishmali po‘lat bo‘lib, volfram va kobaltdan 1% saqlaydi. TVK- qattiq qotishmali

po‘lat bo‘lib, tarkibida 1% titan, volfram va kobalt saqlaydi



3. Qolip hajmini belgilash. Kerakli miqdorda tortib olingan massa qolip teshigiga solinadi. Bunda puanson qolip tubini tashkil qilib, u eng pastki nuqtada joylashgan bo’ladi. So’ng massa

qolipning yuzasi bilan teng bo’lguncha quyi puanson ko’tariladi va shu nuqtada mahkamlab

qo’yiladi.

4. Dori moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olish katta amaliy va nazariy ahamiyatga

ega. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olishda texnologik bosqichlar bir muncha qisqaradi,

substansiya namlik va harorat ta’siriga uchramaydi, iloji boricha yordamchi moddalar qo‘shilmaydi

yoki oz miqdorda qo‘shiladi. Bu esa energiya tejamkorligiga, texnologik jarayonni soddalashuviga

olib keladi. Bu tadbirlar katta iqtisodiy samara beradi va mahsulotni tannarxini arzonlashuviga

ko‘maklashadi. Eng muhimi adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri

presslab olingan tabletkalarni biosamaradorligi nam donadorlash orqali olinganga qaraganda

biologik ta’siri yuqoriligini ko‘rsatdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olish uchun dori modda

ijobiy texnologik xossalarni namoyon etishi, dozasi 0,05 g dan kam bo‘lmasligi va suvda yaxshi

erishi kerak.To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslash osongina hal bo‘lar edi, agar presslanadigan modda ijobiy

sochiluvchanlik va zarrachalarni o‘zaro birikishi yaxshi bo‘lsa. Ana shunday maqsadga muvofiq

zarrachali moddalar sintez qilingan (atsetilsalitsil kislota, salitsilamid va boshqalar). Lekin bunday

sintez murakkab va qimmatga tushadi. Maqsadga muvofiq perekristallizatsiya qilish ham shu

yo‘nalishni bir usuli. Umuman olganda maqsadga muvofiq sintez kelajagi porloq usullardan

hisoblanadi .

5. Bunday xossalarni natriy xlorid, geksametilentetramin, kaliy bromid, kaliy yodidlar namoyon

etadi, shuning uchun ularni yordamchi moddalar qo‘shmasdan presslab sifatli tabletka olish

mumkin. Umuman olganda moddalarni texnologik xossalari ko‘p jihatdan zarrachalarini

tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. E.E.Borzunovni tasnifi bo‘yicha hamma moddalar zarrachalarini

shakliga qarab anizodiametrik va izodiametriklarga bo‘linadi .

Anizodiametrik guruhga mansub bo‘lgan moddalarni balandligi enidan birnecha marta

katta,zichlanishi qiyin kechadi.Zarracha shakli tayoqchasimon,rombik,g‘o‘la,plastinkasimon

bo‘lib,bu guruxdagi preparatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri preslash imkoniyati kam bo‘ladi. Masalan:

Analgin,rutin,dimedrol,fitin,efedrin g/x va x.z.o lar [5,8,11].

Izodiametrik guruxiga esa sharsimon,kubsimon shakdagi zarrachalar kirib,odatta ijobiy

sochiluvchanlik va sochiluvchan zichlikni namoyon etadi. Unday preparatlarga yordamchi

moddalar qo‘shmasdan preslash mumkin bo‘ladi.Ularga yuqorida nomlari zikr etilgan dori

preparatlari kiradi. Keyingi yillar bizni olib borgan tadqiqotlarimiz anizodiametrik guruxga mansub

bo‘lgan preparatlarga yordamchi moddalar qo‘shib,namlik miqdorini meyoriga keltirib to‘g‘ridan

to‘g‘ri sifatli tabletka olish mumkinligini ko‘rsatdi.Bularga feramid, paxikarpin g/y, kofein

bilan,geksametilentetramin,anestezin va x.k.o misol bo‘ladi. Xozirgi vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri

presslashni 3 xil usuli bor. Preslanadigan moddani sochiluvchanligini yaxshilovchi yordamchi

moddalar qo‘shish,moddani qolipga majburan uzatish va maqsadga muvofiq zarrachani sintez

qilish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olishda moddani zarrachalarining kattaligi,

sochiluvchanligi, qoldiq namlik va boshqa xossalari katta axamiyatga egadir. Masalan, natriy

xloridni to‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olish uchun uzunchoq shakldagi zarrachalar maqsadga

muvofiq bo‘lib, sharsimon zarrachalarni presslash ancha qiyin bo‘ladi. M: sut qandi, fenil

salitsilat, geksametilentetramin, feramid va h.k. SHuning bunday moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri

presslash mumkin bo‘ladi.



6. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab tabletka olishni keng tarqalgan usullaridanbiri massani sochiluvchanligini yaxshilovchi yordamchi moddalar qo‘shishdir. Bu maqsadda,

karboksimetilsellyuloza va uni natriyli tuzi, 30% gacha quruq sut zardobi, amilaza, sorbital,

glyukoza, kraxmal va kalsiy stearat, qand bilan ksilit aralashmasi, o‘lchami 1 mm bo‘lgan eritilgan

mannit, glyukoza va kraxmal aralashmasi (7+1+2), o‘ta maydalangan kraxmal, luviskol



(vinilpirolidin va vinilatsetitlarning sopolimerlari), aerosil, magniy stearat va talk aralashmasi

(1+9), kraxmalga 10% kakao moyi qo‘shilgan aralashmalar va h.k
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling