10-variant Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasini misollarda tushuntirib bering. Davlat qarzini moliyalashtirish va boshqarish dastak-vositalariga nimalar kiradi?


Download 90 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1030817
1   2   3
Bog'liq
Abbos davlat moliyasi

Javob:2 O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatadi. 2019-yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: • tashqi qarzlarni olish davlat dasturi; • ichki qarzlarni olish davlat dasturi. Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan qarzlar ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak. Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo‘lib, aks ettiriladi: • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); • maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak: • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: (qarzlar) bo‘yicha: a) jalb qilish manbalari; b) qarzga olish summalari; d) qaytarish muddatlari.
• maqsadli xorijiy qarzga olishlar: (qarzlar) bo‘yicha: a) yakuniy oluvchi; b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo‘nalishi; d) qarzga olish manbasi; e) qazga olish summasi; f) qarzni qaytarish muddatlari; j) mablag‘larni byudjetga qaytarish bo‘yicha uchinchi shaxsning kafolati; yo) navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag‘lar hajmining baholanishi; g) navbatdagi moliyaviy yilda mablag‘larning foydalanish hajmi prognozi (bashorati). O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarining yagona emitenti bo‘lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalarning mablag‘larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo‘li bilan qarz mablag‘larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning byudjetdan tashqari jamg‘arlariga ham tegishlidir. Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig‘iga ko‘ra va respublika byudjetining mablag‘lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to‘lovlarni amalga oshiradi. Davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling