10-variant Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasini misollarda tushuntirib bering. Davlat qarzini moliyalashtirish va boshqarish dastak-vositalariga nimalar kiradi?


Download 90 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1030817
1   2   3
Bog'liq
Abbos davlat moliyasi

Javob:3 O’zbekiston mustaqil davlat maqomiga erishgan so‗ng mamlakat iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning turli xil xususiyatlarini hisobga olib o‗zining yo‗nalishini belgilab oldi hamda ushbu yo‘l bo‘ylab o‘zining iqtisodiy rivojida davom etmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan va takomillashtirilayotgan investitsion faoliyatning yo‗lga qo‗yilishida davlatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri yurtboshimiz ta‘kidlab o‗tganlaridek, ―2016-yilga mo‗ljallangan Investitsiya dasturining hayotga tatbiq etilishi o‗ta muhim o‗rin tutadi. Nega deganda, bu dastur sanoatda, butun iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarning eng muhim vositasi bo‗lib xizmat qiladi‖ 4 . O‗zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi ―Investitsiya faoliyati to‗g‗risida"gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berib o‗tilgan ya‘ni: Investitsiya -iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqdir5 deyiladi. Shunday qilib, "Investitsiya" deyilganda kelajakda samarali natija olish yoki ijtimoiy foydaga erishish uchun qonuniy tartibda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sarmoyadorlar yoki davlat tomonidan kiritiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushunilishi mumkin. Ushbu boyliklarning barchasi investitsiyalarni shakllantirishda muhim hisoblanib, ularning umumiy holatiga o‘z ta‘sirini o‘tkazib turadi. Boyliklarning shakllanishi esa mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasini ko‘rsatib turadi va ularning natijalarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi
Boshqacha aytganda, investitsiyalar - turli xil mulkchilikning shakllaridagi moliyaviy, mulkiy va intellektual boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy samaradorlikka erishish uchun muomalaga kiritish hamda yo‗naltirishdir. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanishi mumkin: - kapitalni ko‗paytirish uchun mablag‗larni tadbirkorlikning deyarli barcha obyektlariga jalb qilish,yo‗naltirish va kiritish hisoblanadi; - loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsion faoliyat ishtirokchilari o‗rtasidagi o‗zaro vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sifatida ham ko‗rish mumkin. Asosiy fondga investitsiyalar asosan kapital qo‗yilma ko‗rinishida amalga oshirilishi mumkin, hamda yangi qurilishga, kengaytirishga, rekonstruksiyaga va faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga, uskunalar, loyiha uchun zarur xom-ashyoni sotib olishga qilinadigan xarajatlar yig‗indisidir. Iqtisodiy fanlar va amaliyotda «investitsiya» va «kapital qo‗yilma» terminlari ma‘nodosh ya‘ni sinonim so‗zlar emasligini ko‗p bora ta‘kidlab o‗tilmoqda. Investitsiyalar kapital qo‗yilmaga nisbatan ancha keng ma‘noga ega tushuncha ekanligi isbotlangan. G‗arb adabiyotlarida investitsiya termini haqida so‗z borganda birinchi e‘tibor fond bozorlari va birjalarga qaratiladi, chunki yetakchi rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar, asosan, qimmatli qog‗ozlar ko‗rinishida bo‗lib asosan shu shaklda amalga oshiriladi.


Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling