10-Vaziyatli masalaning yechimini toping va ish daftaiga tegishlicha rasmiylashtiring


Marganesni aniqlashda xrom qanday xalaqit beradi? qanday chora ko`rish kerak?


Download 285.3 Kb.
bet4/4
Sana04.12.2020
Hajmi285.3 Kb.
#158745
1   2   3   4
Bog'liq
10-topwiriq bajarish


2. Marganesni aniqlashda xrom qanday xalaqit beradi? qanday chora ko`rish kerak?

Reaksiya olib borish sharoitiga qarab ammoniy persulfat marganetsdan turli oksidlanish mahsulotlarini hosil qilishi mumkin.Kislotali muhitda qizdirilsa H2MnO4 hosil bo‘ladi:

Mn2+ + 2S2O82- + 4H2O  H2MnO4 + 4SO42- + 6H+

ishqoriy muhitda katalizatorsiz qizdirilsa MnO2 hosil bo‘ladi:

Mn2+ + S2O82- + 4OH-  MnO2 + 2SO42- + 2H2O

Qizdirishni katalizatorlar ishtirokida (AgNO3 yoki Со(NO3)2, nikel va simob tuzlari) olib borilsa HMnO4 gacha oksidlanadi:

2MnSO4 + 5(NH4)2S2O8 + 8H2O  2HMnO4 + 7H2SO4 +5(NH4)2SO4

Reaksiyalarni olib borishda temir ionini ta’sirini yo‘qotish maqsadida NaH2РO4, xlor ionini esa AgNO3 qo‘shiladi. Fe3+ ioni permanganat ioni rangini aniqlashga xalaqit beradi va uni fosfatlar qo‘shib niqoblanadi. Bunda rangsiz [Fe(РO4)2]3- ioni hosil bo‘ladi.

Marganetsni ammoniy persulfat bilan oksidlashda xloridlar, bromidlar va boshqa ionlar halal beradi. Ularni Ag+ ioni cho‘ktiradi va u katalizatorlik vazifasini bajaradi.

Reaksiyaga kuchli kislotali muhit halal beradi, bunda ortiqcha kislota MnO4- ionini Mn2+ ionigacha qaytarishi mumkin:

2MnO4- + 5S2O82- + 2H2O  2Mn2+ + 10SO42- + 5O2 + 4H+

Reaksiya bilan 100 g ob’ektdan 0,1 mg margenetsni aniqlash mumkin.

Reaksiyaga xrom ioni xalaqit beradi, chunki Cr+3 dan Cr+6 gacha oksidlanib zarg‘oldoq rang hosil qiladi:

Cr2(SO4) + 3(NH4)2S2O8 + 7H2O --->H2Cr2O7 +3(NH4)2SO4+6H2SO4



Mineralizatni yashil rangi taxminan xrom borligidan dalolat beradi. Bunday hollarda marganetsni xromdan quyidagicha ajratiladi: mineralizatga pH=8 muhitda va dietilditiokarbaminat qo‘shilsa marganets kompleks birikma xosil qiladi va organik erituvchi (xloroform) bilan ekstraksiyalab ajratib olinadi:

Suvli qatlamni Mn+2 ga tekshiriladi.

YUqorida keltirilgan har ikkala reaksiya Mn2+ borligini tasdiqlasa zaharlanish sodir bo‘lgan deb baholanadi.



Kaliy peryodat bilan rang hosil bo‘lgani holda ammoniy persulfat bilan reaksiya bermasa tabiiy marganets aniqlangan deb hisoblansa bo‘ladi.
Download 285.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling