100-Savol. Video, musiqa va manbalar


-savol. Media ta’lim va media savodxonligi tushunchalari uzviyligi va o’ziga xosligi


Download 51.74 Kb.
bet6/9
Sana20.11.2023
Hajmi51.74 Kb.
#1788705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
100-110 savol javob

106-savol. Media ta’lim va media savodxonligi tushunchalari uzviyligi va o’ziga xosligi. Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs­ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi.
Media-ta’lim—bu media mahsulotlari bilan:
Muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media­matnini to‘liq qabul qilish;
Intepritatsiya etish;
Tahlil qilish hamda baholashdan iborat.
Media-savodxonlikinsonga ekranli san’atni:

  • televideniye;

  • radio;

  • video;

  • kinomotograf;

  • pressa;

  • matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.

Manbalardan kelayotgan axborot oqimi­dan to‘g‘ri foydalanib,o‘ziningrivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish.Hozirgiaxborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi.Xorijiymedia-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki,talabalaro‘zining o‘qish jarayonida asosan internet,televideniyamanbalaridan foydalanishadi.
Media savodxonlik — Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish,baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami.

Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot,senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish,shuningdek,ommaviy axborot vositalarining egasi,ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda,media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.


Ommaviyaxborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir.Musiqa,televizor,video oʻyinlar,jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi,bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi.Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi.Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish,uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish,shu tahlil asosida baholash va nihoyat,ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi.Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar,oʻqituvchilar,ommaviy axborot vositalari mutaxassislari,yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi,aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.

Download 51.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling