1000 ichida arifmetik amallar bajarish metodlaridan foydalanish mundarija: Kirish


Download 59.15 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi59.15 Kb.
#1470917
1   2   3   4   5
Bog'liq
1000 ICHIDA ARIFMETIK AMALLAR BAJARISH METODLARIDAN FOYDALANISH

1000 ichida qo’shish va ayirish

1000 sоni to’rt хоnali sоn, bunda 1 mingliklar birligini ifоdalaydi.
I. Ming ichida yozma qo’shish va ayirishni o’zlashtirish bu amallarni
istagan kattalikdagi sоnlar ustida muvaffaqiyatli bajarish shartidir.
Yozma qo’shish va ayirish kеtma-kеt
o’rganiladi. Yozma qo’shishni (ustun qilib) bajarishda avval ikki хоnali sоnlarni qo’shish bir qatоr qilib bajariladi,
kеyin "ustun" shaklida bajariladi.
"32 ga 45 ni qo’shish kеrak. 32-bu 30 bilan 2, 45 esa 40 bilan 5. o’nliklarni qo’shamiz)(30+40=70),kеyin birliklarni qo’shamiz (2+5=7) umumiy yig’indini tоpamiz (70+7=77) ya’ni u amalda yig’indini yig’indiga qo’shish amalini bajaradi:
32 + 45 = ( 30 + 2 ) + ( 40 + 5 ) = ( 30 + 40 ) + ( 2 + 5 ) = 70 + 7 = 77
Mulоhazalar o’tkazgandan so’ng shu misоl "ustun" shaklida yozildi.
Amalni ustun shaklida bajarib, bоlalar birliklarni birliklarga,
o’nliklarni o’nliklarga qo’shish qulay ekani haqida bеmalоl
хulоsa chiqarishadi.
O’qituvchi dоskaga yangi misоlni yozadi (532+145) va uni ham avvalgi misоl kabi еchish mumkinligini tushuntiradi.
532 + 145=( 500 + 30 + 2 ) +
+( 100 + 40 + 5 )=( 500 + 100 ) +
+ ( 30 + 40 ) + ( 2 + 5 ) = 677
Bu yеrda yuzliklarni
yuzliklar bilan o’nliklarni
o’nliklar bilan, birliklarni birliklar bilan qo’shilganini tushuntirib, o’qituvchi bu misоlni "ustun shakli"da yozishni taklif etadi.
Albatta, biz bunda yuzliklarni yuzliklar оstiga, o’nliklarni o’nliklar оstiga, birliklarni birliklar оstiga yozamiz.
Shunday tushuntiramiz: Yozamiz... Birliklarni qo’shamiz... O’nliklarni qo’shamiz ... Yuzliklarni qo’shamiz... Javоbini o’qiymiz ...
Uch хоnali sоnni 2 хоnali sоnga qo’shishga katta ahamiyat bеriladi. Masalan: 52+931. Bu еrda bоlalarni to’g’ri yozishga o’rgatish zarurdir
O’nlikdan o’tib qo’shishga dоir misоllarni еchishdan оldin natijani yanada yirikrоq birliklarda ifоdalash talab qilingan. 8 birl + 6 birl, 6 o’nl+7 o’nl va shu kabi ko’rinishdagi tayyorgarlik mashqlarini kiritish fоydali. Хuddi avvalgi misоlardagidеk misоllar mufassal tushuntirib yеchiladi.
“Minglik” mavzusida arifmetik amallarini o‘rganish
Minglik temasida oldin qo‘shish va ayirishning og‘zaki, keyin yozma usullari o‘rganiladi.
Ming ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullarini o‘rganish metodikasi 100 ichida qo‘shish va ayirish metodikasiga o‘xshashlik tomonlari bor.
1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari bir vaqtda va quyidagi tartibda o‘rganiladi.
1. 250+30, 420+300 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.
Hisoblash usullari sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan sonni ayirishning tegishli qoidalariga asoslanadi.
250+30=(200+50)+30=200+80=280
250–30=(200+50)-30=200+(50-30)=200+20=220
420+300=(400+200)+300=(400+300)+20=700+20=720
420–300=(400+20)–300=(400-300)+20=100+20=120
O‘quvchilarni qaralayotgan hollar uchun qo‘shish va ayirishning boshqa usuli, ya’ni o‘nliklar sonini ifodalovchi sonlarni qo‘shish va ayirishga keltiriladigan usuli bilan tanishtirish maqsadga muvofiq:
250+30=280 250-30=220
25 o‘nl+3 o‘nl=28 o‘nl 25 o‘nl-3 o‘nl=22 o‘nl
420+300=720 420-300=120
42 o‘nl+30 o‘nl=72 o‘nl 42 o‘nl-30 o‘nl=12 o‘nl
Bu usuldan foydalanish o‘quvchilarni 1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lishning og‘zaki usullarini, shuningdek, ko‘p xonali sonlar ustida amallar bajarishni o‘rganishga tayyorlaydi.
2. 840+60, 700-80 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.
Qo‘shishning bu usulini qarashda 84+6 ko‘rinishdagi holni eslatish kifoya:
840+60=(800+40)+60=800+(40+60)=800+100=900
700–80 ko‘rinish uchun esa 70–8 ko‘rinishni eslatish bilan birga quyidagi maxsus mashqlarni bajarishni nazarda tutish kerak.
Sonlarni namunadagicha o‘xshash yig‘indi bilan almashtiring:
400+300+100, 600=...., 900=....
437+400, 162+5, 872-700, 568-4.... v.h.
Bularning yechimlari ham yig‘indiga sonni qo‘shish va yig‘indidan sonni ayirish qoidalarini qo‘llanishga asoslanadi.
Bunda birdan-bir farq uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi shaklida emas, balki qulay qo‘shiluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalashning qulayligidir:
437+200=(400+37)+200=(400+200)+37=637
162+5=(160+2)+5=160+(2+5)=167
872-700=(800+72)-700=(800-700)+72=172
568-4=(560+8)-4=560+(8-4)=564
3. 700+230, 430+260, 90+60, 380+70, 270+350 ko‘rinishdagi qushish hollari.
Bunday qo‘shish usullari songa yig‘indini qo‘shish qoidasiga asoslanadi.
700+230=700+(200+30)=(700+200)+30=930
430+260=430+(200+60)=(430+200)+60=690
90+60=90+(10+50)=(90+10)+50=150
380+70=380+(20+50)=(380+20)+50=450
270+350=270=(300+50)=(270+300)+50=570+50=620
420+260 ko‘rinish uchun yig‘indini yig‘indiga qo‘shish qoidasidan ham foydalanish mumkin.

Xulosa:
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.
Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larini faollashtirish darajasiii oshirishga imkon beradi.
Ishlab chiqilgan didaktik materiallar o’quv vaqti noishlab chiqarish sarfiyotini kamaytirishga yordam beradi, o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini jadallashtirishga imkon yaratadi, o’quvchilar makoniy va mantiqiy fikrlashi, o’quv ishiga ijodiy yondoshuvi va o’qishga qizikishini oshirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat jixatidan baxolanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan qoidalardan iborat bo’lib uning muvaffaqiyati birgina o’quvchiga emas butun jamoaning faol harakatini talab etadi.
Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo’yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to’planadi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashishni tashkil etishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Uni shaxsi, bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik maxorati - bular bari ko’rib chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni paytda o’quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta’sir etadi. Ushbu barcha omillar birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Aynan o’kituvchi o’quv materialini tizimlashtirib, ta’lim va uslub shaklini har bir o’quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi.
Olib borilgan ilmiy izlanishimiz boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni urganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish usulllarini ishlab chiqish imkonini berdi.

Download 59.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling