Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yònalishi 316guruh talabasi Pardayeva Mahfuzaning Matematika o'qitish metodikasi fanidan tayyorlagan Mustaqil ta'limi Mavzu:1000 lik konsentr masalalar yechishga o'rgatish metodikasi Minglik konsentrida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi haqida umumiy ma`lumot.Dastur talablariga binoan o‘quvchilar ikki xonali va uch xonali sonlarni 1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki va yozma usullarini egallashlari, shuningdek, 100 ichida amallar bajarishga keltiriladigan hollarda 1000 ichida hisoblashlarni to‘g‘ri bajara olishlari kerak.«Minglik» mavzusida oldin qo‘shish va ayirishning og‘zaki, keyin esa yozma usullari o‘rganiladi. Qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari 1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullarini o‘rganish metodikasi bilan 100 ichida qo‘shish va ayirish ustida ishlash metodikasining ko‘pgina o‘xshash tomonlari bor. 1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari bir vaqtda va quyidagi tartibda o‘rganiladi. 1. 250 ± 30, 420 ± 300 ko‘rinishidagi qo‘shish va ayirish hollari.Qaralayotgan hollarda hisoblash usullari sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan sonni ayirishning tanish qoidalariga asoslanadi. Bundan tashqari, uch xonali sonning xona birlik laridan iborat tarkibini o‘quvchilar bilan birgalikda takrorlash kerak. O‘quvchilar tanish hisoblash usullarini sonlarning yangi sohasiga tadbiq qila olishlari uchun 1000 ichida qo‘shish va ayirishning har bir yangi holi ustida ishlashni 100 ichida qo‘shish va ayirishning mos holini (25 ± 3, 42 ± 30) takrorlashdan boshlagan ma’qul. 250 + 30 = (200 + 50) + 30 = 200 + (50 + 30) =200 + 80 = 280, 250—30 = (200 + 50) — 30 = 200 + (50—30) = 200 + 20 = 220, 420 + 300 = (400 + 20) + 300= (400 + 300) + 20 = 700 + 20 = 720, 420 — 300 = (400 + 20)—300= (400—300) + 20=100+20=120. Bu yerda ko‘rsatma-qo‘llanma sifatida 100 lik kvadratlardan (har birida 10 tadan doiracha bo‘lgan 10 qatorli kvadratlardan) va o‘nlik poloskalardan (har birida 10 tadan doiracha bo‘lgan poloskalardan) foydalanish mumkin.Tegishli hisoblash usullari karab bo‘lingandan keyin, ularni ikkitadan bir-biri bilan taqqoslash va ular nimalari bilan o‘xshash va nimalari bilan fark qilishini aniqlash muhimdir. Bolalar tegishli usullarii 100 ichida amallarni o‘rganishda yaxshi o‘zlashtirib olishgani uchun bunday usullarni qarashda to‘la tushuntirishni amallarning yangi hollarini tanish hollari bilan taqqoslash sharoitida bir-ikki marta takrorlash yetarli. Shundan keyin bunday mashqlarni bolalar qisqa tushuntirishlar bilangina (hech qanday qo‘shimcha yozuvlarsiz) bajarishlari kerak». 250 + 30 = 280 250 — 30 = 220 25 o‘nl+ 3 o‘nl= 28 o‘nl 25 o‘nl— 3 o‘nl = 22 o‘nl 420 + 300 =720 420 — 300 = 120 42 o‘nl +30 o‘nl = 72 o‘nl 42 o‘nl — 30 o‘nl = 12 o‘nl Bu usuldan foydalanish o‘quvchilarni 1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lishning og‘zaki usullarini, shuningdek, ko‘p xonali sonlar ustida amallar bajarishni o‘rganishga tayyorlaydi. 2. 840 + 60, 700 — 80 ko‘rinishidagi qo‘shish va ayirish hollari. Bunda qo‘shish usuli yangilik emas, o‘nliklar yig‘indisi yuzliklarni hosil qiladi, shuni yuzliklarga qo‘shish kerak: 840 + 60 = (800 + 40) + 60 = 800 + (40 + 60) =800 + 100 = 900. Qo‘shishning bu usulini qarashga tayyorlash sifatida 84+6 ko‘rinishidagi qo‘shish hollarini eslatish kifoya. 700—80 ko‘rinishidagi holni qapashga tayyorgarlik maqsadida birinchidan 70—8 ko‘rinishidagi ayirish hollarini takrorlash kerak, ikkinchidan, quyidagidek maxsus mashqlarni nazarda tutish kerak. — sonlarni namunadagiga o‘xshash yig‘indi bilan almashtiring: 400 = 300 + 100 600 = ..., 800 = ..., 900 = ....Shundan keyin 700 —80 = (600 + 100) — 80 = 600 + (100 — 80) = 620 ko‘rinishidagi misollar yechiladi.Yuqorida qaralgan hollarga oid hisoblash usullarini mustahkamlashda ushbu ko‘rinishdagi misollarni kiritish ham foydali: 437 + 400, 162 + 5, 872 - 700, 568 — 4 va h.k. E'tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |