1000 ichida sonlarni qo’shish usullari


Download 2 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi2 Mb.
#1083317
Bog'liq
1000 ichida sonlarni qo’shish usullari





Yangiyo'l shahar 8- IDUM
Boshlang'ich sinf o’qituvchisi Adilova Mahbubaning Matematika fanidan “1000 ichida sonlarni qo’shish usullari” mavzusidagi bir soatlik
DARS ISHLANMASI



Mavzu: 1000 ichida sonlarni qo'shish usullari

Maqsad: 1000 ichida uch xonali sonni ikki xonali songa qo'shish usullari haqida


bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
1. O'quvchilardiqqati modellarga qaratiladi. Modelda ifodalangan son nechaga teng ekani aniqlanadi, modellar orqali hisoblash tushuntiriladi.
Ustun shaklida hisoblash tartibi ham tushuntiriladi.
532 + 79 ko'rinishidagi ifodalarning qiymatini topishda uch xonali songa ikki xonali sonni qo'shish tartibi eslatiladi. Shu asosda 2 birlikka 9 birlik qo'shiladi. Hosil bo'lgan 11 sonining 1 birligi birlar xonasiga yozilib, 1 ta o'nlik dilda saqlanadi. 3 o'nlikka 7 o'nlik qo'shiladi. Natijaga dildagi 1 o'nlik qo'shilib, 11 ta o'nlik hosil bo'ladi. 11 ta o'nlikning 1 ta o'nligi o'nlar xonasi ostiga yoziladi. 5 yuzlikka dildagi 1 yuzlik qo'shilib, yuzlar xonasiga yoziladi.
Hosil bo'lgan natija o'qib eshittiriladi. 532 va 79 ning yig'indisi 611 ga teng.
O'quvchilarga topshiriqdagi ifodalarni qulay usulda hisoblash vazifasi beriladi.

2 . Hamkorlik texnologiyasi. Bu topshiriqni "Davom ettir" o'yini orqali bajarish tav-siya etiladi. Sinf o'quvchilari kichik guruhlarga bo'linadi. Topshiriq sharti tushuntiriladi. Har bir guruhga ifodalar yozilgan A4 o'lchamli qog'oz tarqatmalar beriladi. Berilgan har bir ifodaning natijasi topilib, ular o'zaro taqqoslanadi. Topshiriqdagi ifodalarni guruhda-gi o'quvchilar navbat bilan yechib davom ettirishlari kerakligi tushuntiriladi. Natijalar tahlil qilinadi. Topshiriqni tez va to'g'ri bajar-gan guruh rag'batlantiriladi.

3. Jadvalda berilgan ma'lumotlardan foy-dalanib har bir davlatning umumiy medallari soni aniqlanadi. Sinf o'quvchilari harbirdav-lat medallari sonini aniqlashda topshiriqni matematik diktant tarzida tashkil etishlari ham mumkin bo'ladi.

4. Topshiriq qanday qonuniyat asosida bajarilishi tushuntiriladi. O'quvchilardan bo'sh kataklar o'rniga qaysi raqamlar yozilishi so'raladi. Ustun shaklidagi misollarni qo'shish amali orqali hisoblab, bo'sh kataklaro'rnida qo'llanishi lozim bo'lgan raqamlar aniqlanadi.





5. O'quvchilar diqqati beshburchaklarga qaratilib, ularda ifodalangan sonlar orasida-gi qonuniyat aniqlanadi. Bunda beshburchakning mos burchaklaridagi sonlar yig'indisi topiladi.

6. Berilgan topshiriq natijalari topiladi va taqqoslanadi. Ikkinchi qo'shiluvchi qanday tartibda ortib boryapti?

Qo'shimcha topshiriq.
1. Do'stimiz bilan birgalikda ishlaymiz. Kim chaqqon?


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling