Shina o’tkazgichlarni ekspkuatatsiyaga topshirish.
Reja:
1000v gacha bo’lgan komutatsion apparatlarda shina o’tkazgichlar ekspluatatsiyasi.
Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish.
O’tkazgichlar ekspluatatsiyasi.
1000v gacha bo’lgan komutatsion apparatlarda shina o’tkazgichlar ekspluatatsiyasi.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan uchastkaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni hamma fazalari (qutblari) yerga ulanishi shart. Butunlay o‘chirilib, bitta yerga ulagich o‘rnatish etarli bo‘lgan umumiy shinadagi ish bundan mustasno.
O‘chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borganda, ulardagi yerga ulagich pichoqlarining borligidan qatiy nazar, ayirgichlardan ketgan elektr uzatish simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib, qo‘shimcha yerga ulagich o‘rnatilishi shart.
Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib uzilgan joy bilan ajratilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |