101a guruh o’quvchisi Polvonnazirova Lolaxon Qadimgi sharq mamlakatlari tibbiyoti
Download 0.58 Mb.
|
TIBBIYOT TARIXI MUSTAQIL PPT
Qadimgi Misr hakimlaridan ikkitasi — Erazistrat va Herofil ayniqsa katta shuhrat qozondirlar. Erazistrat o‘zi kichik osiyolik bo‘lgan. U eramizdan oldingi uchunchi asrda yashagan. Tug‘ilgan yili ma'lum emas, vafoti 280-yil. Erazistrat tibbiyot ilmini o‘sha zamon darajasida puxta bilgan va kasalliklarni muvaffaqiyatli davolagan. Erazistrat Aleksandriyaga ko‘chib kelib shu yerda tabiblik kasbi bilan shug‘ullangan. Ma'lumotlarga qaraganda, Erazistrat tibbiyot ilmini dastlab odam anatomiyasini o‘rganishdan boshlagan va bu sohada muhim kashfiyotlarqilgan. Masalan, u birinchilardan bo'lib bosh miya yumshoq va qattiq pardalar bilan qoplangan ekanligini, miya egri-bugri mayda chuqurchalardan iboratligini, miya ichida suyuqliq saqlovchi qorinchalar mavjudligini bilgan. Erazistratning muhim kashfiyotlaridan yana biri shu ediki, u birinchilardan bo‘lib miyada harakatlantiruvchi va sezuvchi asab tomirlari borligini aniqlab bergan edi. Bu bilan u a’zolar (qo‘l-oyoq va boshqalar)ning harakatini bosh miya boshqarishini isbotlab berdi. Bu o‘sha zamon tibbiyoti uchun katta kashfiyot edi. Erazistrat yurak va qon tomirlarini ham anatomik va fïziologik jihatdan tekshirdi. Ularning harakatini (qisqarish va kengayishini) o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Yurak va yurak dahlizi borligini aniqladi. Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni tekshirib, ichak peristaltikasini ko‘zdan kechirdi. Peristaltika tufayli ovqat ichaklarda mexanik jihatdan ishlanishi haqida fikr yuritdi. Bu fikr so‘nggi tekshirishlarda isbot etildi. Aleksandriyalik ikkinchi buyuk olim Herofil edi. Bu olim eramizdan oldingi 300-yilda tug‘ulgan. Herofil ham o ‘z tabiblik faoliyatini anatomiyani o‘rganishdan boshlagan. U bosh miya, jigar va yurakni sinchiklab tekshirishdan boshlagan. Miya chuqurchalarini tekshirib to‘rtinchi qorincha boshqa qorinchalardan kattaroq ekanligini aniqlagan. Yurak ishini tekshirib, uning harakatida uch davr — sistola, diastola va pauza borligini kuzatgan. Arteriya qo'n tomirlarini tekshirib, uning urishini yurak ishiga monand ekanligini aniqlagan. 0 ‘n ikki barmoq eniga teng keladigan ichak (duodenum)ni birinchi marta ko‘zdan kechirgan. Shunday qilib, Herofil odam anatomiyasini chuqur o‘rganib, bir qancha muhim kashfiyotlar qilgan edi. Kasalliklarning sabablari masalasida Herofil unchalik to‘g‘ri fikrda bo‘lmagan. U kasallik ilohiy kuchlarga bog‘liq degan fikrni ham e’tirof etardi. Lekin, ayrim kasalliklarni davolashda har xil afsunlar o‘qish bilan birga dori-darmonlarni ham ishlatardi. Herofilning fikricha har bir kasallikning o‘ziga xos dorisi bo‘ladi, tabibning vazifasi shu dorini topib, uni ishlata bilish, deb uqtirgan. U amaliy tibbiyotda ko‘p moddalardan iborat bo‘lgan retseptlarni ishlatgan. Shunday qilib, qadimgi Misr tibbiyoti jahon tibbiyoti tarixida o ‘z davrida yetakchi o‘rin tutgan edi. U jahon tibbiyotining rivojlanishiga kata xissa qo’shdi. Foydalanilgan adabiyotlar Tibbiyot tarixi Qodirov 22-27 –betlar Ziyo.Net Free-clipart-pictures.com Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling