104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
12. DORO I DAVRIDA ERON DAVLATI. Kambiz II o'ldirilgach. Gaumata Eron taxtiga o'tirib, yetti oy podsholik qiladi. Lekin ko'p o‘tmay m. av. 522-yil 29-sentabrda u ham fitnachilar tomonidan o‘ldirila- di. Gaumata o'ldirilgach. Eron taxtiga ahamoniyiar sulolasidan bo'lgan Doro I o'tiradi. Doro 1 Eron saltanatini m. av. :522-yildan 486-yilgacha - 36 yil mobaynida boshqaradi. Doro I podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshiangan qo'zg'olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osovishtalik o'rnatgach, bir qator islohotlar o‘tkazishga kiri- shadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka - viloyatga bo‘lib. ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo'shmga harbiy sarkardalar boshchilik qilib. davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o'rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida „podshoning ko'zi va qulog'i” deb nom olgan nazoratchilar faoliyat ko'rsat- gan. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib, jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o'ldirilgan ham. Mamlakat vilovatlari o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan "shoh yo'li’' qurilgan. Bu yo'llar Pasargaddan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yoTlar- da bekatlar, karvonsaroylar. korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo'riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe mamlakatlardan xiroj solig'i undirilgan. Doro 1 Misr. Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda ko'tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilami jazolagan. Doro 1 podsholigining so'nggi villarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olgan, Yunonistondagi Afina va Sparta davlat- lari eroniylarga qattiq qarshilik ko'rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o'rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olgan. Doro 1 ning Turon va Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga va Yunonistonga uyushtirgan istilochilik yurishlari eroniylarning mag'lubiyati bilan tugagan. M. av. 486-yili Misrda eroniylarga qarshi qo'zg'olon boshla- nadi. Doro I qo'zg'olonni bostirishga ulgurmay m. av. 486-yili 64 yoshida vafot etadi. Kambizning vorisi Doro I ning Behistun qoya yozuvlarida bayon qilingan rasmiy farazlariga ko‘ra, Kambiz Misrga yurishiga qadar o‘zining ukasi Bardiyadan shubhalanib, uni maxfiy ravishda o‘ldirishga buyruq beradi. Mag Gaumata ismli kimsa bundan foydalanib, o‘zini Bardiya deb e’lon qiladi va u 522-yil 2-martda Bardiya nomi bilan taxtga o‘tiradi. Bardiya-Gaumata qaram xalqlarni o‘ziga moyil qilish uchun soliq va harbiy majburiyatlarni uch yilga bekor qiladi. U fors urug‘-zodagonlari ning imtiyozlarini bekor qilish, ularning iqtisodiy va siyosiy hukmronligini tugatish uchun harakat qildi. Shu sababli, u mamlakatdagi keng xalq ommasini qo‘llab-quvvatlashiga erishadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Gaumata to‘g‘risidagi faraz asosli emas. Hokimiyatga haqiqiy Bardiya kelgan. U yetti oylik boshqaruvdan so‘ng, 522-yil 29-sentabrda yetti fors urug‘ining aslzoda vakillari bo‘lgan fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fitnachilardan biri 28 yoshli Doro (mil.avv. 522–486-yillar) podsho taxtiga o‘tirdi. Doro I mil.avv. VII–VI asrlarda Kayxusravgacha hukmron bo‘lgan Ahmoniy podsholari avlodidan edi. Doro ning o‘zi fors urug‘ aslzodalari oliy tabaqasiga mansubligi tufayli Bardiya bekor qilgan zodagonlarning imtiyozlarini qayta tiklaydi. Doro I taxtga o‘tirishi bilan unga qarshi Bobilda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirayotgan bir vaqtda Fors, Midiya, Elam, Marg‘iyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi Afg‘oniston), O‘rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo‘zg‘olon ko‘taradi. Forsning o‘zida ham o‘zini Bardiya deb e’lon qilgan Vaxayazdata nomli kimsa Doroga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Sharqiy Eron viloyatlari va Afg‘onistongacha bo‘lgan hududlarni bosib oldi. Mil.avv. 521-yil 16-iyulda Doro Vaxayazdata qo‘shinlarini tor-mor qildi. Midiyada o‘zini Midiya podshosi Kiaksar urug‘idan deb hisoblagan Fravartish (Fraorti II) qo‘zg‘olon ko‘tarib, hokimiyatni qo‘lga oldi. Doro bu qo‘zg‘olonni ham bostirdi. Mil.avv. 521-yil yoziga kelib, Doro qo‘shinlari besh jangdan so‘ng Afg‘onistonni qayta bo‘ysundirdi. Doroning qaynotasi Dadarshish Parfiya va Girkaniyadagi g‘alayonlarni bostirdi. Bu vaqtda Bobilda so‘nggi qo‘zg‘olon boshlanib, mil.avv. 521-yil 27-noyabrgacha davom etdi. Doro I taxtga chiqqanidan bir yil o‘tgach, o‘z hokimiyatini bir qadar mustahkamladi. U mil.avv. 519-yilda O‘rta Osiyoga saklarga qarshi yurish qildi. Saklar podshosi Skunxa qo‘shini tor-mor qilindi. Bu yurish to‘g‘risida Doro I ning Behustun yozuv larida aytib o‘tiladi. Forslar mil.avv. 519–512-yillarda Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoliy-g‘arbiy qismini bosib oldilar. Mil.avv. VI asrning oxirida Ahmoniylar davlati chegaralari sharqda Hind daryosidan g‘arbda Egey dengizigacha, shimolda Armanistondan janubdan Nilning birinchi ostonasigacha yetib boradi. Doro I ning faol istilochilik yurishlari natijasida dunyo tarixida birinchi bor Osiyo, Afrika, Yevropadagi o‘nlab mamlakatlar va xalqlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi. Doro I Shimoliy Afrikada Liviyaning bir qismini, Bolqonda Frakiyani, Samos va boshqa yunon orollarini bosib oldi. Uning vorisi Kserks Yunonistonni to‘liq bosib olishni rejalashtirgan edi. Fors davlatining mil.avv. 490-yilda Bolqon Yunonistonida go‘libona boshlagan urushi bir necha o‘n yillarga cho‘zilib ketdi. Bir necha janglardan so‘ng forslar mag‘lubiyatga uchradilar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling