104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
QADIMGI ERON, O`RA OSIYO MADAIYATI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
13. QADIMGI ERON, O`RA OSIYO MADAIYATI. Qadimgi Eron mafkurasida mil.avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta’limot zardushtiylik muhim o‘rin egallaydi. Ahmoniylar Eronida eron zardushtiylik kohinlari yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ularning qurbonlik keltirish marosimini boshqarganlar, davlat kengashi va oliy sudda ishtirok etganlar, kohinlar diniy e’tiqod xizmatchilarni tayyorlaganlar. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo‘lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarning bir-biriga mehribon bo‘lishini targ‘ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atrofida zardushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon qildi. Qadimgi Eronda qadimgi zardushtiylikning tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug‘lik, oy, shamol kabilarni o‘zida ifodalagan xudolarga sig‘inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo‘lsalar-da, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar. Ahmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yahudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq berdi. Misr ishg‘ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo‘yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarda qatnashdi. Doro I o‘zini ma’buda Neytning o‘g‘li deb e’lon qildi. Xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag‘ishlab ibodatxonalar qurdi. Diniy e’tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. V asr) Eronda diniy islohot o‘tkazdi. U zardusht inkor qilgan Mitra, Anaxita va boshqa qadimgi ilohlarning ibodatxonalarini yo‘q qilishga urindi. Ammo bu amalga oshmadi. Bu islohot o‘z maqsadiga erishmadi. Yarim asrdan so‘ng qadimgi xudolarga sig‘inish yana keng avj oldi. Eron Ahmoniylar davrida o‘zining noyob madaniyatini yaratdi. Qadimgi fors yozuvi 43 belgidan iborat bo‘lib, asosan, podshoning tantanali yozuvlari uchun foydalanilgan. Hukmdorlarning sag‘analari, saroy devorlari, ustunlari shu yozuv bilan bezalgan. Tosh vaza va muhrlar, metall idishlar, qurol larga yozuvlar o‘yib bitilgan. Ana shunday yozuvlarning eng noyobi Behustun bitiklaridir. Behustun bitiklari Kambiz hukmronligining so‘nggi yillari, Doro I hukmronligining birinchi yillari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uning balandligi relyef bilan birgalikda 7,8 m ni, kengligi 2,2 m ni tashkil etadi. U qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Uch tilli yozuv Hamadon va Kirmonshoh shaharlari o‘rtasidagi Bobil, Midiya va boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan yo‘ldan 105 metr balandlikdagi Behustun qoyasida bitilgan. Bitik ustida boshqa odamning relyef tasvirlari ustida parvoz qilib turgan xudo Axuramazda yuksalib turadi. Axuramazda uzukli chap qo‘lini Doroga uzatib, podsholik hokimiyatini ramziy topshirib, o‘ng qo‘li bilan podshoni sharaflamoqda. Doro I tabiiy kattalikda podsho tojida tasvirlangan. Uning o‘ng qo‘li Axu ramazdaga ibodat qilishga uzatilgan, chap qo‘li bilan kamonni ushlab turibdi. Doro chap oyog‘i bilan Kambiz hayotligi davrida taxtni bosib olgan, yerga yiqitilgan, talvasaga tushgan Mag Gaumatani oyog‘i bilan bosib turibdi. Chapda Doroning orqasida uning ikki saroy a’yoni – nayza bardor Gobriy va kamonchi Aspatin turibdi. Bevosita Gaumata orqasida Doroni taxtga chiqishi vaqtida isyon ko‘targan sakkiz isyonchi va saka-tigraxaudalar podshosi tasvirlangan. Ularning qo‘llari orqalariga bog‘langan, ular bir uzun zanjirga chirmashtirib tashlangan. Ulug‘vor saroylar, ibodatxonalar Ahmoniylar imperiyasining qudrati ramzi edi. Bu ulug‘vor inshootlarni imperiyaning turli hududlaridan kelgan quruvchi-me’morlar bunyod qildilar. Osuriya, Bobil, Misr, Yunon, Elam badiiy an’analari, texnik usullari bilan Eron va O‘rta Osiyo badiiy an’analari sintezi yuz berdi. Eron badiiy san’ati yuqori darajada rivojlandi. Turli xil metallardan ishlangan vaza va jomlar, tosh qadahlar fil suyagidan yasalib, oltin, kumush bilan ziynatlangan ritonlar, zargarlik buyumlari, lazuritdan ishlangan haykallar yuksak badiiy did shakllanganidan dalolat beradi. Yuksak badiiy san’at asarlari hisoblangan buyumlarda xonaki va yovvoyi hayvonlar (qo‘ylar, sherlar, to‘ng‘izlar va boshqalar) hayotiy ifodalangan. Qadimgi fors me’morchiligining ulug‘vor inshootlari Persepol va Suzadagi saroy ansambllari edi. Persepol shahri maydoni 135000 m. kv ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun’iy maydon hosil qilingan. Tog‘ qiyaliklarini tekislash bilan bu sun’iy maydonda shahar uch tomondan devor bilan o‘rab olinib, to‘rtinchi tomoni tog‘ qoyasiga chiqadi. Doro I ning Pasargaddagi rasmiy saroy qarorgohi 3600 m. kv maydonga ega bo‘lgan ulkan inshootdan iborat bo‘lgan. Saroyning katta zali ayvon bilan o‘ralgan. Zal va ayvonlar tomini toshdan nafis, nozik yasalgan, balandligi 20 m bo‘lgan 72 ta ustunlar ko‘tarib turgan. Saroyga kirishdagi uzun zinapoyaning (Apadana) ikki tomon devorlari relyef tasvirlar bilan qoplangan. Ushbu relyef tasvirlarda Ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan xalqlar o‘z kiyimlari va antropologik tuzilishlarida aks ettirilgan. Ularda saroy ayonlari, podshoning shaxsiy gvardiyasi, otliq va jang aravalari relyef tasvirlari ishlangan. Zinapoyaning bir tomonida fors podshosiga hadya lar va o‘lponlarni olib borayotgan qaram hududlarning 33 xalqi vakillarining uzun qatori tasvirlangan
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling