104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
HINDISTONDA YANGI YUKSALISHLAR DAVRINING YUKSALISHI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
15. HINDISTONDA YANGI YUKSALISHLAR DAVRINING YUKSALISHI. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindistonda o‘n oltita katta urug‘ va bir necha o‘n kichik davlat paydo bo‘ldi. Mil.avv. VI asr oxirida Ahmoniylar Eroni Hind daryosi vodiysini bosib oldi. Shu vaqtdan boshlab Hindiston Old Osiyo mamlakatlari bilan yaqin madaniy aloqaga kirishadi. Bu vaqtda Hindistonning asosiy madaniy-siyosiy markazlari Gang vodiysida edi. Magadxa va Koshala Gang daryosining quyi oqimida, Gang va Yamun oralig‘ida Vatsa, Avanti davlatlari o‘rtasida yetak chilik uchun kurash olib bordilar. Vaqt o‘tishi bilan Gang vodiysida ko‘p sonli mayda davlatchalar ichidan Magadxa podsholigi birinchi o‘ringa сhiqib oldi. Qadimgi Magadxa (hozirgi Janubiy Bixar viloyati hududi) qulay geografik, strategik va sav do yo‘llari kesishgan hududda joylashgan. Bu davlat boshqa bir necha kichik davlatchalarni birlashtirdi. Mamlakat Hindistonning ko‘plab viloyatlari bilan gavjum savdo qilgan. Magadxa qazilma boyliklar, jumladan, metallga boy edi. Uning yangi qadimgi poytaxti Rajagrixa shahri edi. Magadxa podshosi Udain davrida (mil. avv 461–445-yillar) poytaxt Pataliputraga (hozirgi Patna shahri) ko‘chirildi. Bu shahar butun Hindiston bo‘yicha eng katta savdo-hunarmandchilik markaziga aylandi. Keyin Magadxa taxtida nand sulolasi qaror topdi va Magadxa katta imperiyaga aylandi. Nand davlati Maurilar imperiyasini tashkil topishi uchun shart-sharoit yaratdi. Mil.avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Bengaliyagacha bo‘lgan yerlar Mauri urug‘idagi magadxalik zodagon Chandragupta (mil.avv. 321–297-yillar) tomonidan bo‘ysundirildi. Maurilar imperiyasining tashkil topishi Hindiston tarixida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Qadimgi Hindiston tarixida birinchi bor chekka janubdan tashqari, ilk bor butun Hindiston hududi birlashgan davlat tarkibiga kirdi. Antik mualliflar podsho Chandragupta makedoniyalik Alek sandr Shimoliy Hindistonda qoldir gan yunon-makedon garnizonlari va uning noiblari bilan urush olib borgani to‘g‘risida ma’lumot beradilar. Chandragupta Shimoliy-G‘arbiy Hindistondan to Pataliputra hududlarigacha istilochilik urushlarini olib borgan. U Nand sulolasining so‘nggi podshosi bilan urushda g‘alaba qozondi va Magadxa hududlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Taxminan mil.avv. 314-yilda Chandragupta yangi Maurilar sulolasi (mil.avv. 317-yildan mil.avv. 180-yilgacha)ga asos solib, o‘z mutlaq hokimiyatini o‘rnatdi. Ammo uning davlati uchun Salavkiy lar davlati jiddiy raqib edi. Chandragupta bu davlatning g‘ayratli hukmdori Salavk Nikator bilan urush olib borishga majbur bo‘ldi. Bir necha yillik urushlardan so‘ng har ikki tomon o‘rtasida mil.avv. 303 yoki 302-yilda tinchlik shartnomasi tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, Maurilar Aleksandr ilgari bo‘ysundirgan Hindiston shimoliy-g‘arbidagi ayrim viloyatlarga ega bo‘ldilar (Ariya, Araxosiya, Gedrosiyaning bir qismi va Parapamisad qabilalari yerlari). Salavk buning evaziga 500 jangovar filni oldi. Hindiqush tog‘i Salavkiylar va Maurilar o‘rtasidagi chegaraga aylandi. Tinchlik shartnomasidan so‘ng Salavk o‘z elchisi Megasfenni Maurilar saroyiga yubordi. Megasfen Maurilar saroyida 5 yil yashab, Maurilar davlati davrida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, davlat tuzumi to‘g‘risida qimmatli ma’lumot larni yozib qoldirgan. Chandraguptaning vorisi Bindusara mil.avv. 297–272-yillarda faol istilochilik urushlari olib borib, Afg‘onistonning katta qismi, Belujiston, Shimoliy Hindiston va deyarli Dekan yarim orolini to‘liq bo‘ysundirdi. Megasfendan so‘ng Maurilar saroyiga Salavkiylarning navbatdagi elchisi Deymax keldi. Bu elchilik Bindusara podsholigi davriga to‘g‘ri keladi. Podsho Bindusara Misr bilan elchilik aloqalarini o‘rnatdi. Shu sababli, Maurilar saroyiga Ptolemeyning elchisi Dionisiy tashrif buyurdi. Bindusara mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun qator ishlarni amalga oshirdi. Chandraguptaning nevarasi podsho Ashoki davrida (mil. avv. 272–232-yillar) Maurilar davlati gullab-yashnadi. Bu vaqtda butun Hindiston chekka janubdan tashqari yagona davlatga birlashdi. Ashoki hukmronligining sakkizinchi yili Kalingi davlatini bosib oldi. Ashoki davlat hokimiyatini mustahkamlashga harakat qildi. Uning qonunlari (ediktlar) mamlakatning turli hududlarida tosh lavhalarga yozib qo‘yildi. Bu ediktlar orqali Ashoki davlatining boshqaruv tizimi, eng muhim siyosiy voqealar, podshoning ijtimoiy siyosati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Umumhind davlatining hukmdori o‘zini faqat Magadxa davlatining podshosi deb hisoblagan. Bosqinchilik urushlari ma’muriy apparatni to‘liq almashtirish va eski siyo siy tuzumni o‘zgartirishga olib kelmagan. Mamlakat asosan besh viloyat – noiblikka bo‘lingan. Noibliklarni podsho xonadoni a’zolari boshqargan. Noibliklar yana kichkina ma’muriy hududlarga bo‘lingan. Podsho maxsus amaldorlar (radjuklar)ni har uch yoki besh yilda bir marta viloyatlarga mahalliy hokimlar faoliyatini nazorat qilish uchun yuborgan. Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho kengashi bilan cheklangan. Podsholar ham o‘z navbatida, urug‘ zodagonlari, kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat qilganlar. Ularni o‘z tarafdorlari bilan almashtirishga intilganlar. Podsholar o‘z qo‘llariga moliyaviy boshqaruvni to‘plab, davlat xazinasini to‘ldirishga uringanlar. Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan’anaviy dinlarga, asosan, budda diniga homiylik qildilar. Mauriylar budda dini targ‘ibotiga jiddiy e’tibor berdilar. Turli mamlakatlarga budda g‘oya larini targ‘ib qilish uchun missionerlar yuborildi. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqada bo‘lgan viloyatlarda budda ta’limoti tez qabul qilindi. Shri-Lankada bu jarayon jadal sur’atlar bilan kechdi. Mahalliy tarixchilar Shri-Lankada dehqonchilik, hunarmandchilik va davlatchilikning paydo bo‘lishini mil.avv. V asr da Shimoliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog‘laydi. Shaxzoda Singala («Yo‘lbars») ularning boshida turgan. Uning nomi bilan mamlakatdagi hukmron etnik guruh – aholi singallar deb aytila boshlandi. Arxeologik qazishmalar ham mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Shri-Lankada birdaniga temir asri madaniyati paydo bo‘lganidan guvohlik beradi. Seylon xronikalari Ashokining ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni budda ta’limotining afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda ilk budda monastirlari paydo bo‘lgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shri-Lanka Ashoki davridan to shu kungacha budda dini hukmron bo‘lgan mamlakatdir. Mil.avv. IV–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida umumhind davlatining tashkil topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakat miqyosida savdo-hunarmandchilik rivojlanib, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar kuchaydi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling