104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
19. SHAN SULOLLASI DAVRIDA XITOY. Shan-In Xitoydagi eng qadimgi davlatlardan biridir. M.av. Ill mingyillikda Xitoydagi qabilalar tarqoq yashar cdilar. Xo'jalikning asta-sekinlik bilan rivojlanishi natijasida qabilalar birlasha boshlagan. M.av. II mingyillik boshlariga kelib Sya xonadoniga mansub kishilar qabilalarni birlashtirib, Sharqiy Xitoyda davlat barpo etganlar. Sya xonadoniga mansub podsholar kuchayib, boshqa qo'shni qabilalarni o'/lariga itoat ettirganlar. Sya sulolasining so‘nggi podshosi boshqa qabilalar ustidan zulmni kuchaytirgan. Shu davrda Xuanxe sohillariga ko'chib kelgan Shan qabilasi kuchayib, qattiq janglardan so‘ng syalarni vengib ularni o'zlariga itoat ettiradi. Ular Xuanxe daryosi havzasining katta qis- mini egallaydi. M. av. XVIII asrda Chen Tan degan kishi davlat tuzib, uni o '/ qabilasi Shan nomi bilan ataydi. U yangi sulolaning asoschisi boTgan. M. av. XVIII asrdan boshlab sulola Shan-In deb atala boshlagan. Bu davlatning povtaxti Shan shahri boigan. U-Din degan podsho davrida Shan-In davlati kuchayib, atrofdagi hududlarni bosib oladi Ammo XIII asr oxiri va XII asr boshlaridan boshlab Shan-In davlati kuchsizlatiib qoladi. Bundan foydalangan qo‘shni qabilalar bi- rin-ketin Shan-Inga hujum boshlaydi va uning yerlarini bosib oladi Shan-lln davlatining xo‘jaligi. Shan-In podsholigi davrida xo'jalik ilgarigiga qaraganda ancha rivojlangan edi. Xitoyda ilk dehqonchilik jilg'a, soy etaklari va daryo bo'ylarida liman va qayr asosida shakllangan. Mazkur davr mobaynida mehnat qurollari takomillashgan, Shu bois mehnat unumdorligi oshgan. Keyincha- lik mehnat qurollarining takomillashuvi tufayli sug'orma dehqon- chilik ancha taraqqiy etgan. Odamlar daryolarga to’g'on. dambalai qurib, suv omborlari barpo etishgan. Kanallar qazib ekinzorlarni sug‘orishgan. Xitoy dehqonlari tariq, sholi, arpa, bug'doy, choy va boshqa donli ekinlar ekkanlar. Ular sabzavotchilik va bog’dorchilik bilan ham shug'ullangan. Tut ekib, ipak qurti boqqanlar. Ipak qui ti pillasidan ipak tolalari olganlar. Xitoyliklar ipak qurti boqish va ipakchilikning asoschisi hisoblanadilar. Xitoyda yaylovlar serob bo‘lgani uchun u yerlarda qoramol. qo‘y, echki va cho’chqa ham boqqanlar. Ihykizlardan ish kuchi sifatida foydalanilgan. Qo'sh ho'kizga temir tishli omoch qo'shib yer haydaganlar. dalalarga ish- lov berg anlar. Shan-In davfida Xitoyda miskarlik, kulolchilik, to‘qimachilik ancha rivojlangan. Kulolchilikda qo'l charxi, to'qimachilikda esa to‘qimachilik dastgohi ishlatilgan. Ular ipak, jun va zig'ir tolalaridan ip yigirib ajoyib mato va gazlamalar to'qiganlar, ajoyib liboslar tikib kiyganlar. Xitoy ustalari tosh, yog'och, loy va xom g'ishtdan saroylar, ibo- datxonalar, uylar va devorlar qurishgan. 0 ‘sha davrda xitoyliklar savdoga ham katta ahamiyat bergan. Xitoydan tashqariga ipak, jun mahsulotlari, qurol-yarog' va boshqa buyumlar chiqarilgan. Chet mamlakatlardan esa jun. teri, qimmatbaho toshlar keltirilgan. Janubdan, ya’ni Yanszi havzasidan esa mis va qalay keltirilgan. Xitoyda dehqonchilik. chorvachilik, hunarmandchilik va savdo sotiqning rivojlanishi tabaqalanishni yanada kuchaytirgan. Odam- lar asta-sekin boy-badavlat, o‘rtahol va kambag‘al kishilarga ajrala boshlaganlar. Urushda asir tushganlar va qarzdorlar qullarga aylan- tirilgan. Shunday qilib, m.av. XVIII-XIII asrlarda Xitoyda dastlabki quldorlik davlati tashkil topgan. Bu davlat m. av. XIII asrgacha ya- shab, keyinchalik o‘z о'mini Chjou podsholigiga bo'shatib bergan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling