104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
24. SARIQ RO`MOLLILAR QO`ZG`OLONI. I asrning ikkinchi yarmidan Xitoy Rim bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Birma va Assam orqali Hindiston bilan, Koreya orqali Yaponiya bilan aloqa o‘rnatildi. Bu vaqtda Xitoyda 68 mln kishi yashagan edi, bu butun dunyo aholisining 15 qismini tashkil etar edi. III asrdan Xitoyda tushkunlik boshlandi. Dehqonlarning yersizlanishi kuchaydi, pul-tovar xo‘jaligi zaiflashdi, pul-tanga iste’moldan chiqib, natural mahsulot ayirboshlash keng tus oldi. Iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy tushkunlik oqibatida 184-yilda «Sariq belbog‘lilar» deb nomlangan kuchli xalq harakati boshlandi. Harakat 10 yil davomida sehrgar-tabib Chjan Syao tomonidan tayyorlangan edi. Harakat davlat hokimiyati binolarini buzib tashladi, amaldorlarni o‘ldirdi. Mulkdor tabaqalar bu harakatga qarshi birlashib, zo‘rg‘a bostirdilar, xalq harakati bostirilgach, g‘oliblar hokimiyat uchun o‘zaro kurash boshladilar. Natijada Xann imperiyasi 220-yil uch mustaqil podsholik: Vey, Shu va U davlatlariga bo‘linib ketdi. Bu davr San-Go-uch podsholik davri deb ataladi (220–280-yillar). Vey davlati shimoliy-g‘arbiy va markaziy Xitoy hamda hozirgi Dunbeyning janubiy qismini, U davlati Xitoyning janubi, janubi-sharqiy qismini egalladi. Shu davlati janubi-g‘arbiy Xitoy, qisman Shansi va Xubey hududlarini egalladi. Shu davlati qirq uch yil yashadi, 263-yilda Vey davlatiga qo‘shib olindi. Vey davlatida hokimiyatni sarkarda Sima Yan bosib olib, Szin sulolasiga (265–420-yillar) asos soldi. U davlati 280-yilda bu sulola tomonidan bosib olindi. Milodiy II asrning ikkinchi yarmida Xan saltanatida jabr-zulm kuchayib. vaziyat ancha kes- kinlashgan. Xan podsholigining turli joylarida yana qo'zg'olonlar boshiangan. Shunday qo'zg'olonlardan biri va eng katlasi 184-yil- da boshlanib. unga o"z zamonining "oqil va saxiy muallimi“ deb nom olgan. mashhur tabib Chjan Szyao va uning ikki ukasi rahbar- lik qilgan. Ular xalqqa murojaat qilib. podsholikni ag‘darib tash- lashga va farovon hayot qurishga da’vat etganlar. 184-vilda boshiangan qo‘zg‘olon 20 yil davom etgan. Qo'zg'olonchilar o‘z raqiblaridan ajralib turish uchun sariq ro'mol o'rab jangga kirganlar. Sariq rang xitoyliklarda farovon hayot ramzi ham boTgan. Shu tufayli bu harakat ‘'Sariq ro'mollilar’ qo’zg'olo- ni nomi bilan mashhur boTgan. Qo'zg'olonchilar qo’shini 300 ming kishidan iborat boiib, 36 qismga boTingan edi. Qo‘zg‘olon- ni bostirish uchun 40 mingdan ortiq hukumat qo'shinlari yuborila- di. 184-185-yillardagi janglar natijasida qo'zg'olon rahbari Chjan Szyao halok boTib. qo'zg'olonchilar yengiladilar. Janglarda har ikki tomondan 80 ming kishi halok bo'ladi. 188-207-yillar orasida ham Xan podsholigining ko'p joylarida katta-katta qo'zg'olonlar boTib о‘tad к Ular ham hukumat qo'shinlari tomonidan shafqatsiz- lik bilan bostiriladi. Lekin bu qo'zg'olonlar Xan saltanatini zaif- lashtirib yuboradi. Ko'p o'tmay so'nggi Xan podshosi Dun Chjo o'ldiriladi va mamlakatda o'zaro urushlar boshlanib ketadi.Milodiy III asr boshlariga kelib Xan podsholigidan Vey, Shu, U kabi davlatlar ajralib chiqadi. Xitoyda uch podsholik davri boshla- nadi. Shu bilan kichik Xan podsholigi tugab, Qadimgi Xitoy tarixi ham o:z nihoyasiga yetadi.
25. Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling