104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet28/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

27. XET-MITANNI URUSHLARI. Xett davlatlari Mitanni bilan hisoblashishga majbur bo‘ldi. Mitanni mil.avv. XVI asr oxirida podsho Shuttarni I davrida Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha bo‘lgan hududni egallab, ulkan davlatga aylandi. Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mitannidan kuchli bo‘lgan qudratli davlat yo‘q edi. Mitanni kuchli qo‘shinga ega bo‘lib, qo‘shin asosini qattiq intizomga bo‘ysungan otliq qismlar tashkil etgan. Mitanni yuz yil davomida (mil. avv. XVI asr oxiridan boshlab XV asr nihoyasigacha) qudratli davlatga aylanib, Old Osiyoning eng kuchli davlatlari Misr va Xettlar bilan raqobat qildi. Podsho Shuttarna davrida (mil.avv. XVI asr oxiri) Mitanni hududi Zagros tog‘lari va Parratarna (mil. avv. 1471-yillar atrofi) Misrning zaifligidan foydalanib, butun Sharqiy O‘rtayer dengizini Kilikiyadan Markaziy Falas tingacha bo‘lgan hududlarni egalladi. Mil.avv. XV asr o‘rtalarida Misr bilan Mitanni o‘rtasidagi chegaralar Kadesh shahri atrofidan o‘tgan. Taxminan mil.avv. XV asr o‘rtalarida Mitanni Suriya uchun xettlar bilan to‘qnashdi. Podsho Ardadama xettlarni to‘la yanchib tashlab, Mitanni chegaralarini Kichik Osiyodagi Tavr va Yuqori Galisgacha cho‘zdi (mil.avv. XV asr oxiri). Bu davrda Mitanni Misr bilan Mesopotamiya va Sharqiy O‘rtayer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi. Mil.avv. XV asrda xalqaro vaziyat o‘zgarib, Misr bilan Mitanni o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. Tutmos IV va Amenemxotep III Mitanni malikalariga uylandilar va Mitanniga oltin va turli sovg‘a-salomlar jo‘natdilar. Mil.avv. XIV asr boshlarida Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy fitnalari davlatni zaiflashtirdi. Saroy fitnasi natijasida o‘smir Tushratti taxtga chiqdi. Tushratti Misr bilan uzilib bo‘lgan diplomatik aloqani qayta tikladi, qizi Tado-Xebani Misr fir’avni Amenxotep III ga turmushga berdi. Xett podshosi Suppilulum I Mitanniga bostirib kirdi. Boshda Tushratti xettlarning hujumini qaytardi, lekin hukmronligining so‘nggi yillarida Suppilulum I dan yengildi. Mitannining bir qismini xettlar zabt qildilar, Tushratti qochishga majbur bo‘ldi va o‘ldirildi. Yordamga chaqirilgan Osuriya hukmdori Ashshurballit I mamlakatning sharqiy viloyatlarini anneksiya qildi. Shu vaqtdan Mitanni Shimoliy Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi. Uning ustidan nazorat qilish uchun osur va xettlar o‘zaro kurash olib bordilar


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling