104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet29/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

28. QADIMGI OSSURIYA JAMIYATI. Mil.avv. 1353–1318-yillarda podsho Ashshurballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni Yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz – Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta’siri ostiga tushib qoladi. Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil davomida o‘zining talonchilik yurishlari, bosib olingan hududlar aholisiga nisbatan shafqatsizligi bilan qo‘shni hududlarga qo‘rquv va dahshat tug‘diradi. Osuriya davlatining shakllanishi mil.avv. 1295–1264-yillarda hukmronlik qilgan podsho Adad-Nerari davrida tugallandi. U birinchi bo‘lib rasmiy ravishda o‘ziga podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo‘lgan «Buyuk podsho» unvoniga da’vo qiladi. Adadneraruning o‘g‘li Salmanasar I (akkad tilida Shulmanu – ashared mil.avv. 1274–1245-yillar) otasining Mitanniga qarshi yurishlarini davom ettirdi. U yuqori Mesopotamiyani Karxemeshgacha Osuriyaga qo‘shib oldi. Salmanasar I ning o‘g‘li Tukulti-Ninurta I (mil.avv. 1244–1208-yillar) Bobilga va Kavkazortiga g‘olibona harbiy yurishlar uyushtirdi. U Bobilni bosib olib, u yerga o‘z noibini tayinladi va Bobil shahridagi Esagila ibodatxonasidan xudo Mardukning haykalini Ashshurga olib ketdi. Podsho Ash shur o‘rniga o‘zi uchun yangi poytaxt – Kar-Tukulti-Ninurta shahrini qurdirdi. Ammo hukmronligining so‘nggi yillarida xettlar va Bobil Osuriyani u bosib olgan hududlarning katta qismidan mahrum qildilar. Mamlakat uzoq urushlar natijasida zaiflashib qolib, ichki tartibsizliklar yuz berdi. Mil.avv. XIII asrda Xett davlati osur savdogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi. Misr Suriyada o‘z ta’siridan mahrum bo‘ldi. Mitanni davlati esa, Osuriya uchun g‘arbga chiqadigan yo‘lni butunlay yopadi. Mil.avv. XIII–XII asr boshlarida Osuriya Yuqori Mesopotamiyaning qo‘shni hududlarini to‘rt marta o‘ziga qo‘shib oldi va to‘rt marta yo‘qotdi. Osur zodagonlari podshoning zaif tashqi siyosatidan norozi bo‘lib, uni taxtdan tushirib, o‘ldirdilar. Osuriya tushkunlikni boshdan kechiradi. Bolqon qabilalaridan bo‘lgan mushklar Frot daryosi vodiysiga kelib, Xett davlatini halokatga uchratdilar. Keyin esa, elamliklarning hujumini qaytardilar. Qo‘shni Bobilning tazyiqi kuchaydi, bir qator hududlarni bosib oldi. Faqat Ash shur I dan (mil.avv. 1179–1134-yillar) Bobilga qarshi harbiy yurishlarni boshladi. Ammo tashqi siyosatda haqiqiy tub burilish podsho Ashshur – resh-ishi (mil.avv. 1133–1116-yillar) davrida yuz berdi. Uning o‘limidan keyin Osuriya taxtiga kuchli siyosiy arbob Tikulti-anal-esharra ( Tiglatpalasar 1115–1077-yillar) chiqdi. Podsho Tiglatpalasar I (mil.avv. 1115–1077-yillar atrofida) davrida xalqaro vaziyat Osuriya foydasiga o‘zgardi. Bu davrda Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr siyosiy tarqoqlik tomon yo‘l tutdi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, Shimoliy Suriya va Shimoliy Finikiya, Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga oldi. Osuriyaning gullab-yashnashi mil.avv. XII–XI asrlarda Arabistondan oromiy qabilalarining bostirib kelishi natijasida tugadi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling