105-guruh talabasi Fan nomi: Yozma tarjima mustaqil ishi bajardi
Download 1.3 Mb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Yozma tarjimaning badiiy tarjima bilan uzviy bog’liqligi.
VAZIFA
C1-Maqola formatini tahlil qilish va o’rganish. F1- Maqola C1-Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi. F1-Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. MAVZU: Yozma tarjimaning badiiy tarjima bilan uzviy bog’liqligi. Badiiy nutq tarkibida qo‘llanilgan hissiy-tasirchan lisoniy vositalar tizimi asarning umumiy-estetik xususiyatini vujudga keltirgani xolda, muallifning badiiy-g‘oyaviy maqsadini ro‘yobga chiqaradi. Badiiy asar tarkibida og‘zaki (asosan dialogik) nutq namunalarini namoyish etadigan bunday lisopiy vositalar so‘zlovchining atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan ham ijobiy, ham salbiy munosabatlari ifoda etadi. Mazkur munosabatlar do‘stona, tahsinomuz tarzda namoyon bo‘lishi xam, hazilomuz, kinoyali, iltifotsiz shaklda ko‘zga tashlanishi ham, tahqiro-muz, haqoratomuz oxang kasb etishi xam mumkin. Badiiy yodgorlikning umumiy hissiy-ta’sirchan ohangini tarjimada to‘la-to‘kis qayta yaratish mas’uliyati san’atkordan tarjima tilida asliyatda qo‘llanilgan turli-tuman hissiy-ta’-sirchan,lisoniy birliklar ma’no va uslubiy vazifalarini aks ettiradigan muqobil ifoda vositalari qidirib topishni, buning uchun, birinchi navbatda, qiyoslanayotgan tillar ular orasidagi muvofiqlik va o‘zgachalik xolatlarni muayyan etishni talab qiladi. Til zahiralarining imkoniyatlaridan unumli foydalanmasdan, sinonimik qatorni vujudga keltiruvchi lisoniy vositalarning umumiy, hukmron a’zolariga murojaat qilish tarjima tilining uslubiy rang-barangligini, obrazli xususiyatini, hissiy-ta’sirchan ohangini soddalashtirib, nursiz holga keltirib qo‘yadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling