11- amaliy mashg’ulot mavzu: matnli fayllar bilan ishlash operatorlari. Ishning maqsadi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082277
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIvLrBXsctH9rphY7YUmnGnV67r0uyV2jlUqxtD0 (1)



11- AMALIY MASHG’ULOT 
 
MAVZU: MATNLI FAYLLAR BILAN ISHLASH OPERATORLARI. 
 
Ishning maqsadi: C++ dasturlash tilida matnli fayllar yaratishni va ularni 
qayta ishlashni o’rganish. Fayllar bilan ishlash ko’nikmalarini oshirish.
Masalaning qo’yilishi. Har bir talaba guruh ro’yxatidagi tartib raqami 
bo’yicha quyidagi jadvallarda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Dastur matni va 
dastur natijasini hisobot shaklida topshiradi. 
Masala: Berilgan nomdagi matnli faylni yaratish va unga ixtiyoriy so’z kiritish 
dasturini tuzing. So’zdagi harflarni alifbo tartibida saralang. 
Masalani yechish goyasi: Xotiradan char tipli fayl nomi uchun sig’imi 50ta 
simvol bo’lgan fayl_nomi nomli o’zgaruvchi e’lon qilamiz. String tipli 2 ta suz va 
suz1 o’zgaruvchilarini e’lon qilamiz, bular so’z kiritishimiz va kiritgan so’zimizni 
alifbo bo’yicha tartiblashimiz uchun zarur bo’ladi. Scanf operatori yordamida 
fayl_nomi nomli o’zgaruvchiga qiymat biriktiramiz. Keyingi qadamda ofstream 
oqim klasidan fayl nomli obyekt e’lon qilinadi. Yaratilgan fayl nomli obyekt 
yordamida standart open() funksiyasiga murojaat qilinadi. Bunda open() 
funksiyasiga parametr sifatida faylni nomi va kengaytmasini o’zida saqlagan 
fayl_nomi o’zgaruvchisini beramiz. Keyingi qadamda avvaldan e’lon qilingan suz 
o’zgaruvchisiga cin operatori yordamida ixtiyoriy biror so’zni qiymat qilib kiritiladi.
suz1 o’zgaruvchiga uni nusxalab qo’yamiz. Int tipida biror o’zgaruvchi olamiz, 
masalan k. Unga suz1 ni uzunligini length() funksiyasi yordamida qiymat sifatida 
olamiz. Shundan so’ng kiritilgan so’zni alifbo bo’yicha saralaymiz. Bunda 
harflarning ASCII kodida turgan o’rni bo’yicha saralash bajariladi. Saralash 
tugatilgandan so’ng if shart operatori bilan is_open() funksiyasini qo’llab fayl 
ochilganligini tekshirib olinadi. Agar fayl ochilgan bo’lsa avval saralanmagan so’z 
va keyin saralangan so’z faylga yoziladi, aks holda “Fayl yaratishda xatolik sodir 
bo'ldi” yozuvini ekranda chop qilinadi. Keyingi qadam close() funksiyasini qo’llab 
faylni yopamiz. Oxirida shunchaki xabar sifatida “Dastur muvoffaqqiyatli bajarildi” 
xabarini ekranda chop qilamiz. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling