11- ma’ruza materiallarning elektr fizik va elektr kimyoviy usullari bilan qayta ishlash
Download 125.9 Kb. Pdf ko'rish
|
11 ma\'ruza
Mis elektrolizi
Mis elektrolizidan maqsad, eritish usuli bilan maxsus pechda olingan, tozalanmagan mis quymasi tarkibidan keraksiz qo„shilmalarni tozalash va shuningdek, mis quymasi tarkibidagi sof va turli rangli metallarni ajratib olish va natijada toza elektrotexnik mis hosil qilishdan iboratdir. ushbu jarayon quti (yao„ik) tipidagi elektroliz vannalarida amalga oshiriladi. mazkur vannalarga tozalanmangan mis quymasidan iborat anodlar o„rnatilib, ular orasiga yupqa, toza misdan iborat katodlar joylashtiriladi. shundan so„ng vannaga, o„zidan mis kuporosining suvdagi eritmasini ifodalovchi, elektrolit to„ldiriladi. elektrolit qarshiligini kamaytirish uchun eritma sulpfat kislotasi bilan boyitiladi. anodlarning har biri o„zidan massasi 300 kg ga, qalinligi 35-45 mm ga teng bo„lgan plitalarni ifodalaydi, katodlar esa qalinligi 0,6-0,7 mm bo„lgan, elektrolitik misdan yasalgan plastinalarni ifodalaydi. katod elektrodlarini maxsus shtangalarga osish uchun ularga quloqchalar-ilgaklar payvandlangan bo„lib, qo„shni katod va anod elektrodlari orasidagi masofa 35-40 mm ni tashkil etadi. vannadan doimiy tok o„tkazilganda tozalanmagan mis (anodlar) erishi va natijada toza misning katod elektrodlarga o„tishi amalga oshadi. bunda anod tarkibidagi sof metall va boshqa qo„shilma (element) lar o„ziga xos cho„kma hosil qiladi. elektroliz jarayoni vannadagi kuchlanishning qiymati 0,3-0,35 v ni tashkil qilganda boshlanadi. tokning zichligi esa mayda donador, zichligi katta bo„lgan tekis mis katodi olish shartlaridan kelib chiqib cheklab boriladi. tozalanmagan mis zichligiga ko„ra tok zichligi 180-270 a/m 2 ni tashkil qiladi. tokka ko„ra chiqish ishining real qiymati 92-98% ni tashkil qiladi. elektr energiyasining solishtirma sarfi toza misga nisbatan 200-379 kvt. soat/tonna ni tashkil qiladi. katodlar va anodlar vannada parallel ulanib, vannalar esa ketma – ket ulanadi (multipl sistemasi). vannada elektrodlarning ketma-ket ulanishi (seriy sistemasi) kamdan kam qo„llaniladi. elektrolit harorati 333+3 k darajada ushlab turiladi. elektroliz vannalarida shuningdek o„ziga xos, ya‟ni spetsifik usulida rux elektrolizi, alyuminiy elektrolizi kabi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. bunda alyuminiy olish texnologik jarayoni katta miqdordagi elektr energiyasi sarfini talab qiladi. alyuminiy olish uchun elektr energiyasini solishtirma sarfi 14 000–16 000 kvt.soat/tonna ni tashkil qiladi, xususan 1 tonna alyuminiy olish uchun energiya sarfi 16000+500 kvt. soatni tashkil qilgan hol uchun 1 kvt. soat energiya sarfiga 60-77 g miqdorida metall olinadi. elektroliz qurilmalarini o„zgarmas tok bilan ta‟minoti o„zgarmas tok generatorlari yoki sanoat chastotasidagi o„zgaruvchan tokdan o„zgarmas tokka aylantirib beruvchi yarim o„tkazgichli to„g„rilagich agregatlari tomonidan amalga oshiriladi. hozirgi kunda foydali ish koeffitsienti 97-99% ni tashkil qiluvchi kremniyli to„g„rilagich agregatlaridan foydalanish keng tarqalgan. o„zgaruvchan tokni o„zgarmas tokka aylantirish uchun mo„ljallanagan podstansiyalar o„zguruvchan tokni taqsim-lash qurilmasi, kuchlanishni boshqarish qurilmasi bilan ta‟minlangan kuch transformatorlari, yarim o„tkazgichli agregatlar, o„zgarmas tokni taqsimlash qurilmalari va o„z extiyojlarini qondirish qurilmalari majmuidan iboratdir. quvvati katta bo„lgan elektrolizerlarda qo„l-lanayotgan tok o„zgartirgichlar elektroliz qurilmalari seriyasiga komutatsion apparatlar yordamisiz bevosita ulanadi. nisbatan katta quvvatga ega bo„lmagan elektroliz qurilmalari o„zgartirgichlari esa bir paytni o„zida „imoyalovchi apparat „isoblanuvchi avtomat ulagichlar (vqklyuchatellar) yordamida ulanadi. elektroliz vannalari elektr manbasiga alohida paketlarga terib chiqilgan to„g„ri burchakli shinalar majmuadan iborat maxsus shinalar orqali ulanadi. ushbu shinalar odatda alyuminiydan yasalib, korroziya tufayli alyuminiy ishlatib bo„lmaydigan xollarda, misdan yasaladi. shinalarning kesim yuzasi, tokning iqtisodiy zichligiga ko„ra tanlanadi. elektroliz jarayoni uchun alyuminiy shinalariga bu kattalik 0,3-0,4; mis shinalariga 1,0-1,3 hamda cho„yan va po„lat shinalariga 0,15-0,12 a/mm 2 ni tashkil etadi. elektroliz vannalaridagi ishchi tok o„nlab, ayrim hollarda esa, yuzlab kiloamperni tashkil qilgani sababli shina o„tkazgichlari kesim yuzalari to„g„ri to„rtburchak yuzali shinalardan yiilib, sovitish maqsadida xar bir shina orasida shina qalinligiga teng bo„lgan masofa qoldiriladi. shinalarning qizishi oqibatida uzayishini kompensatsiya qilish maqsadida, shinalarning to„g„ri uchastkalarida har 20-25 m masofada egiluvchan shinalardan iborat kompensatorlar o„rnatiladi. podstansiyadan elektroliz sexigacha elektroenergiya uzatuvchi shinalar maxsus estakadalarga o„rnatilgan holda montaj qilinadi, alohida elektroliz vannalari o„rtasidagi shinalar esa, usti temir beton plitalar bilan berkitiluvchi kanallarda montaj qilinadi Download 125.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling