11- ma’ruza materiallarning elektr fizik va elektr kimyoviy usullari bilan qayta ishlash
Download 125.9 Kb. Pdf ko'rish
|
11 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galvanostegiya vannalari.
Galvanostegiya deb metall buyumni yuqori mexanik mustahkamlik va
korroziyaga bardoshligini oshirish yoki tashqi ko„rinishini yaxshilash uchun sirtiga elektrokimyo yo„li bilan metal qoplashga aytiladi. Galvanostegiyaga nikellash, xromlash, mislash, kadmiylash, sirtni sink, qo„rg„oshin, ko„mish, oltin bilan qoplash kabi jarayonlar qaraydi. Katodga qoplangan metall galvanik qoplashda mayda kristal tarkibga ega bo„lishi kerak, sirtga tekis taqsimlangan, tarkibida bo„shliqlar yo„q va asosiy metall bilan mustahkam bog„langan bo„lishi kerak. Mexanik mustahkamlik va korroziyaga bardoshlikni oshirish uchun uglerodli po„lat sirtiga galvanodiffuziya usuli qo„llaniladi: galvanik qoplama berilgandan keyin issiqlik ishlov beriladi va bu bilan diffuzion qatlam hosil qilinadi. Po„lat buyumlarni nikel yoki xrom bilan qoplashdan oldin qator xollarda detallarni mislab olinadi, keyin esa nikellanadi yoki xromlanadi. Ba‟zida uch qavatli qoplama xam yaratiladi (mis, nikel, xrom). Bunday qoplamalar buyumlarni 480-500 0 S-gacha qizdirilganda ham oksidlanishdan saqlaydi. Kumushlash va oltinlash – asosan dekorativ maqsadlarda qo„llaniladi. Oltinlash, kumushlash va mislashda qoplama yaxshiroq yopishishi uchun elektrolitga sian birikmalari qo„shiladi. Galvanostegiya vannalari. Galvanotexnik qoplash uchun vannalar odatda po„latdan tayyorlanadi, tuzli eritma ishlatilsa ularni plastmassa, rezina, ebonit bilan izolyasiyalanadi yoki kislota va issiqlikka qarshi laklar bilan bo„yaladi (rasm 6.2). Katod (K) va anod (A) shinalari izolyator Rasm 9.2. Galvanostegiya vannani sxemasi. (I)-larga o„rnatiladi. Katod shinalariga ilmoqlar o„rnati-lib, ularga buyumlar osib qo„yiladi. Anod shinalari (elektrodlar) katodga qoplanadigan metalldan polosa shaklida tayyorlanadi. qator xollarda (masalan, xromlashda) qo„rg„oshindan eki qo„rg„oshin-surma aralashmadan erimay-digan anod tayyorlanadi. Bu xolda elektrolitga doim qoplanadigan metall tuzlarini qo„shib turiladi. Elektroliz jarayonini tezlashtirish uchun elektrolit isitib turiladi. Galvanostegiya vannalari odatda o„zgarmas tok generatorlari yoki yarim o„tqazgichli o„zgartirgichlardan energiya oladi. Elektrodlardagi kuchlanish 6-24V, tok esa jarayonni parametrlari va ishlov berilayotgan sirtni o„lchamlariga qarab rostlanadi. Tokni zichligi 100-1000 A m 2 -gacha va undan yuqoriroq. Tok zichligini ko„paytirilsa elektroliz tezlashadi, ammo qoplamani sifati pasayadi. Anod sirtidan olinayotgan metallni miqdorini Faradeyni birinchi qonuniga binoan topish mumkin: Download 125.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling