Elektrolitlardan tok oqishi davomida elektrodlardan modda ajralib chiqish
jarayoni, shuningdek, modda zarrachalari tomonidan elektrodlarni o„zlashtirish
yoki yo„qotish bilan kuzatiladigan elektrodlardagi oksidlanish yoki tiklanish
jarayonlari
elektroliz deb ataladi.
Sanoatda elektroliz asosan metallarni anodda parchalash va parchalangan
eritmalarni katodda birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Vodorodli normal elektrod potensialiga nisbatan normal potensiali - 1 dan
katta bo„lgan moddalar qorishmalar elektrolizi orqali olinadi (Masalan, mis, rux).
Normal potensiali - 1 dan kichik moddalarni bu usulda olish mumkin emas.
SHuning uchun bunday moddalar olish uchun, shu metall tuzlari eritmalarining
elektrolizidan foydalaniladi.
Anodda metallning metall holatidan (Me
o
) ion holatiga o„tishi metalldan
elektronlarning ajralishi Me
0
-
ne
Me
n+
(parchalanishi) hisobiga amalga oshadi,
bu erda n - birlamchi zaryadlar soni. Katodda ion elektronlarni o„ziga o„zlashtirib,
metall xolatiga o„tadi Me
n+
+ne
Me
o
(katodni qoplash).
Elektroliz vannasidagi kuchlanish
U=U
1
+U
a
+U
k
+
I
l
(9.7)
bu erda :
U
1
- moddaning elektrokimyoviy parchalanish kuchlanishi.
U
a
, U
k
- mos ravishda potensialning anod va katodda tushishi.
I
- vannadagi tok kuchi;
l - elektrodlar o„rtasidagi masofa;
- elektrolit o„tkazuvchanligi;
Elektroliz vannasidagi jarayon elektr energiyasini o„zlashtirish orqali amalga
oshirilsa, bunday vannalar
elektrolizerlar deb ataladi. Elektrolizerning prinsipial
sxemasi 8.1 - rasmda keltirilgan: