11- ma’ruza. Ochiq kodli operasion tizimlar Reja: unix ot lar oilasi unix ot I ishlashi. Jarayonlarni bajarilishi
UNIX OT i ishlashi. Jarayonlarni bajarilishi
Download 428.25 Kb. Pdf ko'rish
|
11-document
2. UNIX OT i ishlashi. Jarayonlarni bajarilishi Jarayonlar ikki holatdan bittasida bajarilishi mumkin: foydalanuvchi va tizimli foydalanuvchi holatida, jarayon foydalanuvchi dasturini bajaradi va foydalanuvchi ma’lumotlar segmentidan foydalanishi mumkin. Tizimli holatda jarayon yadro dasturini bajaradi va tizimli ma’lumotlar segmentidan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchi jarayoniga tizimli funksiyani bajarish talab etilsa, u tizimli chaqiriq qiladi. Amalda, tizim yadrosini dastur sifatida chaqirig’i ro’y beradi. Shu vaqtdan boshlab, tizimli chaqiriqdan boshlab, jarayon tizimli jarayon hisoblanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi va tizimli jarayonlar, bir jarayonning ikki fazosidir, ammo ular bir-biri bilan xech qachon kesishmaydilar. Har bir fazo o’z stekidan foydalanadi. Masala steki, argument, lokal o’zgaruvchilar va masala rejimida bajariladigan funksiyalar ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dispetcher jarayoni foydalanuvchi fazasiga ega emas. UNIX tizimlarida vaqt ajratilishi tashkil etiladi, ya’ni har bir jarayonga vaqt kvanti ajratiladi, yoki kvant tugashi bilan u to’xtaydi va vaqt yangi kvanti berilishi bilan, u o’zining bajarilishini davom ettiradi. Dispetcherlash mexanizmi, hamma jarayonlar orasida prosessor vaqtini taqsimlaydi. Foydalanuvchi jarayonlariga prioritet, u olgan prosessor vaqtiga qarab beriladi. Hamma tizimli jarayonlar, foydalanuvchi jarayonlariga nisbatan yuqori prioritetga egadir va shuning uchun ham birinchi navbatda ularga xizmat qilinadi. Kiritish va chiqarish tizimi. UNIX da kiritish va chiqarish funksiyalari asosan 5 ta tizimli chaqirish bilan amalga oshiriladi: open, close, read, write va seek. Fayl tizimi. UNIX tizimida fayl ixtiyoriy murojaatli simvollar majmuasidan iboratdir. Faylga ma’lumotlar, foydalanuvchi tomonidan joylashtirilishi mumkin, va u boshqa strukturaga ega bo’lmaydi. Download 428.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling