11- ma’ruza. Ochiq kodli operasion tizimlar Reja: unix ot lar oilasi unix ot I ishlashi. Jarayonlarni bajarilishi


 UNIX OT i ishlashi. Jarayonlarni bajarilishi


Download 428.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi428.25 Kb.
#1416825
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-document

 
2. UNIX OT i ishlashi. Jarayonlarni bajarilishi 
Jarayonlar ikki holatdan bittasida bajarilishi mumkin: foydalanuvchi va tizimli 
foydalanuvchi holatida, jarayon foydalanuvchi dasturini bajaradi va foydalanuvchi 
ma’lumotlar segmentidan foydalanishi mumkin. Tizimli holatda jarayon yadro 
dasturini bajaradi va tizimli ma’lumotlar segmentidan foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchi jarayoniga tizimli funksiyani bajarish talab etilsa, u tizimli 
chaqiriq qiladi. Amalda, tizim yadrosini dastur sifatida chaqirig’i ro’y beradi. Shu 
vaqtdan boshlab, tizimli chaqiriqdan boshlab, jarayon tizimli jarayon hisoblanadi. 
Shunday qilib, foydalanuvchi va tizimli jarayonlar, bir jarayonning ikki fazosidir, 
ammo ular bir-biri bilan xech qachon kesishmaydilar. Har bir fazo o’z stekidan 
foydalanadi.
Masala steki, argument, lokal o’zgaruvchilar va masala rejimida bajariladigan 
funksiyalar ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dispetcher jarayoni foydalanuvchi 
fazasiga ega emas.
UNIX tizimlarida vaqt ajratilishi tashkil etiladi, ya’ni har bir jarayonga vaqt 
kvanti ajratiladi, yoki kvant tugashi bilan u to’xtaydi va vaqt yangi kvanti berilishi 
bilan, u o’zining bajarilishini davom ettiradi.
Dispetcherlash mexanizmi, hamma jarayonlar orasida prosessor vaqtini 
taqsimlaydi. Foydalanuvchi jarayonlariga prioritet, u olgan prosessor vaqtiga qarab 
beriladi. Hamma tizimli jarayonlar, foydalanuvchi jarayonlariga nisbatan yuqori 
prioritetga egadir va shuning uchun ham birinchi navbatda ularga xizmat qilinadi. 
Kiritish va chiqarish tizimi. UNIX da kiritish va chiqarish funksiyalari asosan 
5 ta tizimli chaqirish bilan amalga oshiriladi: open, close, read, write va seek. 
Fayl tizimi. UNIX tizimida fayl ixtiyoriy murojaatli simvollar majmuasidan 
iboratdir. Faylga ma’lumotlar, foydalanuvchi tomonidan joylashtirilishi mumkin, 
va u boshqa strukturaga ega bo’lmaydi.

Download 428.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling