11 -mavzu. Qurilish materiallari va o’rmon sanoati


Download 49.76 Kb.
bet1/2
Sana16.11.2023
Hajmi49.76 Kb.
#1778030
  1   2
Bog'liq
11-M. Sanoat.


11 -mavzu. Qurilish materiallari va o’rmon sanoati.
Reja:
1.Qurilish materiallari sanoati korxonalarining joylashuvi.
2.Tarmoqning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Yog’ochni qayta ishlash va o’rmon sanoati.


QURILISh — moddiy i.ch.ning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng ma’noda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan i.ch. korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va b. ob’ektlar Q. mahsu-lotlari hisoblanadi. Q.da ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun bo’lib (bir necha oydan bir necha yilgacha), i.ch. jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xo’jalik usulidagi Q.ni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital ta’mirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan ob’ekt xususiyatlariga ko’ra sanoat, transport, qishloq, suv xo’jaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Q.larga bo’linadi. Q. O’zbekiston Respublikasidagi moddiy i.ch.ning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmog’iga ko’ra Q. sanoat va q.x.dan keyin 3-o’rinda turadi. 2003 y.da yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000 y.da 6,1%), xalq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Q. hissasiga to’g’ri keladi. Q. xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga xizmat ko’rsatib, asosiy fondlarni qayta takror i.ch. uchun sharoitlarni ta’minlaydi, xalq xo’jaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o’zlashtirish, bo’sh mehnat resurslarini ijtimoiy i.ch. ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Q. ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xo’jalik usullarida olib boriladi. Q. industriyasi negizini davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo’shma va b. pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, o’z moddiy-texnika va i.ch. bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo’lgan korxonalar, transport va b. yordamchi xo’jaliklar tashkil etadi. O’zbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aktsiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qo’shma korxonalar, loyiha va il miy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot in-tlari faoliyat ko’rsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi. 2003 y.da respublikaning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1867,4 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablag’ning 1236,1 mlrd. so’mi (65,1%) i.ch. ob’ektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yo’naltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Q. tashkilotlari tomonidan jami 808,1 mlrd.so’mlik Q. ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 mlrd. so’mi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Q. tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi). Q. ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat ko’rsata-yotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy ta’mirlash ishlariga to’g’ri keladi. O’rta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Q. ishlari hajmi 350,4 mlrd. so’mni tashkil etdi (respublika bo’yicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%). Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aktsiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Q. moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (q. Kurshshsh materi-allari sanoati).
QURILISh MATYeRIALLARI SANOATI — uy-joy qurilishi, sanoat, q.x. va b.dagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Sement, asbest-tsement shiferi, asbest-tsement quvurlari, devor materialari (g’isht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yig’ma temir-beton konstruktsiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shag’al, qum-shag’al aralashmasi) va b. Q.m.s.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Qadimda g’isht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va b. qurilish materiallari ma’lum edi. 19-a. ning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori bo’lgan, suvda qotadigan portland sement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton i.ch. va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-a.larda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Q.m.s. mahsulotlari tur tarkibi va i.ch. hajmlari yuqori sur’atlarda yuksaldi. O’zbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g’isht, guvala, yog’och sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari bo’lib kelgan. Humdonlarda pishirilgan g’isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo’nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo’llanilgan. Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xo’jaligidagi sanoat tarmog’i sifatida 20-a. boshlarida paydo bo’ldi. 1913 y.da hoz. O’zbekistonda jami 20 dan ko’proq kichik g’isht z-dlari, ohak va alebastr i.ch. korxonalari ishlagan. 20-a.ning 20-y. laridan boshlab dastlabki Q.m.s. korxonalari (tsement, g’isht z-dlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi. 21-a. boshida respublikaning ko’p tarmoqli Q.m.s.da sement, asbest-tsement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruktsiyalari va b. ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xo’jaligining qurilish materi-allariga bo’lgan talabini to’la qondi-radi. Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qo’shma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003 y.da O’zbekistonda sanoat mahsuloti i.ch.ning umumiy hajmida Q.m.s. salmog’i 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat ko’rsa-tadigan eng yirik tashkilot «O’zqu-rilishmateriallari» aktsiyadorlik kompaniyasi (1997 y.da tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aktsiyadorlik jamiyati, 39 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qo’shma korxona) respublikada ob’ektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlaydi. 2003 y.da respublika Q.m.s.da (yirik va o’rta korxonalar bo’yicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2 ichki devorlarni qoplashga mo’ljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2 linoleum, 6434,5 ming m2 deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004 y.da 31,7 mln. AQSh dollari).

Download 49.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling