11- mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari Tayanch so‘zlar


Download 17.66 Kb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi17.66 Kb.
#1122176
1   2
Bog'liq
11м-Mavzu

Nimani baholash kerak?
Nazariy bilimlarni;
 amaliy ko‘nikma va malakalarni;
 xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni.
Qachon baholash kerak?
 Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash);
 Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash);
 Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). Baholashning asosiy xususiyatlari:
 Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik;
 Muntazam o‘tkazib borish;
 Pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
 Umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik. Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganda kognitiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholanayotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanayotganida esa - effektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini baholaganda uning og‘zaki javobini, uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi materialni o‘rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. O‘quvchilarning yozma ishlarini baholashda texnologik termin va nomlarning to‘g‘ri yozilishini (texnologik savodxonligini), ishlarning sistemali va bartartib bajarilganligini ham nazarda tutish lozim. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart.
O‘quvchilarning bilimi besh baho sistema bilan baholanadi. O‘quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, - materialni izchil, mantiqan bog‘lagan holda xatosiz bayon etish, hisob-kitob va grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiytexnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to‘g‘ri tadbiq etish, mehnat usullarini to‘g‘ri bajarish, texnikaviy jarayonlar doirasida sifat ko‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish “5” baho bali bilan baholanadi . “4” ball butun o‘quv materiallarini bilish va tushuntirish, uni og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g‘ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan o‘quv mehnat topshiriqlarini bajarishga nisbatan erkin foydalana bilish, barcha ish uslublarini sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan doirada to‘g‘ri bajarish, bunda mehnatni tashkil etishda kamchillikka yo‘l qo‘ymasdan, belgilangan vaqt normasiga muvofiq o‘z vaqtida bajarganligi uchun qo‘yiladi. “3” ball programmadagi asosiy materialni (bayon qilish) bundan keyingi o‘quv mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan, hajmda bilishi va tushuntirishi, o‘quv materialini bir muncha xato va kamchiliklar bilan o‘qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, olingan ilmiytexnikaviy bilimlardan, amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida sust foydalanishi mehnat usullarini yetarli darajada egallamaganligi (natijada buyum sifati pasayib ketadi), mehnatni tashkil etishda oz kamchilik bo‘lgan holda belgilangan vaqt normasini 75 % bajargani uchun qo‘yilmadi. “2” ball programma materialining ko‘p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini yetarli darajada qunt bilan bajarmaslik, olingan bilimlarni ancha xatolarga yo‘l qo‘yib tadbiq qilish, mehnat operasiyalarini ko‘p xatolar bilan boshqarish, mehnatga belgilangai sifat ko‘rsatkichlarining ta‘minlay olmasligi uchun qo‘yiladi. “1”ball o‘quv jarayonini umuman bilmasligi, berilgan topshiriqdan bo‘yin toblash, asboblardan foydalana bilmaslik va uni ishdan chiqarish xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzish. Shuni eslatib o‘tish lozim, ball baholar ishi tipovoy normalari bo‘lsa ham, ular aslida umumiy o‘rni normalar bo‘lib, ularni albatta indivduallashtirish kerak. Usta va mehnat o‘qituvchisi ball qo‘yish normalariga ijodiy yondoshishi bu masalaga bir xil qaramasligi lozim. Baholarning tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan o‘qituvchini qo‘ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu hol o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarni, amaliy ishlardagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. O‘qituvchi baholarni izohlar ekan, sinf, guruhini diqqat e‘tiborini berilgan javob yoki bajarilgan topshrigini ijobiy va salbiy tomonlariga qaratilishi, buni barcha o‘quvchilar keyingi o‘quv mehnat faoliyatlarida hisobga olishlari zarur. Baholarni muntazam izohlab berish ularning ta‘limiy rolini oshiradi. Chorak bahosi, o‘rtacha arifmetik hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog‘ini inobatga olib chiqariladi. Bundan o‘quvchining og‘zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega. O‘qituvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholashda o‘quvchi javobini tahlil qilib boradi va javoblar yuzasidan o‘z mulohazasini aytadi. O‘quvchi javob berayotganida qanday xato va kamchiliklarni yo‘l qo‘yganini ko‘pincha uning o‘zi sezmaydi. Bunday holda o‘qituvchi o‘quvchining javobini qisqacha tahlil qilib berishi talab etiladi. Shunda o‘qituvchi qo‘ygan bahoning tog‘riligiga o‘quvchida shubha qolmaydi. O‘quvchi o‘z bilimida qanday yutuq yoki kamchilik borligini, nima uchun uning bali oshirilgani yoki pasaytirilganini anglagandagina qo‘yilgan baho rag‘batlantiruvchi rol o‘ynashi mumkin. O‘quvchi o‘z xatosini to‘la tushungandagina uni to‘g‘irlashga ongli ravishda intiladi. O‘qituvchi o‘quvchi bilimini ball bilan baholar ekan, erishgan yutug‘i uchun rag‘batlantiradi, kamchiliklarini qayd qilib qo’yadi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarini qanday bartaraf etish yo‘llarini, dars tayyorlash vaqtida asosiy e‘tiborni nimalarga qaratishi kerakligini ko‘rsatadi. Bunday asoslash o‘quvchining bundan keyingi faoliyatiga ham ijobiy ta‘sir etadi. Bilimlarni tekshirish va baholash o‘quvchilarni tizimli mehnat qilishga, mustaqil ishlashga, bilimlarni egallashdagi mas’uliyatni sezishga o‘rgatadi. Bilimlarni mustahkam, sifatli o‘zlashtirish uchun kurash, harakat qilish, bolalarni o‘z-o‘zini boshqarishga, intizom, qat‘iylik, ishni oxirigacha yetkazishga, o‘qquv topshiriqlirini tizimli va sifatli bajarishga undaydi. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholash ota-ona uchun ham ahamiyatlidir. Chunki otaona qo‘yiladigan baholar orqali o‘z bolalarining o‘qishi haqida asosli ma‘lumot olib turadilar.
Download 17.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling