11-1-Ma’ruza. Mashinasozlik ishlab chiqarish tizimida kesuvchi asboblar. Ularni dastgoxlarga o’rnatish tizimi. Mavzu rejasi


Download 1.21 Mb.
Sana18.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1784281
Bog'liq
РДБ 11-1-мавзу Алмашув мех-м


11-1-Ma’ruza.


Mashinasozlik ishlab chiqarish tizimida kesuvchi asboblar.
Ularni dastgoxlarga o’rnatish tizimi.



Mavzu rejasi:

  1. Avtomatik almashuv mehanizmlari

  2. Ularning klassifikatsiyalari.



Avtomatik almashuv mehanizmlari klassifikatsiyalari.

Moslanuvchan ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan RDB dastgohlarning asosiy hususiyatlarining biri-bu ularda kesish asboblari avtomatik almashuvi mehanizmlari va qurilmalarning mavjudligidir. Bunday mehanizm va qurilmalarning asosiy vazifasi yordamchi vaqtni qisqartirishdan iborat.


Asboblari avtomatik almashuvi (AAA) mehanizmlariga zarur bo’lgan kesish asboblar yig’indisini o’ziga olgan qurilmalar kiradi. Ularning tarkibi asosan magazinlar, shpindel revolver kallaklar, avtooperatorlar, ushlab oladigan qurilmalar, mehanizmlarni harakatlantiruvchi yuritmalar va hokazo qurilmalardan iborat. AAA usullarining klassifikasiyasi 7.1-rasmda berilgan.

7.1-rasm. Asboblari avtomatik almashuvi usullari klassifikatsiyasi

Asboblar almashuvi mehanizmlarning konstruksiyasi va komponovkasi dastgohning turi, shpindelning joylashuvi, asboblaring turi va soni hamda almashuv vaqtiga bog’lik bo’ladi.


Parmalash, frezalash va yo’nish dastgohlarida AAA mehanizmlarning komponovkalarini uch asosiy guruxga bo’lish qabul etilgan:
1) asboblari almashuvi uchun butun shpindel tugunini almashtirish;
2) asbobni shpindelda almashtirish;
3) kombinatsiyalashgan usullari.
Birinchi gurux qurilmalari odatda shpindellar to’plamiga ega bo’lgan revolver kallaklar yoki shpindel tugunlari joylashgan magazinlar ko’rinishida bajariladi. shpindel gilzalarining magazinlari barabanli va halqali yoxud chiziqli bo’lishi mumkin. Bir xil diametrdagi gilzalar magazinlarida yengil ishlar uchun tez yurar Shpindellar hamda og’ir ishlar uchun bikr Shpindellar joylashadi. Gilzalar navbat bilan ishchi holatni egallashadi, shunda Shpindel bosh harakat yuritmasi, gilza esa surish harakati yuritmasi bilan ulanadi. Gilzalarning almashish sxemasi 7.2-rasmda ko’rsatilgan.
Bunday almashtirish uslubining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) shpindellarda asboblari qo’lda ishonchli va maxkam o’rnatish;
2) asboblaring yetarli kattalikdagi soni;
3) almashuvga qisqa vaqt (2 - 3 s) sarflanishi.
Shu bilan birga mazkur mehanizmlar qator jiddiy kamchiliklarga ega: past aniqlik, yuqori narx, ish fazosi cheklangan. Shu kamchiliklar tufayli bunday mehanizmlar dastgohlarda keng tarqalishga erisha olmadi.


Nazorat savollari:

  1. Avtooperator nima?

  2. Opravka nima?

  3. Asboblari avtomatik almashuvi mehanizmlariga quyiladigan talablar?

  4. Asboblari avtomatik almashuvi mehanizmlarning komponovkalarining vazifalari?

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling