11 Amaliy dars


Ishlab chiqarish bino va inshootlar oralig‘idagi yong‘indan saqlash masofalari


Download 21.22 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1160938
1   2   3   4
Bog'liq
11. Амалий

Ishlab chiqarish bino va inshootlar oralig‘idagi yong‘indan saqlash masofalari.

Bino va inshootlarning o‘tga chidamligi

YOng‘indan saqlash masofalari, m

II

III

IV va V

II

10

12

16

III

12

16

18

IV va V

16

18

20

Badiiy, me’moriy talablar. Ishlab chiqarish majmualarida doimo ish bajariladi. SHuning uchun ham u er ishchi o‘rinlari hisoblanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni kishilarning nafaqat moddiy talabini qondirmay, ma’naviy talablarga ham javob berishi kerak. Ya’ni, ishlash, dam olish joydlari toza va yoqimli bo‘lishiga erishish talab qilinadi. Buesa kishilarning mehnatga sevgi, hurmat bilan qarashini tarbiyalovchi shartlardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish majmuasi qurilishning chiroyli, ko‘rinishiga me’moriy kompozitsiyalarning qurollaridan to‘liq foydalangan holda erishish mumkin.
Ishlab chiqarish majmualarining loyihalarini tuzish tartibi uning turiga, xo‘jalik er maydoniga nisbatan joylashishiga, me’moriy va me’yoriy talablarga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish majmualarining loyihalari, ularning umumiy joylashishidan boshlanadi. Hamma ishlab chiqarish majmualarini xo‘jalikning umumiy er maydoniga, aholi yashaydigan joyga va bir-biriga nisbatan joylashtirish talablariga binoan umumiy bir necha jo‘ramol variantlari ishlab chiqiladi. So‘ng esa, alohida, majmualarning ichki loyihasi, oldin umumiy holda, bundan keyin, har bir elementlari joylashtiriladi. Majmuaning loyihasi qo‘yidagi tartibda bajariladi.

  1. Loyihalash uchun kerakli materiallar o‘rganib chiqilai va hisob kitob ishlari bajariladi.

Loyiha tuzish uchun kerak bo‘lgan asosiy materiallarga, loyiha tuzish uchun vazifa, qidiruv ishlari natijalari va me’yoriy materiallar kiradi.
Ishlab chiqarish majmualarining quvvati saqlanadigan mahsulotlar hajmi, qurilishlarga sarflanadigan xarajatlar, fermalardagi mollar soni, boqish, em-xashak berish usullari, em-xashak turi va xokazolar hisobga olinad.

  1. Majmuaning mahsulotlarni topshirish punktlari va korxonalar bilan bog‘liqligini aniqlagandan keyin, xo‘jalik er maydonining u yoki bu (chetda, o‘rtasida) tomonida joylashishi aniqlanadi. (Ishlab chiqarish majmualarini joylashtirish prinsiplari, aholi punktlarini joylashtirish bobda keltirilgan).

  2. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishlarning bajarish tartibi (texnologiyasi) chizmada grafik asosida ishlab chiqiladi.

4. Har qaysi ishlab chiqarish majmualari bo‘yicha bino va inshootlar tarkibi, turi aniqlanadi.
5. Har qaysi viloyatning tabiiy sharoitiga qarab bino va inshootlarning sig‘imi, hajmi, soni, bahosi, chizmalari, tasdiqlangan, ishlab chiqarishga joriy etilgan namunaviy loyihalardan qabul kilinib, majmua maydonlari aniqlanadi.
6. Har bir majmua maydoni ishlarning bajarilish tartibga nisbatan mintaqalarga bo‘linadi.
7. Majmua katta transport magistrali bilan bog‘lovchi yul joylashtirilib, majmuaga kirish joyi aniqlanadi.
8. Loyiha tuzishda, bino va inshootlarni joylashtirish usullari qabul qilinadi.
9. Har bir majmuaga bino va inshootlar, ularga xizmat qiladigan yullar joylashtiriladi.
10. Majmualarni obodonlashtirish ishlari (gaz, ichimlik, chiqindi issiq suvlar va boshqa injenerlik inshootlar bilan ta’minlash) bajariladi va alohida chizmada ko‘rsatiladi.
11. Natijada loyihaning texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatgichlari hisoblab chiqiladi.
Ishlab chiqarish majmualariga bino va inshootlarda bajariladigan ishlar turi, tartibi, yong‘indan xavfliligi, relefi, yuklar xajmi, u erdagi ishlaydigan ishchilar soni va hokazolar hisobga olingan xolda majmua maydoni mintaqalarga bo‘linadi. Bunda bajariladigan ishlarning tartibi, bir xil sanitariya-gigiena va yong‘inga chidamliligi, bir xil transprtidan, energiyadan foydalanuvchilarni alohida guruxlarga bo‘lib, ularni majmua maydoniga joylashtiriladi.
Ishlab chikarish majmua va hovlilarini bunday mintaqalarga bo‘lish, loyiha elementlarining joylashishi vabiri-biri bilan aniq bog‘lanishi, me’moriy echimlarini osonlatiriladi.
Xo‘jaliklardagi ishlab chiqarish hovlilari, majmualari o‘zlarining yunalishi, turi katta- kichikligi, u erdagi ishlarning bajarilishtartibi va xokazolar bilan bir-biridan farq qilinadi va xilma-xil bo‘ladi. SHuning uchun ularning maydoni yana ichki mintaqalarga bo‘lish ham faqat shu majmuaga ta’luqli bo‘ladi.

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling