11-amaliy ish. Sinxron raqamli iyerarxiya (sdh) ning asosiy topologiyalari: nuqta-nuqta, xalqa, yacheykali
Download 69.6 Kb.
|
11-AI-OAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.10.2. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
12.10.1. “Nuqta – nuqta” topologiyasi
Ikkita A va V tugunlarni bog’lovchi tarmoq segmenti yoki “nuqta-nuqta” topologiyasi, SDHning bazaviy topologiyalari ichida eng soddasidir. Bu topologiya terminal multipleksorlar (TM) yordamida optik agregatlarning chiqish va kirish liniyalari va kanallarini zaxirasiz va zaxira asosida qurish imkonini beradi. Agar elektrik yoki optik agregatlarning chiqish yoki kirish kanalari ishdan chiqsa, yuz foizli 1+1 turidagi zaxirani qo’llagan holda bir necha millisekund ichida avtomatik tarzda zaxira kanaliga ulanishi mumkin. B u topologiya sodda bo’lishidan qat’iy nazar, yuqori tezlikka ega bo’lgan magistral liniyalarda keng miqyosda qo’llaniladi (masalan, raqamli telefon trafikalariga xizmat ko’rsatadigan okeanlararo magistral liniyalarida qo’llanilishi mumkin). Shuningdek bu topologiya yuqori ierarxiyadagi yangi SDH tezliklariga o’tishda, sinov uchun ham qo’llaniladi, (masalan, 622 Mbit/s (STM-4) dan 2.5 Gbit/s (STM-16) ga o’tish uchun yoki 2.5 Gbit/s (STM-16) dan 10 Gbit/s (STM-64) ga o’tishda). Xuddi shu topologiya radial xalqali topologiyaning bir qismi sifatida ham qo’llaniladi va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasining asosini tashkil etadi, boshqa tomondan zaxirali “nuqta-nuqta” topologiyasini yoyilgan “xalqa” topologiyasi deb qarash mumkin. 12.10.2. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi Bu topologiya tarmoqdagi trafiklarning faolligi yuqori bo’lmaganda, tarmoqning bir necha joyida kirish va chiqish kanallarini tashkil qilish zarurati bo’lganda multipleksorlarni qo’llagandagi kabi, ajratuvchi/birlashtiruvchi nuqtalarda kirish/chiqishli multipleksorlarni qo’llaganda ham foydalanish mumkin. Bu topologiyani, zaxiraga ega bo’lmagan ketma-ket liniya zanjiri yoki 1+1 turidagi zaxiraga ega bo’lgan murakkab ketma-ket liniya zanjiri ko’rinishiga keltirish mumkin (12.10.-rasm). 1 2.10.-rasm. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi. 12.112.-rasm. 1+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi Download 69.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling