11-amaliy mashg’ulot. Tilshunoslik va psixologiya reja
Download 33.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqTF.11-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- XI.1. Psixolingvistika
11-amaliy mashg’ulot. TILSHUNOSLIK VA PSIXOLOGIYA Reja: Psixolingvistika fani. Tilshunoslikda psixologik yo‘nalish va lingvistik maktablarning bunga munosabati. Adabiyotlar: Психолингвистика. Ўқув-услубий мажмуа. –Тошкент: Университет, 2011. Nurmonov A., Yo’ldoshev B. tilshunoslik va tabiiy fanlar. – T.: Sharq, 2001. Ахутина Т.В. Порождение речи. Нейролингвистический анализ синтаксиса. - М., МГУ, 1989. Величковский Б.М. Современная когнитивная психология. - М., 1982. Венцов А.В., Касевич В.Б. Проблемы восприятия речи. - СПб., 1994. Выготский Л.С. Мышление и речь // Собр.соч.: в 8 т. - М., 1982. Т.1. Жинкин Н.И. Речь как проводник информации. - М., 1982. Залевская А.А. Введение в психолингвистику. Учебник. - М., Российский государственный гуманитарный университет, 1999. Tayanch tushunchalar: Psixolingvistikaning ob'ekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili. Tushunchaviy-terminologik apparati. Psixolingvistika psixologik fan sifatida. Psixolingvistika va tilshunoslik. Nutqiy faoliyat bir tomondan tilshunoslikning o‘rganish ob'ekti bo‘lsa, ikkinchi tomonidan psixologiyaning ham tekshirish predmeti sanaladi. Demak, tilshunoslik bilan psixologiyaning ham kesishish nuqtasi mavjuddir. Ikki fan oraligidagi kesishish nuqtasi psixolingvistikaning o‘rganish ob'ekti sanaladi. XI.1. Psixolingvistika Psixolingvistika atamasi amerika olimlari tomonidan ilmiy hayotga olib kirildi. Ilk marta bu atama 1946 yilda amerika psixologi N. Pronko tomonidan «Til va psixolingvistika» nomli maqolasida qo‘llanildi. Lekin bu maqolada psixolingvistikaning maqomi keng ilmiy jamoatchilik e'tirof etadigan darajada belgilanmagan edi. 1953 yilda Indiana shtatining Blumington shahrida mashhur amerika psixologlari Dj. Keroll va Ch.Osgudlar bilan taniqli tilshunos va etnogrf T.Siboeklar tomonidan o‘tkazilgan universitetlararo seminarda tilshunoslik bilan psixologiya munosabatlari muhokama etildi va bu ikki fan oralig‘ida psixolingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida fan yo‘nalishi bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Seminarda turli ixtisoslik vakillari ishtirok etdilar. Xususan, 1953 yilda «Tilni o‘rganish» nomli asar yozib, unda tilshunoslikning boshqa fanlar bilan, ayniqsa, psixologiya bilan munosabatini chuqur tahlil qilib dovruq qozongan Dj. Keroll, folkloristika bo‘yicha shuhrat topgan T. Sibeok, tilshunoslik bo‘yicha ancha mashhur bo‘lib qolgan, induslar tili va madaniyati bo‘yicha taniqli mutaxassis Dj. Djenkins, tillarning geneologik tasnifi va til tarixi bilan shug‘ullanuvchi Dj. Grinberg kabi mashhur olimlar bilan birlikda, bir qator yosh tadqiqotchilar ham ishtirok etdilar. Ikki oy davom etgan bu seminarda psixolingvistik tadqiqotlarning nazariy asoslari bo‘yicha bir fikrga kelindi. Seminarda ishtirok etgan olimlarning psixolingvistika bo‘yicha umumiy platformasi. 1954 yilda «Psixolingvistika» nomi bilan nashr etilgan kollektiv monografiyada o‘z ifodasini topdi. Bu kitob ilmiy jamoatchilik o‘rtasida katta shuhrat topdi. Natijada psixolingvistika tilshunoslik va psixologiya oralig‘idagi alohida fan yo‘nalishi sifatida e'tirof etila boshlandi. Tez orada dunyoning turli mamlakatlarida, xususan, Angliya, Fransiya, Italiya, Ruminiya Polsha, Chexoslovakiya, Gollandiya, Rossiya, Norvegiya, Kanada singari qator mamlakatlarda psixolingvistika maktablari dunyoga keldi. Psixolingvistika garchi asrimizning 50-yillaridan shakllangan bo‘lsa ham, lekin uning ildizi uzoq davrlarga — tilshunoslikda anchadan buyon davom etib kelayotgan psixologik yo‘nalishga borib taqaladi. Demak, psixolingvistika XIX asr tilshunosligida hukm surgan psixologik yo‘nalishning mantiqiy davomidir. Shuning uchun ham, avvalo, psixolingvistikaning ildizi bo‘lgan tilshunoslik nazariyasidagi psixologik yo‘nalish haqida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. Tilshunoslikda psixologik yo‘nalish ancha davrlardan buyon xukm surib kelayotgan til moxiyatini mantiqiy asosda yoritishga qarama-qarshi ravishda XIX asrning 50-yillarida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga keldi. Bu yo‘nalishning paydo bo‘lishida V. fon Xumboldtning til falsafasi katta ta'sir ko‘rsatdi. Tilshunoslikda psixologik yo‘nalishning asoschisi, nemis tilshunosi V. fon Xumboldtning shogirdi X. Shteyntaldir. Download 33.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling