11-Amaliy mashgulot uchun topshiriqlar. I-topshiriq Topshiriqlar
Download 213.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy topshiriq 11 (2)
11-Amaliy mashgulot uchun topshiriqlar. I-Topshiriq Topshiriqlar 1. Satr berilgan. Satrdagi raqamlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 2. Satr berilgan. Satrdagi katta lotin harflari sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 3. Satr berilgan. Satrdagi kichik lotin va kirill harflarining umumiy sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 4. Satr berilgan. Satrdagi xamma katta lotin harflari kichigiga almashtiruvchi dastur tuzilsin. 5. Satr berilgan. Satrdagi xamma katta harflarini kichigiga almashtiruvchi dastur tuzilsin. (lotinchani ham, kirillchani ham) 6. Satr berilgan. Satrdagi xamma katta harflarini kichigiga, kichiklarini kattasiga almashtiruvchi dastur tuzilsin. (lotinchani ham, kirillchani ham) 7. Satr berilgan. Agar satrda butun son ifodalangan bo’lsa 1 chiqarilsin, agar haqiqiy son bo’lsa 2 chiqarilsin. Agar satrni so`nga aylantirish imkoni bo’lmasa 0 chiqarilsin. Haqiqiy sonning kasr qismi nuqta “.” Bilan ajratilgan deb qabul qilinsin. 8. Butun musbat son berilgan. Uning belgilarini (raqamlarini) chapdan o’ngga qarab chiqaruvchi dastur tuzilsin. 9. Butun musbat son berilgan. Uning belgilarini (raqamlarini) o`ngdan chapga qarab chiqaruvchi dastur tuzilsin. 10. Butun musbat sonni ifodalovchi satr berilgan. Shu son raqamlari yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 11. “son ± son ± … ± son” ko’rinishidagi arifmetik ifodani bildiruvchi satr berilgan. “±” belgisi o’rnida yo “+” yoki “-” bo’ladi. (Masalan: 7 + 3 – 2) Ifodaning qiymatini aniqlovchi dastur tuzilsin. (son o’rnida butun son kiritiladi) 12. Butun musbat sonni ifodalovchi ikkilik sanoq sistemasidagi son satrda berilgan. Bu sonning o’nlik sanoq sistemasidagi qiymatin o’zida saqlovchi satrni chiqaruvchi dastur tuzilsin. 13. Butun musbat sonni ifodalovchi o’nlik sanoq sistemasidagi son satrda berilgan. Bu sonning ikkilik sanoq sistemasidagi qiymatin o’zida saqlovchi satrni chiqaruvchi dastur tuzilsin. 14. N natural soni va satr berilgan. Uzunligi N ga teng bo’lgan satrni shunday hosil qilingki, agar kiritilgan satrning uzunligi N dan katta bo’lsa, satrning dastlabki belgilarini tashlab yuboring. Agar kiritilgan satrning uzunligi N dan kichik bo’lsa, yangi satr boshiga nuqtalarni “.” qo’shing. 15. N1, N2 natural sonlari va s1, s2 satr berilgan. s1 satrning dastlabki N1 ta belgisidan va s2 satrning oxirgi N2 ta belgisidan iborat yangi satr hosil qiling. 16. C belgisi va S satri berilgan. S satrida uchragan har bir C belgisini 2 marta orttiruvchi dastur tuzilsin. 17. C belgisi va S1, S2 satrlari berilgan. S1 satriga shu satrda uchragan har bir C belgisidan oldin S2 satrini qo’shuvchi dastur tuzilsin. 18. C belgisi va S1, S2 satrlari berilgan. S1 satriga shu satrda uchragan har bir C belgisidan keyin S2 satrini qo’shuvchi dastur tuzilsin.
19. S1 va S2 satrlari berilgan. Agar S2 satri S1 satrida bor bo’lsa true, aks xolda false chiqaruvchi dastur tuzilsin. 20. S1 va S2 satrlari berilgan. S2 satrini S1 satrida takrorlanishlar sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin. 21. S1 va S2 satrlari berilgan. S1 satrida birinchi uchragan S2 satrini o’chirib tashlovchi dastur tuzilsin. Agar S1 satrida S2 satri uchramasa S1 satri o’zgarishsiz qoldirilsin. 22. S1 va S2 satrlari berilgan. S1 satrida oxirgi uchragan S2 satrini o’chirib tashlovchi dastur tuzilsin. Agar S1 satrida S2 satri uchramasa S1 satri o’zgarishsiz qoldirilsin. 23. S1 va S2 satrlari berilgan. S1 satrida uchragan barcha S2 satrlarini o’chirib tashlovchi dastur tuzilsin. Agar S1 satrida S2 satri uchramasa S1 satri o’zgarishsiz qoldirilsin. 24. S1, S2 va S3 satrlari berilgan. S1 satrida birinchi uchragan S2 satrini S3 satriga o’zgartiruvchi dastur tuzilsin. 25. S1, S2 va S3 satrlari berilgan. S1 satrida oxirgi uchragan S2 satrini S3 satriga o’zgartiruvchi dastur tuzilsin. 26. S1, S2 va S3 satrlari berilgan. S1 satridagi barcha S2 satrini S3 satriga o’zgartiruvchi dastur tuzilsin. 27. Kamida bitta probeldan iborat satr berilgan. Satridagi birinchi va ikkinchi probel orasidagi belgilarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar satr faqat bitta probeldan iborat bo’lsa, bo’sh satr chiqarilsin. 28. Kamida bitta probeldan iborat satr berilgan. Satridagi birinchi va oxirgi probel orasidagi belgilarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar satr faqat bitta probeldan iborat bo’lsa, bo’sh satr chiqarilsin. 29. Probel bilan ajratilgan o’zbekcha so’zlardan iborat satr berilgan. Satrdagi so’zlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. 30. Probel bilan ajratilgan va faqat katta harflar bilan terilgan o’zbekcha so’zlardan iborat satr berilgan. Satrdagi bir xil harflar bilan boshlanuvchi va tugovchi so’zlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Download 213.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling