Amaliy ish
Elektron raqamli imzo yaratish va sertifikatlash bo’yicha tushuncha hosil qilish uchun Cryptool 1.4 dasturini ishga tushiramiz.
Dastur faollashgach CTRL+N tugmasini bosib yangi fayl yaratmiz. Yanfi fayl oynasiga ochiq matnni kiritamiz (misol: TATUFF) .
So’ngra Digital Signaturres/PKI panelinidan Signature Demonstration (Signature Generation) bandini tanlaymiz.
Elektron raqamli imzo yaratish visual oynasi hosil bo’ldi. Bu dastur oynasidan biz qadam ba qadam raqamli yaratish jarayoni bilan tanishib chiqishimiz va yangi raqamli imzo hosil qilishimiz mumkin.
ERI kalitni qanday olish mumkin
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzoni Davlat xizmatlari agentligi idorasiga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda https://e-imzo.uz veb saytidan olish mumkin.
Topshiriq variantlari:
Har bir talaba Elektron raqamli imzo (ERI) ishlash tizimini o’rganadi, qanday kriptografik algoritm qo’llanishini tahlil qiladi. Cryptool 1.4 dasturi yordamida ERI hosil qiladi va tekshiradi. Shaxsiy ERI olish uchun e-imzo.uz saytidan foydalanib ko’radi.
Bajargan ishi bo’yicha hisobot tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |