Amaliy mashgʻulot: Yogʻoch mozaikasi (intarsiya) usulida badiiy-bezak buyumlari yasash va boʻyash.
Yogʻoch buyumlarni duradgorlik usulida biriktirish texnologiyasi. Amaliy mashgʻulot: “Goʻniya” buyumini yasash.
VII SINF
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YOʻNALISHI
II bob. MAHSULOT ISHLOB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
2.1. Yogʻochga ishlov berish texnologiyasi (20 soat)
Yogʻochlarni quritish va saqlash qoidalari. Yogʻoch asosli materiallar. DSP, DVP, MDF, laminat va (termoyogʻoch) boshqalarning olinish usullari, turlari, afzallik va kamchilik jihatlari, qoʻllanilish sohalari.
Yogʻoch va yogʻoch materiallarga ishlov berishning zamonaviy usullari (gidrotermik ishlov berish, mexanik ishlov berish).
Konstruksiyalash hujjatlari. Konstruksiyalash hujjatlari bilan tanishtirish.
Yogʻochga ishlov beradigan qoʻl asboblarni sozlash va taʼmirlash. Iskanalarni charxlash, randa tigʻlarini charxlash, arra tishlarini charxlash, yogʻochga ishlov beradigan asboblarni saqlash va sozlash qoidalari.
Yogʻochga ishlov berishda qoʻl asboblari. Yogʻochga ishlov berishda qoʻl asboblaridan foydalanish texnologiyasi. Kitob javoni yasash texnologiyasi.
Amaliy mashgʻulot: Kitob javoni yasash.
Yogʻochga ishlov beruvchi tokarlik stanogi. Tokarlik stanogida yogʻochga ishlov berish texnologiyasi. Tokarlik stanogida shakldor, konus va silindr yuzali boʻlgan buyumlar tayyorlash texnologiyasi.
Amaliy mashgʻulot: Tokarlik stanogida shakldor, konus va silindr yuzali boʻlgan buyumlar tayyorlash.
Yogʻoch va yogʻoch materiallarga badiiy ishlov berish. Yogʻoch va yogʻoch materiallarga kuydirib ishlov berish, choʻplardan applikatsiya ishlash, choʻplardan toʻqish, yogʻochga naqsh oʻyish, intarsiya (yogʻoch mozaikasi) va boshqalar.
Amaliy mashgʻulot: Mozaika usulida bezak buyumlari tayyorlash.
Yogʻoch buyumlarni tirnoqli biriktirish. Tirnoqli birikmalar hosil qilish texnologiyasi. “Quticha” buyumini (Lavh) yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |