11-Biologiya (36-38 mavzular)


Download 23.6 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi23.6 Kb.
#1787917
Bog'liq
24-27 2


11-Biologiya (36-38 mavzular)
1. Poleazoy erasining
a)Perm b)Devon c)Toshko’mir davrlarida yuz bergan jarayonlar bilan juftlab ko’rsating
1. Sporofillga ega bo’lgan o’simliklar kelib chiqqan
2. Sporofillga ega o’simliklarning o’tsimon vakillari saqlanib qolgan 3. Chang donasi paydo bo’lgan
A) a-3 b-2 c-1 B) a-2 b-1 c-3
C) a-1 b-2 c-3 D) a-3 b-1 c-2
2. a) O’pka, traxeya va Jabra b) O’pka va Jabra orqali nafas oluvchi tiplarning sinflari bilan to’g’ri juftlangan qatorni aniqlang
1. Ikki pallalilar 2. Hashorotlar 3. O’rgimchaklar
4. Qorin oyoqlilar 5. Qisqichbaqasimonlar
6. ikkiqanotlilar
A) a-2,5 b-1,4 B) a-2,3 b-1,4
C) a-5,6 b-3,4 D) a-3,5 b-3,4
3. O’simliklar olamida yuz bergan aramarfozlarni eralari bilan juftlab ko’rsatilgan qatorni toping.
1. Ko’k-yashil suvo’tlar paydo bo’lgan 2. Ochiq urug’lilar paydo bo’lgan 3. Qo’sh urug’lanish kelib chiqqan 4. Barg paydo bo’lgan 5. Chang donasi paydo bo’lgan
a-Proterazoy b-Toshko’mir c-Kaynazoy d-Arxey
e-Paleozoy d-Mezazoy
A) a-1 b-2 c-5 B) a-1 c-1 e-4
C) e-4 e-5 e-2 D) d-1 d-3 c-5
4. a) Ilk chang donasi b) ilk arxegoniy va c) ilk urug’kurtak paydo bo’lgan o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1. Chinnigul 2. Qayrag’och 3. Qarag’ay 4. Funariya 5. Dala qirqbog’imi 6. Sharq sauri 7. yong’oq 8. Ulotriks 9. xlamidomada
A) a-1,2,7 b- 4,5 c-1,3,6
B) a-3,6 b-5,8 c-1,2,7
C) a-3,6 b-4,5 c-3,6
D) a-3,6 b-8,9 c-1,3,6
5. a) Nerv tugunlari tarqoq joylashgan b) Ilk qorin nerv zanjiri paydo bo’lgan c) Bosh miyasi qismdan iborat. Hayvonlar to’g’ri berilgan qatornin aniqlang.
1. Qurbaqa 2. Bedapoya shillig’I 3. Nereidiya 4. Bronza qo’ng’izi 5. Maxaon 6. Emu 7. Korsak 8. Vapiti 9. Yomg’ir chuvalchang 10. Baqachanoq
A) a-2,10 b-4 c-8 B) a-10 b-3,9 c-7
C) a-2,5 b-3 c-1 D) a-2 b-3,9 c-1
6. Kordaitga xos bo’lgan tushunchalarni ko’rsating.
1) urug’; 2) spora; 3) qo’sh urug’lanish; 4) shamol yordamida changlanish; 5) gul; 6) chang donachasi; 7) rizoid; 8) arxegoniy; 9) murtak xaltasi; 10) urug’kurtak
A) 2,7,8 B) 1,4,6,8 C) 4,9,10 D) 3,5,7,9
7. Orqa qon tomiri kengayib, yurakni hosil qilgan hayvonlar uchun xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang
A) Gavdasining oldingi bo’g’imidan bosh paydo bo’lgan
B) Muskullari bajaradigan vazifasiga ko’ra ixtisoslashgan
C) Bazi vakillari suvda suvda erigan kislorod bilan nafas olgan
D) To’g’ri javob berilmagan
8. Qaysi davrda ochiq urug’li o’simliklar uchramaydi?
A) toshko’mir B) devon C) perm D) trias
9. Mezoderma qavati dastlab paydo bo’lgan hayvonlarni aniqlang
A) Qizil koral va poliplar
B) Oq planariya va jigar qurti
C) Suv shillig’i va bitiniya
D) Baqachanoq va taroqcha
10. Yuksak o’simliklar generativ organlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang
1. sporangiylar 2. Sporali boshoqlar 3. Rizoid
4. G’udda . 5. Sporofil 6. Meva 7. Gulpoya
A) 5,2,3,6,1 B) 1,2,5,6,7 C) 1,2,6,4,3 D) 1,2,4,6
11. Koloniya holdagi
a) bir hujayrali b) ko’p hujayrali c) suv o’tlarining jinssiz ko’payish usullari bilan to’g’ri juftlangan qatorni toping.
1. Ikkiga bo’linish 2. Parchalanish 3. Tallomining bo’laklarga bo’linishi
A) a-2 b-1 c-3 B) a-1 b-2 c-3
C) a-2 b-3 c-2 D) To’g’ri javob yo’q
12. O’simliklarda vujudga kelgan qaysi to’qima hisobiga dastlabki quruqlik o’simliklari kelib chiqishiga sabab bo’ldi (a) va qaysi to’qimaning paydo bo’lishi hayotining davomiyligini ta’minlab berdi (b)?
A) a-qoplovchi; b-asosiy
B) a-mexanik; b-o’tkazuvchi
C) a-o’tkazuvchi; b-o’tkazuvchi
D) a-mexanik; b-qoplovchi
13. Bir (a) va ko’p hujayrali suvo’tlar (b) jinssiz ko’payish usuli qanday kechadi?
A) a-kurtaklanish; b-zoospora, tallomning bo’laklarga bo’linishi
B) a-binar bo’linish, shizogoniya; b-parchalanish
C) a-to’rt xivchinli hujayralar hosil qilib; b-ikki xivchinli hujayralar hosil qilib
D) a-oddiy bo’linish; b-zoospora, tallomning bo’laklarga bo’linishi
14. Paleozoy erasining qaysi davriga kelib urug’kurtak paydo bo’lgan
A) Kembriy B) Silur C) Toshko’mir D) Devon
15. Okeanlarda suv o’tlari takomillashib borayotkan erada yuz bergan yirik aramarfozni aniqlang
A) Daraxtsimon sporali o’simliklarning qirilib ketib o’rniga o’tsimon sporali o’simliklarni kelib chiqishi
B) Sporali o’simliklarni kelib chiqishi
C) Dastlabki gulli o’simliklar kelib chiqishi
D) A va D
16. Evolutsiya jarayonida o’simlik to’qimalarining paydo bo’lish ketma-ketligi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang
A) Qoplovchi, mexanik, o’tkazuvchi, asosiy meristema, ajratuvchi
B) Meristema, asosiy, qoplovchi, o’tkazuvchi, mexanik, ajratuvchi
C) Asosiy, o’tkazuvchi, meristema, qoplovchi, mexanik, ajratuvchi
D) To’g’ri javob yo’q
17. Proterazoy erasida o’simliklar olamida yuz bergan yirik aramarfozni aniqlang
A) Fotosintezni amalga oshiruvchi o’simliklarda Xlorofilni paydo bo’lishi
B) Bir hujayrali suvo’tlarni kelib chiqishi
C) Ko’p hujayrali yuksak o’simliklarda ildizning paydo bo’lishi
D) O’simliklarda barg og’izchalaring paydo bo’lishi
18. Tilakoid va stroma kabi tuzlamalaridan tashkil topgan hujayra organoidi qaysi erada kelib chiqqan
A) Arxey erasining oxiri
B) Paleozoy erasining silur davri
C) Proterazoy davri
D) Paleozoy erasining toshko’mir davrida
19. Bo’g’imoyoqlilar tipi vakillari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating.
1) jabralarining yuzasi tana yuzasidan bir necha marotaba ortiq; 2) muskullari yurish oyoqlari asosida to’plana borgan; 3) oyoqlari sezish va oziq tutish vazifalarini ham bajaradi; 4) quruqlik vakillari traxeyalar orqali nafas oladi; 5) ilk bor jabra va o’pka paydo bo’lgan; 6) qon aylanish sistemasi paydo bo’ldi; 7) tuban vakillarining tanasi deyarli bir xil bo’g’imlardan iborat; 8) ayirish organlari tananing ikki yoni bo’ylab juft-juft joylashadi; 9) nerv sistemasi tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan iborat
A) 1,5,9 B) 2,3,7 C) 4,6,8 D) 2,4,8
20. Avval yirik vakillari bo’lgan, so’ng ular yoppasiga qirila boshlagan. Hozirda ko’p yillik o’tsimon vakillari saqlanib qolgan ushbu o’simlik qanday yo’l bilan vegatativ usulda ko’payadi?
A) piyozbosh B) tugunak C) ildizpoya D) novda
21. Birinchi bor yurak qorinchalari to’liq to’siq bilan ajralgan hayvonlarning yuragida chala to’siq paydo bo’lgan hayvonlar bilan umumiy bo’lgan xususiyatini ko’rsating.
A) kelib chiqishi bir vaqtda sodir bo’lgan
B) miyachasida burmalar shakllangan
C) moddalar almashinuvi jadalligi yuqori
D) tashqi quloqqa ega
22. So’rg’ichli va tasmasimon yassi chuvalchanglar uchun umumiy bo’lgan javobni aniqlang.
A) hazm qilish sistemasi rivojlanmagan
B) oraliq xo’jayini umurtqasiz hayvonlar
C) kiprikli lichinka hosil qiladi
D) kipriklilardan kelib chiqqan
23. Halqali chuvalchanglarning yassi chuvalchanglarga o’xshashlik tomonlari berilgan javobni toping.
1) qon aylanish sistemasiga ega; 2) yomg’ir chuvalachangining lichinkasida kipriklar mavjud;
3) kam tuklilarning ayirish sistemasining tuzilishi o’xshash; 4) tana bo’shlig’iga ega; 5) zuluklarning nerv sistemasining tuzilishi o’xshash; 6) o’rta va keyingi ichak rivojlangan; 7) ko’p tuklilar lichinkalarida kipriklar bo’ladi; 8) faqat suv muhitida hayot kechiradi
A) 3,5,7 B) 1,4,6 C) 2,3,5,7 D) 2,4,7,8
24. Kelib chiqishi bo’yicha quyidagi ketma-ketliklardan to’g’ri javobni aniqlang.
A) aktiniya-gidra-meduza-korall polip
B) nerida-yomg’ir chuvalchangi-zuluk
C) jigar qurti-planariya-exinokokk
D) amyoba-evglena-tufelka-nozema
25. Dastlabki bir hujayrali eukariot organizmlarning harakatlanish a’zosi qaysi?
A) soxta oyoqlar B) xivchinlar
C) kiprikchalar D) paypaslagichlar
26. To’qima va organlari rivojlanmagan hayvonlarga xos bo’lmagan xususiyatni toping.
A) ektoderma qavati sezishga ixtisoslashgan
B)ular haqida Mechnikov o’z fikrlarini aytib o’tgan
C) spermotozoidlar urug’dondan joylashgan
D) mezoderma qavati shakllanmagan
27. Hayvonot olamida ro’y bergan ilk aromorfoz jarayonlari qaysilar?
A) jinsiy va jinssiz ko’payish
B) ko’p hujayralilar va jinsiy ko’payishning paydo bo’lishi
C) fotosintez va jinsiy ko’payish
D) bakteriyalar va fotosintez jarayonining paydo bo’lishi
28. Funariyaning ko’payish jarayonida hosil bo’lgan murtak dastlab nimaning hisobiga oziqlnadi?
A) sporafit
B) nam tuproq tarkibidagi organik modda
C) gametafit
D) suv tarkibidagi mineral tuzlar
29. Gametalari bir hujayrali bo’lgan ko’p hujayrali o’simliklarni aniqlang.
A) xlorella, funariya B) ulotriks, xara
C) qirqbo’gim, zuhrasoch D) kedr, pixta
30. Havo ancha nam va issiq bo’lgan davrda qaysi o’simliklarning rivojlanishiga zamin yaratdi?
A) qirqquloqlar B) sagovniklar
C) dengiz suvo’tlari D) gulli o’simliklar

Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling