11-bob. Iqtisodiy o’sishni prognozlash reja


Download 88.19 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi88.19 Kb.
#1210973
  1   2   3   4   5

11-BOB. IQTISODIY O’SISHNI PROGNOZLASH


REJA:
11.1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi.
11.2. Iqtisodiy o’sish turlari, ularning prognozlashda ishlatilishi.
11.3. Iqtisodiy o’sishni prognozlashda ishlab chiqarish funksiyasi.
11.4. Ekstropolyasiya usuli, korrelyasion analiz usuli.
11.5. Makroiqtisodiy o’sishni prognozlashtirish.


11.1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi
Iqtisodiy o’sish tushunchasining mohiyati ishlab chiqarish hajmining kengayishi, mahsulot ishlab chikarish hajmining o’sishi va milliy daromadning ko’payishi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o’sish ishlab chiqarishning rivojlanishi va funksionallashtirish qonuniyatidir. Shu bilan bir qatorda bozor iqtisosodiyotida, jamiyat talabini to’la to’kis kondira oladigan va ishlab chiqarish kuchlari yuqori darajada rivojlangan, bilimlar asosida iqtisodiyotni boshqarish natijasida iqtisodiy o’sishga erishish talab qilinadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlash nazariy va amaliy jihatdan 2 xil bo’ladi: moddiy, omilli va narxli; milliy daromadni iste’molga va jamg’arishga taqsimlanish nuqtai nazardan. Ishlab chiqarishni bunday tashkil etilishi iqtisodiy o’sishga olib keladi, u mamlakat iqtisodiyoti darajasida milliy daromadlar ko’rinishida yoki yakuniy yalpi mahsulot ko’rinishida ko’rib chiqish qulay bo’lib hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir maromda o’sishi ishchi kuchi va ishlab chiqarish jihozlariga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin, chunki ular o’zaro o’rin bosuvchi omillar bo’lib hisoblanadi. Lekin har bir omilning talab qilinadigin me’yorlari mavjudki, ushbu me’yor bajarilmaganda nafaqat iqtisodiy o’sish bo’lmasligi, balki umuman ishlab chiqarish jarayonini to’xtashiga olib kelishi mumkin. Ushbu bog’liqlik darajasidan va yakuniy mahsulot hajmining o’sish ko’rsatgichi orqali, ishlab chiqarishni kengayishi va iqtisodiy o’sishning turi aniqlanadi. Iqtisodiy o’sishda real milliy daromad oshish sur’atlari aholi o’sishi sur’atlarini oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o’sish muammolarini tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib ko’rib chiqishni taqozo etadi.Iqtisodiy o’sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur’atlari nuqtai nazaridan qarab chiqishda odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy va institutsional o’zgarishlari yuz bermasligi tahmin qilinadi. Ishlab chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o’zgarmas hisoblanadi. Bunday rivojlanish harakteri tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirda balanslangan va yaxlitlik xususiyatiga ega bo’lgan iqtisodiy tizim uchun o’ziga xos.



Download 88.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling