11. Fаrg’оnа vоqeаlаri. 1989 yil o’rtаlаridа respublikа ijtimоiy-siyosiy hаyotidаgi o’zgаrishlаr


O’zbekistоn dаvlаt mustаqilligi to’g’risidаgi Deklаrаtsiyaning tаriхiy-siyosiy аhаmiyati nimаdа


Download 26.77 Kb.
bet5/9
Sana22.02.2023
Hajmi26.77 Kb.
#1222609
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-20

16. O’zbekistоn dаvlаt mustаqilligi to’g’risidаgi Deklаrаtsiyaning tаriхiy-siyosiy аhаmiyati nimаdа.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq II sessiyasida ,, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisida” gi Deklaratsiya qabul qilindi.1990-yil 20- iyunda ,, Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligi toʻgʻrisida” gi Deklaratsiya sessiyada qizgʻin muhokama qilindi va bir ovozdan maʼqullandi. Mustaqillik Deklaratsiyasi xalqimizning xohish-irodasiga toʻla mos keladigan oliy maqsad,12 moddadan iborat boʻlib, ularda quyidagi muhim tartib qoidalar belgilab qoʻyilgan: Oʻzbekiston SSR davlat suverinniteti Oʻzbekiston SSR demokratik davlatining oʻz hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarida tanho hokimligi; Oʻzbekiston SSR davlat davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qoʻyilmay turib oʻzgartirilishi mumkin emas; SSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanganidan keyingina Oʻzbekiston hududida kuchga kiradi; Oʻzbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga Oʻzbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom maʼnodagi haqiqiy mustaqillikka erishish yoʻlida katta muhim ahamiyatga ega boʻldi. Shundan e'tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotiga doir masalalar mustaqil hal etila boshlandi. 1990-yil oktabri oxirida O'zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo'lini... respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarai chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi. 1991-yil 15-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi «O'zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Mustaqillik to'g'risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O'zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to'g'risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchili-gi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko'rsin. 2. Bu boradagi takliflar matbuotda e'lon qilinib, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin». O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan Qonunlar, O'zbekiston Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo'lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivqjlanish yo'liga bevosita qaratila boshladi. Masalan, 1989-yil 20-oktabrida o'n birinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish» to'g'risidagi masala maxsus muhokama etildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida hisobot berishi majburiy qilib qo'yildi.

Download 26.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling