11. Fаrg’оnа vоqeаlаri. 1989 yil o’rtаlаridа respublikа ijtimоiy-siyosiy hаyotidаgi o’zgаrishlаr
O’zbekistоn Respublikаsi Dаvlаt mustаqilligi to’g’risidаgi Qоnun vа uning tаriхiy аhаmiyati
Download 26.77 Kb.
|
11-20
18. O’zbekistоn Respublikаsi Dаvlаt mustаqilligi to’g’risidаgi Qоnun vа uning tаriхiy аhаmiyati.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. O'zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan voqea sodir bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004— yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi. Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991— yil noyabrda bo'lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo'yicha referendum o'tkazish haqidagi masalani ko'rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991— yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida referendum hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish to'g'risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: "O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat mus-taqilligini ma'qullaysizmi?". Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" Qonun qabul qilindi. 19. Mustаqillikning dаstlаbki yillаridа O’zbekistоndа iqtisоdiy vаziyat ustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010-yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo'lib, uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslaming ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Download 26.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling