11 II. Leksikologiya va uning turlari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar


II. Leksikologiya va uning turlari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar


Download 61.52 Kb.
bet5/7
Sana04.10.2023
Hajmi61.52 Kb.
#1691505
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi.ramanova.z

II. Leksikologiya va uning turlari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar
2.1. Leksikologiya tushunchasi va unda soʻzning mohiyati
Tilning lugʻat tarkibi va uni tashkil etuvchi soʻzlar bir qator umumiy
xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Leksikologiya leksikani xuddi shu umumiy xususiyatlari nuqtai nazaridan oʻrganadi. Bu xususiyatlar quyidagilar:
1. Avvalo, lugʻat tarkibini tashkil etuvchi har qanday soʻz ma’noga ega boʻladi. Ana shu ma’nosi nuqtai nazaridan soʻzlar oʻziga xosliklarga ega boʻladi. Soʻzning ma’nosi (semantikasi) va u bilan bogʻliq masalalar leksikologiyadagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Leksikaga oid bu masala bilan leksikologiyaning semasiologiya boʻlimi shugʻullanadi.
2. Har handay tilning taraqqiyotida uning eng oʻzgaruvchan, eng tez harakatdagi qismi leksikasidir. Til taraqqiyoti jarayonida lugʻat tarkibi yangi – yangi soʻzlar hisobiga boyib borish bilan birga, undagi ayrim soʻzlar eskiradi, shuningdek, iste’moldan chiqib boradi.
3. Lugʻat tarkibidagi soʻzlar iste’moldagi darajasi bu nuqtai nazardan umumiylikka yoki chegaralanganlikka egaligi bilan ham oʻzaro farqlanadi. Ma’lum soʻzlar umumxalq iste’molida boʻlsa (masalan, non, suv, katta, yugurmoq va b.), ayrim soʻzlarning iste’mol doirasi ma’lum jihatdan chegaralangan boʻladi. Masalan: dialektal soʻzlar territorial jihatdan chegaralangan boʻladi (sas – tovush, istamoq –qidirmoq, bolish – yostiq, eshik – hovli, uy va b.); terminlar ijtimoiy nuqtai nazardan chegaralangan, ya’ni ma’lum kasb – hunar sohasidagi kishilar nutqida qoʻllanish bilan chegaralangan boʻladi. (masalan, urgʻu, leksika, affiks –tilshunoslikka oid terminlar; konus, piramida, kvadrat – geometriyaga oid terminlar; kultivatsiya, barona – qishloq xoʻjaligiga oid terminlar; basketbol, gol, nokaut – sportga oid terminlar va hokazo). Leksikologiya lugʻat tarkibini shu nuqtainazardan ham oʻrganadi.
4. Lugʻat tarkibidagi soʻzlar nutqqa, uslubga boʻlgan munosabatlariga koʻra ham oʻzaro farqlanadilar. Ma’lum soʻzlar nutq turlariga, uslubga (stilga) betaraf (neytral) munosabatda boʻlsa (quchoq, bechora, osmon, ichmoq va b.), ayrim soʻzlar nutq uslubining ma’lum turiga xos boʻladi (ogʻush – badiiy uslubga xos, boyaqish – oddiy nutqqa xos, samo – poetik uslubga xos, adib – kitobiy uslubga xos va hokazo). Leksikologiyada soʻzlarning ana shu xususiyatlari ham oʻrganiladi.
5. Har bir soʻz tovush qiyofasi va ma’nosiga ega, ya’ni shakl va mazmunga ega. Lugʻat tarkibidagi soʻzlar ana shu shakl va mazmuni jihatidan turlicha munosabatga ega boʻlishi mumkin. Masalan, chaqqon, epchil, chechan, abjir, chapdast soʻzlarining shakli har xil, ma’nosi bir xil (sinonim); koʻk (rang), koʻk (osmon), koʻk (maysa, koʻkat) soʻzlarining shakli bir xil, ma’nosi har xil (omonim) va hokazo.
Leksikologiyada soʻzlar oʻzaro ana shunday munosabatlari nuqtai nazaridan hamoʻrganiladi.
Soʻzlar haqida aytib oʻtilgan xususiyatlar tildagi barcha soʻzlar uchun taalluqli hisoblanadi. Leksikologiyada ham asosan ana shu tipdagi soʻzlar oʻrganiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Leksikologiya leksikani oʻrganadi, leksika esa soʻzlardan (soʻzlar majmuidan) iborat boʻladi, shunday ekan birinchi navbatda soʻzning oʻzi haqida, uning mohiyati haqida toʻxtab oʻtishga toʻgʻri keladi.
Agar soʻzning ma’nosi undagi tovushlar ma’nosiga va bu tovushlarning ma’lum tartibda joylashuviga (tartibiga) bogʻliq boʻlganida, har qanday soʻzning ma’nosini undagi tovushlar va bu tovushlarning tartibi asosida izohlash, shu yoʻl bilan soʻzning ma’no asosini toppish mumkin boʻlar edi. Haqiqatda esa bunday qilib boʻlmaydi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, har qanday soʻz (tub soʻz) aniq bir tovush qobigʻiga ega boʻladi. Bu qobiqdagi tovushlarni, ularning miqdorini, shuniigdek, tartibini kishilar, ya’ni shu tilda soʻzlashuvchilar belgilamaydi. Balki ha bir soʻz ma’lum ma’noni ifodalovchi sifatida oʻz tovush qiyofasi (qobigʻi) bilan yuzaga keladi va shu tovush qiyofasidagina u ma’no ifodalanadi, tushuniladi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, yuqoridagilardan ma’lum boʻladiki, soʻz nihoyatda murakkab xususiyatlarga ega boʻlgan til birligidir. U oʻzining muhim belgi – xususiyatlari bilan tilshunoslikning maxsus boʻlimlarining oʻrganish ob’ekti boʻladi.
Oʻzbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qoʻllanmaydi. Ayrim soʻz keng jamoatchilik tilida qoʻllansa, ba’zilari esa ma’lum territoriyada yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shugʻullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga koʻra oʻzbek tilidagi soʻzlar ikki guruhga ajratiladi:
1.Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika.
2.Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika.
Oʻzbek tili lugʻat tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi. Oʻzbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qoʻllanadigan soʻzlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha oʻzbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga koʻra ular umumiste’moldagi soʻzlar deb ham yuritiladi. Umumiste’moldagi soʻzlarning ma’nosi hammaga tushunarli boʻladi. Bu soʻzlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha soʻz turkumlariga oid boʻladi. Umumiste’moldagi soʻzlarning koʻp qismini umumturkiy soʻzlar va oʻzbekcha soʻzlar tashkil etadi.
Boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham oʻzbek xalqining barchasiga tushunarli boʻlsa, ular ishlatilish doirasiga koʻra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan oʻzlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, magʻrur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya soʻzlari; tojik tilidan oʻzlashgan goʻsht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi soʻzlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi soʻzlar umumxalq tilida qoʻllanadi.
Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan soʻzlar oʻz qatlamga ham, oʻzlashgan qatlamga ham oid boʻlishi mumkin.
Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. Tildagi soʻzlarning umumxalq tomonidan ishlatilmaydigan qismi ishlatilish doirasi chegaralangan leksika deyiladi. Bunday soʻzlarning ishlatilishi ma’lum sabablarga koʻra chegaralangan boʻladi. Ishlatilish darajasi chegaralangan leksikaga dialektal soʻzlar, atamalar, jargon va argolar kiradi.
Dialektal leksika ishlatilish territoriyaga koʻra chegaralangan soʻzlar boʻlib, ular adabiy tilga kirmaydi. Ma’lum bir xududdagi kishilar nutqida qoʻllanib, ulargagina tushunarli boʻlgan soʻzlar sheva soʻzlari deyiladi. SHeva soʻzlari yigʻindisi dialektizm deb yuritiladi. Dialektizm – grekcha soʻz boʻlib, dialektos – «tilning mahalliy koʻrinishi» demakdir. SHuning uchun dialektizm umumtilning mahalliy koʻrinishi boʻlgan dialektlarga xosdir.
Misollar: qorinja (chumoli), gʻoʻz (yongʻoq), karvich (gʻisht) – Xorazm; norbon (narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) – Buxoro; mishiq (mushuk) - Fargʻona; inak (sigir), moʻrcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida.
Shevadagi ba’zi soʻzlar adabiy tilda ham boʻlishi mumkin. Lekin ular boshqa-boshqa ma’nolarni bildiradi. Masalan: kosa soʻzi Xorazm shevasida «piyola» ma’nosini, adabiy tilda «suyuq ovqat soladigan idish», lagan soʻzi xorazm shevasida kir yuvadigan togʻora, adabiy tilda «quyuq ovqatlarni soladigan idish» ma’nosini bildiradi.
Yozuvchilar badiiy asarda mahalliy koloritni berish, qahramonning nutqini individuallashtirish, uning qaerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni koʻrsatish maqsadida sheva soʻzlardan foydalanadi.
Kasb-hunar leksikasi. Oʻzbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shugʻullanib keladi. Shuning uchun Oʻzbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir soʻzlar kasb-hunar leksikasi deyiladi.
Hozirgi oʻzbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir soʻzlarga boy. Masalan: kulolchilikda dogʻchil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yogʻoch, bandak, bogʻich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi soʻzlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazchoʻp (asbob) kabi maxsus soʻzlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qoʻllanadi va ular uchun tushunarlidir.
Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini koʻrsatishda kasb-hunarga doir soʻzlardan foydalanadilar.
Atamalar. Fan-texnika, xalq xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan soʻzlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qoʻllanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, oʻxshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qoʻllanadi va ular bir ma’noli boʻladi.
Ba’zi atamalar oʻzbek tilida soʻzlashuvchi barcha kishilar nutqda qoʻllanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq soʻziga aylanadi. Masalan, oʻqituvchi, kitob, daftar, dars kabi.
Jargon va argolar. Oʻtmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, oʻgʻrilar, firibgarlar oʻz niyatlarini xalqdan yashirish uchun oʻzlariga tushunarli soʻz va iboralardan foydalanganlar.
Tilda sinfiy ayirmalikni koʻrsatib turadigan bunday soʻzllar «sinfiy dialektning soʻzlari - jargonlar deb yuritiladi.
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali soʻz va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda).
Oʻgʻrilar, qimorbozlar orasida qoʻllanadigan soʻzlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (toʻpponcha), xitola (oʻgʻirla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.

Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari boʻlgan: yakan (pul), joyi (yoʻq), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming soʻm), saru nimsar (bir ming besh yuz soʻm), kapara (olti ming soʻm).


Lugʻatlar va asosiy ma'lumot manbalarini tayyorlash, tartibga solish, yozish va bu ishlarning koʻlami, tamoyillari, usullari va mazmunini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Leksikologiya va amaliy tilshunoslik bilan bevosita bogʻliq boʻlgan bu sohani mustaqil fan, deb hisoblaydiganlar ham bor.

Download 61.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling