11-Laboratoriya ishi Simsiz tarmoqning ad-hoc rejimini o‘rganish Ishdan maqsad: Ikki kompyuter orasida simsiz ad-hoc tarmog‘ini tashkil etishni o‘rganish Nazariy maʼlumot Simsiz ad-hoc tarmoq


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1571681
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Otabek (11-15)

Laboratoriya mashg‘uloti-14. 
Bluetooth qo‘llaniluvchi qurilmalarni o‘rganish 
 
Nazariy maʼlumot


Bluetooth — bu 100 metrgacha bo‘lgan masofada qurilmalar orasida simsiz 
maʼlumotlarni uzatish texnologiyasi. Bluetooth ishlab chiqarishga doir ishlar 1994 
yilda Ericsson telekommunikatsion jihozlar ishlab chiqaruvchisi tomonidan 
boshlangan. Oxir-oqibat Bluetooth 1998 yilda asos solingan Bluetooth Special 
Interest Group tomonidan ishlab chiqildi. Unga Ericsson, IBM, Intel, Toshiba va 
Nokia kompaniyalari kirdi. Keyinchalik u IEEE 802.15.1 xalqaro standartining bir 
qismiga aylandi.
Bluetooth so‘zining ildizi Daniyaga borib taqaladi, u "ko‘k tish" degan maʼnoni 
beradi. Bir-biriga qarshi bo‘lgan Daniya qabilalarini yagona qirollikka 
birlashtirgan vikinglar qiroli Xarald I'ni shunday chaqirishgan. Umuman olganda, 
Bluetooth ham aloqa protokollarini bir universal standartga birlashtiradi. Hi-News 
Bluetooth qanday ishlashiga doir maʼlumotlari bilan bo‘lishdi.
Bluetooth'ning taʼsir tamoyili radioto‘lqinlardan foydalanishga asoslangan. 
Bluetooth ishga tushirilganda 2,4 GGs atrofidagi cheklangan chastota diapazonida 
ishlaydigan radio uzatgich faollashadi. Bu spektor qismi ISM — Industry deb 
ataladi, Science and Medicine — turli maishiy uskunalar va simsiz tarmoqlarda 
qo‘llaniladi.
Faollashuvdan so‘ng radiouzatgich shu diapazondagi barcha signallarni kuzata 
boshlaydi. Ikkinchi qurilma ham xuddi shu ishni bajaradi. Qurilmalar bir-birini 
topganidan so‘ng birinchisi uzatgich rolini o‘z zimmasiga oladi, ikkinchisi esa 
priyomnikka aylanadi. Maʼlumotlar keng qamrovli to‘siqlarga chidamlilikni 
taʼminlovchi maxsus FHSS algoritmidan uzatiladi.
Mazkur algoritmga muvofiq, Bluetooth signali chastotasi soniyasiga 1600 marta 
o‘zgaradi. Har bir ulanish uchun chastotalar orasidagi ketma-ketlik tasodifiy 
hisoblanadi va bu faqat har 625 mikrosoniyada sinxron ravishda bir chastotadan 
boshqasiga o‘tadigan uzatgich hamda priyomnikka maʼlum. Shunday ekan, agar 
yoningizda uzatgich-priyomniklarning bir necha jufti ishlayotgan bo‘lsa, ular bir-
biriga xalaqit bermaydi. Bu algoritm shuningdek uzatilayotgan maʼlumotlar 
himoya tizimining bir qismi hisoblanadi.
Bluetooth'dan yo‘llashdan avval maʼlumotlar maxsus bloklarga ajratiladi. 
Priyomnik protsessori paketlarni qayta ishlaydi, ulardan uzatiluvchi faylni yaratadi 
va uni qurilmaning doimiy xotirasiga joylaydi. Raqamli maʼlumotlar va 
audiosignal uzatishda kodlashning turli sxemalari qo‘llaniladi: audiosignal 
takrorlanmaydi, raqamli maʼlumotlar esa, maʼlumotlar paketi yo‘qotilgan taqdirda 
takroran uzatiladi.
Bugungi kunda Bluetooth'ning dolzarb versiyasi 5.0 spetsifikatsiyasi hisoblanadi. 
U o‘tgan yilning iyunida Londonda namoyish qilingan bo‘lib, oshirilgan taʼsir 
doirasi (bino ichida 40 metrgacha va ko‘chada 200 metrgacha) hamda 6,25 
MBayt/s'ni tashkil qiluvchi maʼlumot yetkazish tezligi bilan ajralib turadi. 


Bluetooth 5.0 qator mobil qurilmalar, xususan iPhone 8 va iPhone X tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanadi.
Xulosa 
Maʼlumotlar keng qamrovli to‘siqlarga chidamlilikni taʼminlovchi maxsus FHSS 
algoritmidan uzatiladi. Mazkur algoritmga muvofiq, Bluetooth signali chastotasi 
soniyasiga 1600 marta o‘zgaradi. Har bir ulanish uchun chastotalar orasidagi 
ketma-ketlik tasodifiy hisoblanadi va bu faqat har 625 mikrosoniyada sinxron 
ravishda bir chastotadan boshqasiga o‘tadigan uzatgich hamda priyomnikka 
maʼlum. Shunday ekan, agar yoningizda uzatgich-priyomniklarning bir necha jufti 
ishlayotgan bo‘lsa, ular bir-biriga xalaqit bermaydi. Bu algoritm shuningdek 
uzatilayotgan maʼlumotlar himoya tizimining bir qismi hisoblanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling