11. Laboratoriya mashg‘ulot. Nitrat, nitrit va nitrozobirikmalar Mashg‘ulotning maqsadi


Nitrat va nitritlarni inson organizmiga biologik ta’siri


Download 41.69 Kb.
bet2/6
Sana20.01.2023
Hajmi41.69 Kb.
#1104427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.xavfsizlik.Lab.11

Nitrat va nitritlarni inson organizmiga biologik ta’siri.Odamga ta’sir etishida nitrat-ionning birlamchi toksikligini, nitrit-ionning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi toksiklikni va nitritlar va aminlardan nitrozoaminlarni xosil bo‘lishi bilan belgilanadigan uchalamchi toksiklik farqlanadi.
Odam organizmida nitritlar nitratlardan ovqat xazm qilish traktida (oshqozon va ichakda) yoki bevosita og‘iz bo‘shlig‘ida xosil bo‘ladi. So‘lakdagi nitratlar kontsentratsiyasi uning ovqat bilan iste’mol qilinayotgan miqdoriga proportsionaldir. Ushbu kontsentratsiyani kattaligi nitritlar xosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Ovqat bilan so‘lak va ingichka ichakga kirib kelgan nitratlarni nitritlargacha mikrobiologik qaytarilishi ro‘y beradi va natijada qonda nitrozil-ionlar xosil bo‘ladi.
Nitratlar organizmni immun tizimini susaytirishi, organizmni atrof muxitning salbiy omillariga chidamliligini pasaytirishi aniqlangan. Nitratlar ko‘p bo‘lganida ko‘p xollarda shamollash kasalliklari paydo bo‘ladi, kasalliklarni o‘zi esa uzoq vaqt davom qiladi.
Nitratlarni odam organizmidagi toksik ta’siri metgemoglobinemiya shaklida namoyon bo‘ladi.
Nitrozil-ionlar gemoglobinning ikki valentli temir ionlarini Fe2+ uch valentliga Fe3+ oksidlaydi. Bunday oksidlanish natijasida qizil rangli gemoglobin NO-metgemoglobin aylanadiki, u esa qora-qo‘ng‘ir rangga ega.
Normal fiziologik xolatda organizmda taxminan 2 % metgemoglobin xosil bo‘ladi, chunki katta yoshdagi organizm qizil qon tanalarini (eritrotsitlar) reduktazasi xosil bo‘lgan metgemoglobinni yana gemoglobinga aylantirish qobiliyatiga ega.
Birinchi belgilarbosh aylanishi, xavo yetishmasligi qonda 6-7 % metgemoglobin mavjud bo‘lganida kuzatiladi. Kasallikni yengil shakli qonda 10-20 %, o‘rta shakli 20-40 %, og‘ir shakli esa 40 % dan ortiq metgemoglobin mavjud bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Og‘ir shaklida o‘lim xolatlari kuzatiladi, chunki metgemoglobin kislorod tashishga qodir emas.

Download 41.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling