11. Laboratoriya mashg‘ulot. Nitrat, nitrit va nitrozobirikmalar Mashg‘ulotning maqsadi
Nitrat va nitritlar miqdorini oziq-ovqat xom ashyosida pasaytirishning texnologik usullari
Download 41.69 Kb.
|
4.xavfsizlik.Lab.11
Nitrat va nitritlar miqdorini oziq-ovqat xom ashyosida pasaytirishning texnologik usullari. Zamonaviy ilmiy yutuqlar va amaliy tajriba nitratlar miqdorini avvalo sabzavotlarda kamaytirishga qaratilgan tavsiyalarni berishi mumkin.
Sabzavotlarni sanoat ishlab chiqarilishida sabzavotlarni turi va navini xisobga olish zarur bo‘ladi. Ustunlik kam nitrat to‘playdigan navlarga berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Nitrat to‘plash kuchli namoyon bo‘lgan o‘simliklar uchun, misol uchun bargli ko‘katlar, shuningdek sholg‘omkaram va rediska uchun, agrotexnika qayta ko‘rib chiqilishi kerak. To‘proqdagi azot miqdori doimiy nazorat qilinishi zarur. To‘proqdagi azot va ba’zi mikroelementlarni nisbati katta axamiyat kasb qiladi. Ta’kidlash joizki, oxirgi vaqtlargacha azotli o‘g‘itlarning tavsiya etilayotgan dozasi to‘proqdagi nitratlar miqdorini xisobga olmasdan berilgan edi. Ayonki, bu holda tavsiya etilayotgan dozalarni minimal qiymatlariga mo‘ljal olish kerak, oziqaviy moddalarga boy to‘proqdan foydalanilganida esa bu dozalarni 30-40 % ga kamaytirish zarur bo‘ladi. Bargli sabzavotlarni plenka ostida yetishtirishda to‘proqni yumshatishning cheklash zarur bo‘ladi, chunki bu sabzavotlarda nitratlar miqdorini oshishiga ko‘maklashishi mumkin. Sabzavotlarni yetishtirish uchun, soya joylarni chetlab o‘tgan holda, uchastkalarni to‘g‘ri tanlash zarur bo‘ladi. Xosillarni yig‘ishtirib olish kunning ikkinchi yarimida amalga oshirilishi lozim. Bunda faqat yetilgan mevalarni terib olish, ularni ular uchun optimal sharoitlarda saqlashni ta’minlash kerak. Sabzavotlarni qayta ishlashda ularni yuvish va blashirovkalash nitratlar miqdorini 20-80 % ga kamaytirishini xisobga olish zarur bo‘ladi. Go‘sht sabzavotli konservalar ishlab chiqarishda xavfsizlikni asosiy sharti nitrofil sabzavotlarni dudlangan maxsulotlar bilan birgalikda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik xisoblanadi. Oziq-ovqat maxsulotlariga pazandalik ishlov berishda ulardagi nitratlar miqdori kamayadi. Nitratlarni qaynatmaga o‘tishi, nitratlarni nitritlarga qaytaruvchi fermentlarni inaktivatsiyasi natijasida tozalash, yuvish va ivitib qo‘yishda 5-15 %, qaynatishda 80 % ga pasayishi kuzatiladi. Download 41.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling