11-laboratoriya mashg’uloti ils qo'ndirish tizim jihozining tuzilish sxemasi ishdan maqsad
Download 425.75 Kb.
|
lab 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Varianat F(Gs)=2.2 1-rasm ILS tiziming 3 xil signalni jo’natish sxemasi Xulosa
11-LABORATORIYA MASHG’ULOTI ILS QO'NDIRISH TIZIM JIHOZINING TUZILISH SXEMASI Ishdan maqsad: ILS qo’ndirish tizimi bilan tanishish tuzilmaviy sxemalarni o’rganish va taxlil qilish. Bortda joylashtirilgan qo'ndirish tizim jixozi ILS-85 yerdagi qo'ndirish tizim mash'allarining signallari yordamida samoletni qo'ndirish uchun ishlatiladi (rasm.1). Rasm.1. ILS-85 Qo'nish kursi va glissadadan samolet chiqib ketayotganligi to'g’risidagi ma'lumot ILS ning bir-biriga bog’lik bo'lmagan ikkita kirishi va chiqishidan 32-razryadli ketma-ket bipolyar kodda chiqariladi. ILS-85 qo'ndiruvchi jixoz tuzilishi va elektr parametrlari bo'yicha ICAO talablariga javob beradi. Shu bilan bir qatorda radioeshittirishning chastotaviy modulyatsiyalangan o'ta qisqa to'lqinli radiostansiyalar xalakitlari va xalakit ta'sirlari bo'yicha ARINC-710, ARINC-429, ARINC-600 standart talablariga ham javob beradi. Rasm.2. Radiomash'allarning joylashtirilishi ILS qo'ndirish tizimining yerdagi jihozi kurs (KRM), glissada (GRM) va uchta markerli (MRM) radiomash'allardan tashkil topgan bo'ladi. Radiomash'allarning joylashtirilishi 2-rasmda keltirilgan. Kurs (KRM) radioma'ali 108-111MGs chastota oralig’ida, glissada (GRM) radiomash'ali 328,6335,4 MGs chastota oralig’larida ishlaydilar. Ularni modulyatsiyalovchi signal chastotalari 90 va 150 Gs qilib olingan. Uchta markerli (MRM) radiomash'allar 75 MGs chastotada ishlaydi. Ularning modulyatsiyalovchi signal chastotalari uzoqdan keltiruvchisi uchun 400 Gs, o'rta uzoqlikdan keltiruvchisi uchun 1300 Gs va yaqindan keltiruvchisi uchun 3000 Gs qabul qilingan. Markerli radiomash'allarni qo'shimcha aniqlash uchun Morze kodida manipulyatsiya qilinadi. Ya'ni yaqindan keltiruvchi radiomash'al uchun sekundiga 6 ta nuqta, o'rta uzoqlikdan keltiruvchisi uchun ikkita tire bilan sekundiga 6 ta nuqta va uzoqdan keltiruvchisi uchun sekundiga ikkita tire bilan manipulyatsiya qilinadi. Rasm.3. КRМ Rasm.4. GRМ Yerdagi radiomash'allarning amplitudaviy modulyatsiyalangan signallari ularning antennalari yordamida yo'naltirilganlik diagrammalari hosil qilib atrofga tarqatiladi. Kurs va glissada radiomash'allari tarqatayotgan signal diagrammalari 3 va 4 rasmlarda keltirilgan. Uchish apparati kurs chizig’i bo’yicha uchayotgan bo’lsa, modulyatsiya koeffisientlari barobar bo’ladi, ya'ni qabul qilingan signal amplitudalari teng bo’ladi. Natijada qabul qilingan signal amplitudalarini solishtirib samolyotning kurs chizig’idan chiqib ketganligini aniqlash mumkin. xuddi shunday samolyotning glissadadan chiqib ketishi ham aniqlanadi. Rasm.5. Rasm.6. Radioqabulqilgichning tuzilish sxemasi Marker radiomash'allarining signallari bo’yicha uchish apparatining yerdagi ma'lum nuqtalar (punktlar) ustidan uchib o’tayotganligi aniqlanadi. Marker radiomash'alining antennasi vertikal tekislikda voronkasimon yo’naltirilganlik diagrammasi hosil qiladi. Bu signal bortdagi radioqabulqilgichda qabul qilinadi. Radioqabulqilgichning tuzilish sxemasi 6-rasmda keltirilgan. ILS jixozining parametrlari quyidagilardan iborat: 1. ILS ning kurs o’lchovi qabulqigichi. Chastotalar oralig’i 108,10 ÷ 111,95 МGs. Kanallar soni 40 sezgirligi 3 мкV dan kam emas 2. ILS ning glissada o’lchovchi qabul qilgichi. Chastotalar oralig’i 329,15 ÷ 33500 МGs. Kanallar soni 40 sezgirligi 6 мкB dan kam emas ILS jixozi ishlash temperaturasi – 40 ÷ + 70С Yuqori namlik + 40С тemperaturada 90% Og’irligi 5,5 кg 7-Rasm. 3 xil ko’rinishdagi ILS qo’ndirish tiziming ishlash sxemasi Rasm-8. ILS tiziming 3 xil signalni jo’natish sxemasi 3-Varianat F(Gs)=2.2 1-rasm ILS tiziming 3 xil signalni jo’natish sxemasi Xulosa Bu laboratoriya ishida ILS qo’ndirish tizimi bilan tanishish tuzilmaviy sxemalarni o’rganib chiqdik. Qo'nish kursi va glissadadan samolet chiqib ketayotganligi to'g’risidagi ma'lumot ILS ning bir-biriga bog’lik bo'lmagan ikkita kirishi va chiqishidan 32-razryadli ketma-ket bipolyar kodda chiqariladi. ILS-85 qo'ndiruvchi jixoz tuzilishi va elektr parametrlari bo'yicha ICAO talablariga javob beradi. Uchish apparati kurs chizig’i bo’yicha uchayotgan bo’lsa, modulyatsiya koeffisientlari barobar bo’ladi, ya'ni qabul qilingan signal amplitudalari teng bo’ladi. Download 425.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling